Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. "Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuch" asari.Toshkent 
"Oʻzbekiston" nashriyoti -2008. 


149 
2.11-sinf adabiyotining 1-qismi."O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy 
nashriyoti, Toshkent - 2018. 
 
 
 
 
 
O‘TKIR HOSHIMOVNING “URUSHNING SOʻNGGI QURBONI ” 
HIKOYASI BADIIY TAHLILI 
Abdullayeva Dilnoza Nasrullayevna 
BuxDUPI talabasi 
Annotatsiya
. Mazkur tezisda barchaga ma’lum va mashhur “Urushning 
soʻnggi qurboni” hikoyasi badiiy jihatdan tahlil qiladi. 
Kalit so‘zlar
: urush davri, ona obrazi, hikoya, urushning oqibati. 
O‘tkir Hoshimov katta iste’dod egasi. Adib o‘ndan ortiq roman va qissa 
ko‘plab ta’sirchan hikoyalar, bir necha sahna asarlari muallifi. U dastlabki yirik 
asarlari bilanoq ulkan adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan, allomadan 
“Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladigan asar” yozgani maqtov olgan 
yozuvchi. Adib kichkinadek tuyulgan hayot hodisasiga nazar tashlaydi ularning har 
biriga baxo berib asar mazmunini yoritishda foydalana oladi. Adibning "Urushning 
soʻnggi qurboni" hikoyasi ham muallif tomonidan bayon qilinadi. Asarda insoniyat 
tarixida eng dahshatli qirg‘inbarot – Ikkinchi jahon urushi va uning insonlar 
hayotiga solgan xatarlari, urushning inson ongida, ruxiy dunyosida oʻzgarishlar 
yasagani haqida soʻz yuritiladi. Bu urush millionlab kishilar yostig‘ini quritishdan 
tashqari, odamlar ongi, ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasadi. Ochlik, 
muhtojlik odamlarni asabiy, bir-biriga g‘anim qilib qo‘ydi, ayrimlarni egri yo‘lga 
boshladi. Urush asar voqealari bayon qilinayotgan joylardan minglab kilometr 
uzoqda boʻlayotgan boʻlishiga qaramay asardagi har bir jonning hayotiga taʼsirini 


150 
oʻtkazadi. Asar qahramoni Umri xola ham urush kechayotgan joyda boʻlmaganiga 
qaramay vafot etadi, bu urushdagi aholidan tashqari foront ortidagi axoliga ham 
urush oʻz taʼsirini koʻrsatayoʻtganining dalilidir. Asar qahramoni Shoikrom
obraziga toʻxtaladigan boʻlsak koʻrinishidan xomush, atrofdagi muhit gʻashiga 
tegsada beparvolik bilan qoʻl siltaydi. Ammo baribir nimadandir norozidek, 
koʻnglida gʻashlik. Hayotning notinchligidan alamzada boʻlib goh ayoliga goh 
bolalariga ovozini koʻtarib turadi. Unga hatto chaqaloqning ham ovozi yoqmaydi. 
Chetdan qaraganda jaxldordek koʻrinsada, oyisi ukasing kasalini aytganda, borib 
hol ahvol soʻramagani uchun afsuslanadi. Ukasining ahvoli koʻz oʻngida 
gavdalanganida esa yurak yuragidan eziladi ,oyisining koʻzlariga qaramaslikka 
tirishadi. Shoikrom urushga bormagan boʻlsada u urishning daxshatini achchigʻi 
oʻz uyida turib his qilib koʻrdi. Sigirini oʻgʻirlab ketishganidan soʻng, xalqning shu 
holida yordam berish oʻrniga oʻgʻirlik qilayotgan insonlarni bitta boʻlsa ham 
kamaysin deb oʻyladi va qulupnay o‘g‘risini tutish uchun titroq qo‘llari bilan elektr 
tokiga ulangan simni qulupnayning pushtasiga tashladi. Bu qilgan ishi unga 
qanchalar qimmatga tushishini bilganida edi.... 
Umri xola oʻzgacha tasvirlar, hissiyotlar bilan yaratilgan obraz. Uning 
qiyofasida urush yillaridagi zahmatlar, urush har bir ayollarga ayniqsa onalarga 
solgan azoblarini koʻrish mumkin. Umri xola ham ona. Ona degan zot esa farzandi 
uchun har nega tayyordir. Kasal farzandni uchun Umri xola ham oʻz oʻgʻlining 
uyiga oʻgʻirlikka tutishga majbur boʻldi. Umri xolaning qiyofasidan ahamiyat 
beradigan boʻlsak uni farzandi bilan barobar dard chekayotganini koʻrinib turibdi. 
Uning sharpaga oʻxshab yurishlari-yu, mehnatda yorilib qadoq boʻlib ketgan 
qoʻllari, bukchayib qolgan kichkina jussasi uning qancha dard chekkanidan hikoya 
qilayotgandek goʻyo. Umri xola oʻgʻlining dardiga sut davo boʻlishini eshitgach. 
Uni oʻgʻliga topib berishga harakat qiladi, farzandini tuzalishi uchun ham, boshqa 
chorasi yoʻqligidan, noiloj oʻgʻirlikka tushishga majbur boʻladi ammo oʻgʻli 
tomonidan dargʻazab xolda tashangan elektr simi uning hayotiga zomin boʻladi. 


151 
Bu boʻlgan voqeadan soʻng ikki oʻgʻli ham bir umur oʻzlarini kechira olishmasa 
kerak. Shoikrom faryod ovozi eshitilishi bilanoq qilgan ishi xatoligini qoyil boʻlib 
qolganini anglang qiynalishni boshlagandi, keyin esa qulupnay pushtalati orasida 
onasini koʻrish uni daxshatga solib qoʻyishi turgan gap. Shone'mat esa faqat tiitroq 
tovushda Sut ichmay zahar ichsam bo‘lmasmidi, deya olardi xolos. Aslini olganda 
Umri xolaning oʻlimiga uning oʻgʻillarini ham, kelinini ham ayblab boʻlmaydi. 
Mening fikrimcha bu yerda yagona ayibdor bu urush. Adibimiz Oʻtkir Hoshimov 
shu asari orqali urush yillaridagi bitta oilaning axvolini ochib berdi. Endi bir oʻylab 
koʻring bu urush qancha axolining qancha oilalarning taqdirida oʻchmas dogʻlar 
qoldirdi. Agar shu urush boʻlmagamda edi odamlarni azobga qo‘ygan 
«qoraxat»lar kelmagan bo‘lar edi. Shoikrom vijdon azobida qolmas, erkin nafas 
olardi. Shone'mat o‘lim changalidan qutulib ketgan, Umri xola esa farzandlarining 
rohatini ko‘rgan bo‘lar edi. Xadichani oila tashvishlari bunchalik qiynamagan 
bo‘lardi. Bu urush har bir xonadonga kulfat olib kelgan, har bir qalbda bitmas 
jarohat qoldirgan. Lekin urush degan balo hali Yer yuzidan butunlay supurib 
tashlangani yo‘q. U goh terrorchilik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar 
shaklida o‘z sharpasini ko‘rsatib turibdi. Agar odamzod ogoh bo‘lmasa, ona 
zamindagi barcha tinchliksevar kuchlar birlashib, urushga qarshi chiqmasa, bu 
fojia avvalgilaridan ham dahshatliroq bo‘lib takrorlanishi mumkin. Barchamiz esa 
hamisha bir yoqadan bosh chiqarib, o‘zaro birlashib tinchlik barqarorligi uchun 
shay turishimiz kerak. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin