152
Til insonning , millatning boyligi sanaladi . Atrofga nazar solsak , endi
tug‘ilgan go‘dakdan boshlab , yoshi ulug‘ insonga qadar tilning sehrini qalbiga
muqaddas mo‘jiza sifatida qabul qiladi. Hattoki ,
tilning sehri , mo‘jizasi ona
allasidan go‘dakka namoyon bo‘ladi .
Har bir davlatning , millatning o‘z tili bo‘lganidek , o‘zbek millatining ham
o‘z tili , millatining boyligi o‘zbek tili mavjud . Qadimgi Movarounnahr
zaminining asosiy boyliklari qatorida munosib o‘rin tutgan o‘zbek tili tarixida ilk
marotaba 1921 yilda " davlat tili " deb e‘lon qilingan edi . O‘zbek tiliga bo‘lgan
e‘tibor natijasida , bu tilning ulug‘lanishi sababli 1989 yil 21 oktabr kuni ,
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishidan ancha oldin , Sovet Ittifoqi
davridayoq o‘zbek tiliga " davlat tili " maqomi berildi . Chunki bu qonun
davlatimizni mustaqillikka erishish uchun bosgan ilk poydevor qadami hisoblanadi
. Bu qonun o‘zbek xalqining birgina tilini tiklashga emas , balki shu xalqning
tarixini , urf - odatlarini qayta ulug‘lashga yo‘l boshladi . Aynan shu qonun bizning
kimlarning avlodi ekanligimizni , yana bir bor isbotladi . Kelajak uchun qo‘yilgan
bu qadam har bir yosh avlod uchun o‘zligini anglash uchun , tarixini bilish uchun
haqiqiy buyuk yo‘lochishga sabab bo‘lgan .
Birgina yosh avlodni emas , balki
o‘zbek xalqining har bir insonini buyuk orzulari sari yetakladi. Til insonlarning
o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib , yaratuvchining insonga bergan bebaho ne‘matdir .
Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri tildir. " Til -
millatning boyligi " , "Til - millatning ko‘zgusi " bu kabi jumlalar xalq orasida
bejizga yurmaydi . Haqiqatdan , til bu millatlarnigina
emas balki insonlarni ham
madaniyatini, ma‘naviyatini anglatib turuvchi vositadir.
1988 - yil matbuotda yangi bayram - " Til bayrami " haqida ma‘lumotlar
paydo bo‘la boshlagan . Bunday bayram Rossiya Federatsiyasi , Ukaraina , Boltiq
bo‘yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham
o‘tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan . Bu bayramlarning asosiy
153
maqsadi - ona tilini e‘zozlash , ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq
o‘rganishga da‘vat qilish bo‘lgan O‘zbekistonda ilk bor " Til bayrami "
1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning
o‘zbek filologiyasi ,
tarix fakulteti , shuningdek , politexnika instituti va boshqa
o‘quv yurti talabalari tomonidan o‘tkazilgan . [1]
Davlat tili - muayyan mamlakatda qonun chiqarish , ijroiya va sud
hokiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til . Odatda , ko‘p millatli
mamlakatlarda ,Hindiston , Kanada kabi davlatlarda qaysi
til yoki tillar rasmiy
ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qo‘yilgan. Davlatlarning ko‘pchiligida rasmiy
til bilan Davlat tili aynan bir xildir . Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til
maqomi Davlat tili maqomidan farqlanadi .
1989 yil 21 oktabrdagi " O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi
qonuni o‘zbek xalqini milliy ongining rivojlanishida madaniy merosning
tiklanishia muhim rol o‘ynadi . Mazkur qonun qoidalari O‘zbekiston
Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yildi . Konstitutsiyaning 4 moddasiga binoan
O‘zbekistonda Davlat tili - o‘zbek tilidir . Qoraqalpog‘istonda bunday maqom
qoraqalpoq tiliga ham berilgan.
Yurtimizda birgina o‘zbek tiliga emas balki chet tillariga ham e‘tibor katta
berilyapti. Davlatimizda ta‘lim - tarbiya ishlari o‘zbek tilidan tashqari tojik , rus ,
qozoq , koreys ,
turkman , qirg‘iz tillarida ham amalga oshiriladi . Milliy
markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yartilgan . Shaxsga millati , irqi ,
tili, urf - odat va an‘analariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan
huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Davlatimiz rivojlangani sari tilimizga bo‘lgan e‘tibor kun sayin ortdi. Bu
vaqt oralig‘ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib , rivojlanishi uchun
qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan , O‘zbekiston Respublokasi
Prezidentining 2019 yil 21 okatbrdagi "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi
va mavqeini tubdan oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida"gi
Farmoni bilan
154
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi
hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi . Bundan
ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish davlat tilining amal qilinishi bilan
bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash ,
o‘zbek tilining yozma matni me‘yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. [2]
Ona tilimiz haqida so‘z borar ekan , bu so‘z har bir ijodkorni chetda
qoldirmaydi. Shu qatorda shoirlarni ham qalam tebratgan hisoblanadi .
Ayniqsa
Abdulla Oripov , Muhammad Yusuf va Erkin Vohidov kabi ijodkor insonlarni
befarq qoldirmadi . Shu o‘rinda Erkin Vohidovning "Ona tilim o‘lmaydi " she‘rini
yodga olsak, noo‘rin bo‘lmas:
Notiq dedi : " Taqdir shul ,
Bu jahoniy iroda
Tillar yo‘qolur butkul
Bir til qolur dunyoda ".
"Ey voiz , pastga tushgin ,
Bu gap chiqdi qayerdan !"
Navoiy bilan Pushkin ,
Turib keldi qabrdan .
Kim darg‘azab ,
Kim hayron
Chiqib keldilar qator :
Dante , Shiller va Bayron
Firdavsiy , Balzak , Tagor.
"Va‘zingni qo‘y birodar
Sen aytganing bo‘lmaydi"
Barcha dedi barobar
"Ona tilim o‘lmaydi "
Haqiqatdan ham bu misralardan bilishimiz mumkinki , har bir millatning o‘z
tili muqaddasdir . Biz uchun esa O‘zbek tili Ona kabi buyuk va muqaddasdir.