Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


"SADDI ISKANDARIY" DOSTONI - NAVOIY IJODINING KO‘ZGUSI



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   373
innovatsion

"SADDI ISKANDARIY" DOSTONI - NAVOIY IJODINING KO‘ZGUSI 
Hasanova Guljamol 
BuxDUPI talabasi
 
Annotatsiya:
Ta'bir joiz boʻlsa,olamda turkiy va forsiy tilda soʻzlovchi 
biron bir inson yoʻqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyda sadoqat 
va e'tibor bilan qaramasa.
Tayanch tushunchalar:
Aflotun, yel, Mallu, Feruz, o‘t, kunjut, to‘p, tuxum, 
Iskandar va Doro. 
Barchamizga maʼlumki,ulug‘ bobomiz Alisher Navoiyning ijodini haligacha 
xalqimiz sevib mutolaa qiladi.U zot yaratgan asarlar bizning ma'naviy 
mulkimizdan o‘ziga yarasha o‘rin egallagan.Har yili yurtimizda buyuk shoirimiz
tavalludi katta xursandchilik bilan nishonlanadi. 


146 
Alisher Navoiyning xalqimizga qilgan eng katta sovgʻasi "Xamsa" 
asaridir.Navoiy "Xamsa"si tarkibidagi dostonlar:"Hayrat ul-abror"(yaxshilar 
hayrati),"Farhod 
va 
Shirin","Layli 
va 
Majnun","Sab'ayi 
sayyor"(Yetti 
kezuvchi),"Saddi Iskandariy".Shuni alohida taʼkidlash lozimki,Xamsa tarkibidagi 
barcha dostonlar Navoiy hayotining ma'lum bir jihatini aks ettirgan. Hozir shu 
dostonlardan biri boʻlgan "Saddi Iskandariy" dostoni haqida maʼlumot beraman. 
Navoiy dostonlarining bari insondagi ma'lum bir jihatlarni aks ettirgan.Saddi 
Iskandariy dostoni insonlar ma'naviyatiga xos b'lgan qahramonlik xususiyatini 
o‘zida namoyon qilgan.Bu dostonning "Xamsa" tarkibidagi boshqa dostonlardan 
farqli jihati shundaki, hajm jihatidan eng kattasi hisoblanadi.U 89 bobdan tashkil 
topgan. Shundan 1-14-boblar kirishni,15-87-boblar asosiy qismni, 88-89-boblar 
xotima qismini tashkil etadi. Asosiy qism o‘zaro yaxlitlikni tashkil etadigan 18 
ta mavzuni yoritadi.Asarning asosiy qismi 4 bo‘lakka bo‘linadi: Iskandarning 
sarguzashti,mavzuga oid mulohazalar,ayni mavzudagi hikoyat,xulosa: Iskandar va 
Arastu 
hikmatlari. 
Dostonda 
himmat, 
adolat, 
qish, 
bahor, 
to‘gʻrilik, 
mehmondorchilik, yoshlik, safar qilish, o‘lim va aza singari mavzular yoritilgan. 
Dostonda Iskandarning sarguzashtlari ayrim epizodlar tariqasida keltiriladi. Undan 
keyin falsafiy-didaktik mazmundagi mulohazalar o‘rin oladi.Yaxlitlikning 
uchinchi qismini ayni mana shu sarguzasht va mulohazalar mazmuniga ishora 
qiluvchi hikoyalar tashkil etadi. Nihoyat,uni Iskandarning Arastu bilan savol-
javoblari tariqasidagi hikoyalar yakunlaydi. 
Dostonda Iskandarning harbiy yurishlari qisman aks etgan bo‘lsa-da,u 
jangnoma 
emas. 
Shunga 
qaramasdan,asar 
tilida 
harbiy 
so‘z 
va 
atamalar,tushunchalar nisbatan kengroq o‘z aksini topgan. 
Doston Faylaqusning Iskandarni topib olishi bilan boshlanadi.Unga munosib 
tarbiya beradi. Unga Naqumohis (Arastuning otasi) ustozlik qiladi. 
Iskandarning yoshlikdan bilim egallashga ishtiyoqi alohida taʼkidlanadi: 
Qaysi ishni ta'lim qilgʻon zamon, 


147 
Eshitmak hamon erdi-bilmak hamon... 
Bori ishda bir yerga yetdi ishi 
Ki,mumkin emas, andoq o‘lmoq kishi... 
Bilik kasbini qildi to joni bor, 
Hunar bildi onchaki imkoni bor. 
U barcha fanlarni puxta egallagach,harbiy sanʼatni ham o‘rganadi.Aql va 
tafakkurni o‘stiradigan mashgʻulotlar bilan jiddiy shugʻullanadi.Faylaqus vafot 
etadi.Iskandar taxtdan voz kechishni istasa ham otasigaga bergan vaʼdasi uchun 
taxtga oʼtiradi.Xalq ham uni taxtga o‘tirishga undaydi.U o‘zini bunga noloyiq 
hisoblaydi va koʻnglidagi gaplarni aytadi: 
Bu ishga kerakdur tovono kishi, 
Emas men kibi notavon ishi. 
Erur tortmoq sher chekkonni mo‘r, 
Yukin pilning aylamak pashsha zoʻr. 
Ne bor shahlik aylarga niyat manga
Ne aylay desam qobiliyat manga. 
Xalq bu gapga koʻnmay uning o‘zini podshoh qilib koʻtaradi.U vaqti Rum 
ahli Faylaqusning qoʻli ostida edi.Ammo jahonning katta qismi Doroga qarar 
edi.Faylaqus ham unga har yili ming tilla tuxumdan iborat boj toʻlardi.Iskandar 
davlatini kengaytirganidan soʻng,tilla tuxum turadigan tovugʻi uchib ketganligini 
aytib boj toʻlashdan bosh tortadi.Doro unga elchilar orqali chavgon bilan 
koptok,bir idishni toʻldirib kunjut yuboradi.Bu sen yosh bolasan, ular esa mana shu 
narsalar bilan ovunib yurishi kerak.Mening lashkarim kunjut donalari kabi behisob 
degani edi. 
Iskandar esa shunday deydi: "Olimlar yer yuzining koptok kabi 
yumaloqligini aniqlashgan,demak, Doro menga yer yuzini sovgʻa qilibdi.Chavgon 


148 
esa uni boshqarish ramzidir.Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida 
yuboribdi". 
Doro bu javobdan gʻazablanib,Rumga bostirib boradi.Ammo u xiyonatkor 
xos navkarlari tomonidan oʻldiriladi.Iskandar u yerlarda ham oʻzining adolatli 
boshqaruvini oʻrnatadi.Faqat Kashmir shohi,Hind royi,Chin xoqoni unga 
boʻysunmay qoladi.Kashmirga yurishida unga 500 olim yoʻldosh boʻladi.Kashmir 
shohi Malluning sehr-jodularini olimlar sharofati bilan yoʻq qilib tashlashdi.Keyin 
Hindiston safari boshlanadi.Hind royi u borgach,salom boʻladi.Hind royi 
Iskandarga askarlarini saroyga joylashtirishi mumkinligini aytadi.Ammo Iskandar 
xalqqa zahmat yetmasligi uchun uning taklifini rad etadi.Chin safariga chiqqanda 
ularning xoqoni elchi qiyofasida Iskandar huzuriga keladi.O‘rtada sulh va omonlik 
paydo boʻladi.Xoqon Iskandarga bir oyna tuhfa qiladi.Bu oyna chin va yoggʻonni 
ajrata olar edi.Iskandarning buyrugʻi bilan olimlar ikkita tilsim:usturlob va koʻzgu 
yasaydilar. 
Adib dostonida koʻplab olimlar,podshohlar,har xil kasb,hunar va mavqedagi 
shaxslarning obrazlarini yaratgan.Iskandarning oʻzi ham shu siraga kiradi.U
asarda tadbirkor va adalatli podshoh,mohir sarkarda,yetuk olim va ulkan qalb egasi 
sifatida namoyon boʻladi. 
Umuman, “Xamsa”dagi shu dostonning tugatilishi bilan turkiy tilda ilk 
"Xamsa"dunyo yuzini koʻradi.Navoiy shunda " Menga davlat ilgi rahnamun" 
boʻldi,deb ta'kidlaydi.Navoiydan keyin hech kim bunday yuksaklikka koʻtarila 
olmaydi.Ayni paytda,u juda qisqa vaqtda - ikki yarim yilda yaratilgani bilan esda 
qoladi.Husayn Boyqaro ham faqat "Xamsa" yozishga ketgan vaqt hisoblansa,olti 
oydan oshmas edi,deb lutf qilgan. Hozirda Navoiy "Xamsa"si maʼnaviy 
boyligimizning toji hisoblanadi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin