143
Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik. Uning asosida “Inson qadri uchun” degan
ulug‘vor g‘oyani amalga oshiramiz” deb aytib o‘tdilar. Inson qadrini ulug‘lash -
yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari qonuniy
kafolatlarini ta'minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal
qiluvchi o‘rin tutadi.Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.
Inson qadri ulug‘lagan el
Inson qadri yuksalgan millat,
Matonatli
farzandlar bisyor
Mahallada jonkuyar ham ibrat,
Rahmat go‘zal mehmondo‘st diyor.
Yillar nomi baxsh etgay chiroy,
Odamlari jasur hotamyoy
Tunlarini yoritar to‘lin oy,
Yo‘lbars yili bo‘l hikmatga boy!
Zafar quchgan,insonlari hur,
Qalbi daryo ko‘zlarida nur
Der-har ishga tayyorman buyur,
Tinglab jo‘shar yurakda g‘urur.
Yurtboshisi dono xalqimning,
Orzulari
chorlar baxt sari
To bor ekan buyuk muhabbat,
Go‘zallikka to‘lgay yer shari.
Insonni ulug‘lash,uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda
har tomonlama kamol toptirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha
islohotlarda bosh omil qilib olinayotgani buning yorqin misoldir. Mamlakatimizda
o‘tgan yillar davomida inson manfaatlarini himoya qilish kuchli ijtimoiy
himoyaning huquqiy asoslari yaratilib mustahkamlanib borilmoqda. Bu tamoyillar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan qonunlarda o‘z aksini
144
topmoqda. Jumladan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Iqtisodiy taraqqiyot va
kambag‘allikni
qisqartirish, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil
etildi. Yangi O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish va insonparvar
demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini
ulug‘lash,uning huquq va manfaatlarini ta'minlash va ularning ijtimoiy himoya
qilishdir. Inson qadrini ulug‘lash , har
kimning huquq va erkinliklari , qonuniy
manfaatlarini ta 'minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu adolatli , erkin va farovon jamiyat qurishdek
ulug‘vor maqsad bilan yashab kelayotgan ko‘pmillatli xalqimizni nihoyatda
to‘lqinlantirgani ayni haqiqat. Ta'kidlash joizki ,chuqur
islohotlar natijasida
mamlakatimizda "Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat
g‘oyasi asosida Yangi O‘zbekiston barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy
,ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi.Bugungi davrda Yangi
O‘zbekiston“Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan
muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilni
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb nomlanishi mamlakatimizda
ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami tobora kengayib
borishi va inson manfaati va qadri ustuvor ekanligining dalolatidir.
Prezidentimiz ish o‘rinlari yaratish barcha darajadagi rahbarlarning e'tibor
markazida turishi kerakligini bejiz bot-bot ta'kidlamayaptilar.
Chunki odamlar
ishli bo‘lsa , aholi jon boshiga daromadi ko‘paysa , hayotda katta maqsadlar bilan
yashaydi, oilada tinchlik, ishida unum bo‘ladi. Mamlakatimizda aholi bandligini
ta'minlash bo‘yicha butunlay yangi tizim yaratilgani va bi boradigi ishlar izchil
davom etayotgani albatta, quvonarlidir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
145
tomonidan mahallalardagi holatlarga e'tibor berilib: “Obod qishloq” va “Obod
mahalla” dasturlarimizni amalga oshirish islohotlarimiz
ichida eng muhim
o‘rinlaridan birini egallaydi. Chunki biz xalqimiz oldida ularning muammolarini
hal etish, turmush sharoiti va hayot sifatini yaxshilashga burchlimiz” deya
ta’kidlaydilar prezidentimiz.
Konstitusiyamizda belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasida demokratik
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi , ularga ko‘ra inson ,uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Insonni ulug‘lash , uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har
tomonlama kamol toptirish Konstitutsiyasining asosiy g‘oyasiga aylantirilgan.
Zero, shaxsning sha'ni
va qadr-qimmati, uning hayoti va sog‘lig‘i yoki shaxsiy
erkinligi , takrorlanmaydigan boylikdir. Konstitutsiyasimizning 26-moddasida
hech kim qiynoqqa solinishi , zo‘ravonlikka , shafqatsiz yoki inson qadr-
qimmatini kamsituvchi bashqa tarzdagi tayziqqa duchor etilishi mumkin emasligi
belgilab qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: