Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Sakkizinchi mart – paranjisin tort!



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   373
innovatsion

Sakkizinchi mart – paranjisin tort!
Bu maqol XX asrning 20-30-yillarida 
O‘rta Osiyo mintaqasi ayollari taqdirida tub burilish yasagan "Hujum" harakati 
amalga oshirilgan davrda yaratilgan ozodlik to‘g‘risidagi maqol bo‘lib variantlari: 
“Sakkizinchi mart, paranjisin yirt!”, "Sakkizinchi mart, bandagidan tort!". (Bandak 


120 
- ordasiga osilib turadigan yengsimon va uchlari mehrob shaklida chatilib, 
birlashgan yeriga tikiladigan maxsus taqinchoq, shokilda, bezak) [ 2. 307] Ulug‘ 
adib Chingiz Aytmatov "Hujum" kampaniyasi haqida so‘zlab bunday degan edi: 
“Afsuski, davlat tomonidan o‘tkazilgan “Hujum” kampaniyasining o‘sha davrning 
og‘ir xatoligi deyish kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat edi. 
Ustiga ustak ilohiy olam qurilmasiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyat edi. Xudoning 
barqarorligini inkor etgan murtadlar Xudoning vazifasini o‘z zimmasiga oladilar va 
yangi o‘yin yaratamiz deb dahshatli o‘yin yaratadilar”. [1.111] Chingiz 
Aytmatovning bu tarzda fikr bildirishiga onasi Naima Aytmatova nomi bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Bu ayol o‘sha paytlarda turli yuqori lavozimlarda ishlash bilan 
birga Qirg‘izistonda paranji tashlash tadbirlarining faol targ‘ibotchisi bo‘lgan. 
“Hujum” kampaniyasi 1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlaydi. Ularda 10 
mingga yaqin xotin-qiz paranjilarini gulxanda yoqdi. Bu harakat ayni 8-mart 
sanasida o‘tkazilganligi sababli shu tarzda yozilgan.
O‘zbek xalq maqollarining jilvadorligi va xilma-xilligi shu qadar keng va 
jozibadorki, ulardagi bir ma’no ikkinchi ma’noni to‘ldirib keladi. Maqollarimiz 
xalqimizning ajoyib adabiy yodgorliklari hisoblanadi. Shuning uchun maqollarning 
keyingi avlodlarga o‘z holicha yetib borishi uchun ularni izohlar bilan sharhlash, 
bir-biriga yaqin ma’noli maqollarni mavzuviy doirada qayta-qayta ishlab chiqish 
bizning asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.


Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin