Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   373
innovatsion

 “Qizi bor uy, doim sarishta”
maqoli ham qiz bolalar o‘z xonadonini 
doimo “yog‘ tushsa yalagudek” tarzida ozoda saqlamog‘i lozimligini uqtiradi. 
Xonadonning tozaligi bu uyda qiz bola borligidan dalolat berishi kerak. 
Sovchilikka borilganida oshxonaga albatta kirilgan. Qiz bolaning qanchalik 
ozodalikka e'tibor berishi shu tarzda aniqlangan.
Xotinning sarishtasi – odamning farishtasi. 
Bu maqol ham tozalik, 
ozodalik haqida. Halol, pokiza, ozoda, xushmuomala, shirinsuxan, ko‘rkam kishini 


119 
“farishtali”, “yuzidan nur yog‘ilib turadigan odam” deb ta'rif etishadi. Bunday 
xususiyatga ega bo‘lmagan insonni “farishtasiz” deyishadi. Ayol borgan yerini 
gullatib, yashnatmog‘i, pokizalik bilan barchaning qalbini zabt etishi kerak. 
Xonadoni toza-ozoda bo‘lgan odamning uyidan qut-baraka hech ham arimaydi.
Qiz qilig‘i bilan issiq.
Yaxshi amallar har doim insonning bezagi bo‘lib 
kelgan. Bu maqol ayni ma'noda aytilgan bo‘lib, qiz bolaning tarbiyasi, odobi, 
madaniyati doimo omma e'tiborida bõlgan.
 Suluv bo‘lgan bilan yor bo‘la bilmas, tuya bo‘lgan bilan nor bo‘la bilmas. 
(Nor – bir o‘rkachli erkak tuyaning o‘zbek tilidagi nomi). Bu maqolda suratga 
emas, siyratga – xulq-atvor, yaxshi tarbiyaga e'tibor berish aytilmoqda, ya’ni tashqi 
go‘zllik bo‘lsada, yoriga hurmati, mehri bo‘lmasligi, tuya nomi bo‘lgani bilan yuk 
tashish uchun mo‘ljallangan baquvvat nor tuya bo‘la olmasligiga o‘xshatilmoqda.
Qizning husni yuragida, izlama uni yuzidan
. Odamning chiroyi aldamchi 
bo‘ladi. Tashqi go‘zallikka emas, qalb go‘zalligiga e'tibor berish haqidagi maqol 
bo‘lib, asl chiroy, latofat qalbda bo‘lishi aytib o‘tilmoqda.
Saksovul yonib qiziguncha, saksondagi chol o‘lar, saksovul yonib 
qizigach, qizivuga qiz o‘lar.
O‘zbekistonning asosan cho‘l va chala cho‘l 
hududlarida saksovul o‘simligi keng tarqalgan va undan asosan o‘tin, qo‘y, va 
tuyalar uchun to‘yimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi vosita sifatida 
foydalanishadi. Bu boshqa o‘tin turlariga nisbatan sekin yonib cho‘g‘ bo‘ladi. 
Ammo cho‘g‘ining tafti nihoyatda issiq bo‘lib uzoq muddat tafti so‘nmaydi. Ushbu 
maqolda qiziqqonlik ma'nosi mavjud. Cho‘g‘ issig‘i qizning o‘z “issig‘i”ga 
qo‘shilib, haddan tashqari issiqdan u ham o‘lib qolishi mumkin, ma'nosida 
mubolag‘a qilingan. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin