Литература
1. Быстрова, Е. А. Коммуникативная методика в преподавании родного языка
/ Е. А. Быстрова // Русский язык в школе. – 1996. – № 6. – С. 3–8.
2. Салихова Замира Аминовна Бухарский государственный университет /
Развитие читательской компетентности у будущих педагогов / Узбекистан -
2020.
-3. Давыдов, В. В. Теория развивающего обучения / В. В. Давыдов. – М. :
Педагогика,1994.
4. Зарубина, Л. М. Текст : лингвистический и методический аспекты / Л. М.
Зарубина.–М.:Просвещение,1981.
6. Караулов, Ю. Н. Русский язык и языковая личность / Ю. Н. Караулов. – М.
:УРСС,2002;М:ЛКИ,2007.
7. Киселева, О. Н. Методика преподавания русского языка : учеб. пособие /
114
О.Н.Киселева.–Томск:Изд-воТГУ,2005.
8. Основы текстоведения в школе / Н. С. Болотнова [и др.]. – Томск : Изд-во
ЦНТИ,2000.
9. Эльконин, Б. Д. Введение в психологию развития / Б. Д. Эльконин. – М. :
Наука,1994.
10.«Русский язык для всех» (Костомаров В. Г., М., 1978), «Старт. Учебный
комплекс для иностранных студентов подготовительных факультетов вузов.
11.Галеева М. М., Журавлева Л. С., Нахабина М. М. и др., М., 1979),
«Русский язык по-новому»
12.Аксенова М. П., СПб., 2001, «Дорога в Россию»
13. Коммуникативный метод обучения иноязычному говорению / Е.И.
Пассов - М.: Просвещение, 1991. - 223 с.
AVSTRALIYA – YER YUZIDAGI ENG KATTA QAMOQXONA
Doniyorov Boymurod Normurotovich
BuxDU, Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
b.n.doniyorov13051984@mail.ru
Avstraliyaning yuqoridagidek nomlanishi, uning geografik joylashishi va
tabiiy sharoiti bilan aloqador, ya’ni mazkur viloyat tevarak-atrofi boshqa materik
yoki qit’alardan suv orqali aloxidalashgan. Bu viloyat o‘z tarkibiga Avstraliya,
Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Kenguru, King, Flinders kabi orollarni,
Bismark, Solomonov arxipilaglarini oladi. Avstraliyaning tabiiy sharoiti uning
geografik joylashuvi, relefi va iqlimi bilan bog‘liq. Tog‘ tizmalari materikning
chekka qismlarida shakllangan bo‘lib, asosiy yog‘inlarni ushlab qoladi. Natijada
markaziy qismida nam tanqisligi kuzatiladi. Shu sababli materikning asosiy
qismini cho‘llar egallaydi.
Avstraliyada hukmron iqlim o‘simliklar dunyosini shakllanishiga,
o‘simliklar dunyosi esa, hayvonot olami tur tarkibini belgilashda ahamiyat kasb
etgan. Avstraliya uchun xos belgi-xususiyat, uning orol sifat tuzilishi bilan
115
aloqador. Bu aloqadorlik qadim taraqqiylikka borib taqaladi. Avstraliyaning nam
subtropik o‘rmonlarida o‘ziga xos yirik evkaliptlar o‘sadi. Evkaliptlar dunyodagi
eng yirik daraxtlar bo‘lib, ularning poyasi uzunligi 155 metrgacha yetadi. Qizig‘i
shundaki, shunday gigant daraxtlar kichkina urug‘dan ko‘payadi. Urug‘lari maxsus
qubbalarda 200 donagacha joylashadi. Bu o‘simlikning ko‘p urug‘ berishi o‘ziga
xos ulug‘vorlik bilan bir qatorda, urug‘i bilan oziqlanuvchi mavjudodlarning
ko‘pligi, hamma urug‘lari qulay sharoitga tushmasligi bilan aloqador bo‘lsa kerak.
Avstraliya faunasi uchun xos xususiyat faunaning nisbatan kambag‘alligi,
qadimiyligi va endemizm darajasining yuqorililigidir. Buning asosiy sababi
Avstraliyaning yirik oroldan iboratligi, uning tarkibiga kiruvchi orolchalarning
o‘zaro va Avstraliya materigi bilan mutlaqo aloqada bo‘lmaganligi yoki bu
aloqaning juda qadimda yuz berganligi bilan tushuntiriladi. Avstraliyada
umurtqasizlar faunasi nisbatan kambag‘al. Masalan, kunduzgi kapalaklar
materikning shimoliy sharqidagina uchraydi. Termitlarning 170 turi uchraydi
xolos. Lekin umurqasiz hasharotlardan chumolilar keng tarqalgan bo‘lib, ular
nisbatan qadimiy sodda turlardan tashkil topgan.
Yevropaliklarning Avstraliyaga kirib kelishi fauna tarkibining butunlay
Yevro-Osiyoga xos turlar bilan egallanishiga (Yevropalashtirilishiga) olib kelgan.
Dastlabki kelgindilar tomonidan olib kelingan turlarning ko‘pchiligi ongsiz
ravishda tasodifiy kelib qolgan turlardan (hasharotlar, o‘rgimchaklar, mollyuskalar,
qisqichbaqalar, chuvalchanglar) tashkil topgan. Ba’zi chorva mollari (qoramol,
qo‘y-echki, cho‘chqa), parrandalar (xonaki kaptarlar, tovuq, o‘rdak va boshq.)
ongli ravishda keltirilgan bo‘lib, ular bilan birgalikda har bir turning o‘ziga xos
mikrofaunasi (ekto va endoparazitlari) ham Avstraliya hududiga kirib kelgan.
Yuksak tuzilishaga ega bo‘lgan turlarning bu joyga turli yo‘llar bilan kirib
kelishi mahalliy faunaning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Iqlimlashtirilgan
yoki tasodifiy kelib qolgan turlarning ayrimlari shu darajada ko‘payib ketganki,
ular Avstraliya uchun haqiqiy xavf tug‘diruvchi omilga aylangan. Jumladan,
116
quyonlarning bu joyga keltirilishi xaltalilarning tur sonini va har bir turga kiruvchi
individlar sonining qisqarishiga sabab bo‘lgan. Kengurularning ayrim turlari va
xaltali bo‘ri butunlay yo‘qolib ketgan.
Avstraliya oblastining dastlabki faunasini asosiy qismi yo‘qolib ketishi xavfi
ostida turibdi. Yo‘qolib ketish arafasida turgan endemiklarni qo‘riqxona sharoitida
saqlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Hozirda Avstraliyada bir nechta yirik
milliy bog‘lar tashkil etilgan. Ularning ayrimlari to‘liq sim to‘r bilan o‘rab olingan
bo‘lib, boshqa hayvonlarning bu joyga kirishi yoki boshqa joylarga chiqib ketishi
chegaralanib qo‘yilgan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Avstraliyaning eng yirik
tajovuzkor yirtqichlaridan sanalgan dingo iti sim to‘rlarning ostini kovlab milliy
bog‘lardagi hayvonlarning ko‘plab qirilishiga sabab bo‘lmoqda. Ba’zida sim
to‘rdan tashqariga chiqib ketishga uringan hayvonlarning ayrimlari unga ilinib
nobud bo‘lish hollari ham uchrab turadi.
Avstraliyaga dastlabki odamlar (kelgindilar) muz davridan keyin kirib
kelishgan. Bu davrda tuban sut emizuvchilar bu joy faunasining asosini tashkil
etgan. Bu himoyasiz hayvonlar dastlabki kelgindi ovchilarga juda oson o‘lja
bo‘lgan. Bu davrda asosiy ov qurollaridan sodda tuzilgan bumerang va nayzalar
bo‘lgan. Odamlar va dingo iti xaltali bo‘rini (Tylacinus cynocefolos) o‘z arealidan
siqib chiqargan. U keyinchalik Tasmaniyada saqlanib qolgan va nihoyat eng yirik
xaltali yirtqichlardan bo‘lgan xaltali bo‘ri XX asrning o‘rtalarida inson tomonidan
butunlay qirib tashlangan.
Yirik xaltali hayvon –Diprotodon optimum (karkidon kattaligidagi hayvon)
iqlimning o‘zgarishi natijasida qirilib ketganligi haqida mu’lumotlar bor. Aniqrog‘i
Avstraliyaning ko‘pchilik qismini cho‘lga aylanishi bunga sabab bo‘lgan.
Avstraliya xuddi shunday Janubiy Amerika va Afrikada ayni vaqtda ham
mahalliy aholining aksariyat qismi hayvonot dunyosi bilan yonma-yon ravishda
juda yaqindan aloqada yashab kelmoqda. Shuni aytish lozimki, aborogen aholi ov
jarayonida hayvonot dunyosining butunlay qirilib ketishini oldini olish bo‘yicha
117
o‘ziga xos uslbulardan foydalanishadi va ularning sonini saqlanib qolishini
ta’minlashadi. Bu holatni mahalliy xalqning son jihatdan kamligi va ov
qurollarining soddaligi bilan tushuntirishga urinishadi, aslida esa bu xalqlar o‘ziga
xos ov qonunlariga amal qiladi, (ma’lum miqdorda ov qilish, o‘zini ov qilishdan
jilovlash va boshq). Masalan, Yangi Gvineniyaning Janubiy qirg‘oqlarida
yashovchi melaneziy qabilasi har yili dengiz qushlarining tuxumlarini yig‘ish bilan
shug‘ullanadi. Lekin ular qushlar populyasiyasining sonini saqlash maqsadida
uyada albatta ma’lum miqdorda tuxumlarni qoldirishadi. Ammo keyinchalik
mazkur qabila yashaydigan joyga boshqa bir qabilaning ham kelib qo‘shilishi bu
ov uslubining buzilib ketishiga va qushlarning uya kaloniyalari yo‘qolib ketishiga
sabab bo‘lgan.
Xuddi shunga o‘xshash Yangi-Gvineyaning sharqiy qismidagi qishloqqa
kelgan “yangi” avstraliyalik ovchi baliq ovlashning nisbatan samarali usulini joriy
etishni taklif qilganida, qishloq oqsoqoli bunga yo‘l qo‘ymagan, hamda
baliqlarning qirilib ketishidan xavfsirashini ma’lum qilgan.
Jannat qushlarining narlaridagi parlar kiyimlarni bezash maqsadida
foydalanilganligi oqibatida ularning soni kamayib, areali qisqarib ketgan. Mahalliy
aholi shunday turlardan Paradisaea opoda raggiana ni o‘zlarining qabilalari mulki
sifatida ardoqlashadi va faqat qari vakillarinigina ovlashadi.
Dostları ilə paylaş: |