Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   373
innovatsion

 
 
36 soatlik mayna jo‘jasi va uning 
Oziq talab qilayotgan mayna jo‘jalari 


98 
tuxumi 
O‘n besh kunlik jo‘ja 
Voyaga yetgan mayna 
Ninachi lichinkasini ovlayotgan mayna 
Ektoparazitlarga maynaning javob 
reaksiyasi 
1-rasm. Oddiy maynaning ko‘payish sikli 
Maynaning ko‘payish samaradorligi (n=6) Buxoro shahrida 54,8 % 
(Xolboyev, 2000) ni, Farg‘ona vodiysi shaharlarida 66,1 % (Sharipov, 1974) ni, 
tashkil etgan bo‘lsa, Buxoro shahrida (n=3) bu ko‘rsatgich 54,6 % ni tashkil etdi. 
Bunda tuxumlar chiqiti 45,5 % ni tashkil etdi (4 ta tuxum kushandasi-zag‘izg‘on 
tomonidan, 1 ta tuxum tadqiqot jarayonida shikastlanish oqibatida nobud bo‘ldi). 
Mayna asosan chigirtkalar bilan oziqlanadi. Bir juft mayna yiliga 150 000 
taga yaqin chigirtkalarni qirishini (Simonov,1977; Bogdanov, 1983), ot, sigir va 
qo‘ylar tanasi va atrofidagi pashsha, so‘na va bashqa parazitlarni terib yeyishini, 
kuz va qish fasllarida axlatxonalarda va shahar hududidagi yo‘l chekkalarida turli 


99 
chiqindilar bilan oziqlanishi hisobidan sanitarlik vazifasini bajarishini inobatga 
oladigan bo‘lsak, mayna juda ham foydali qush hisoblanadi. Lekin, maynaning 
shahar sharoitida yuqori zichlikka egaligini, antisanitariya bilan bog‘liq 
muammolarning kelib chiqishida ishtirok etishini, tungi koloniyalarida kuchli 
shovqinga sababchi bo‘lishini hisobga olgan holda, uning sonini boshqarish 
tadbirlarini amalga oshirish lozim. Mayna biologiyasi, ekologiyasi va etalogiyasini 
o‘rganib shuni aytish mumkinki, tabiiy landshaftlarning antropogen landshaftlar 
bilan almashinishi ham mayna sonini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Maynaning 
sonini shahar sharoitida boshqarish uchun ko‘payish vaqti tuxumlar uyaga 
qo‘yilgandan so‘ng, tuxumlarni minutiga 3-5 ming marta tezlikda aylanadigan 
sentrafugada aylantirib (ishlov berib) o‘z o‘rniga qo‘yish, maynaning kushandasi 
hisoblangan zag‘izg‘on va bo‘ktargi kabi yirtqichlarga zarar yetkazmaslik, shahar 
hududidagi axlatxonalarda chiqindilarning uzoq vaqt turib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaslik, binolarni o‘z vaqtida ta’mirlash, karnaklarni himoyalash, shahardagi 
eski qurib ketgan daraxtlarni nazorat qilish, vidio va audio tasmalaridan 
foydalanish, umuman olganda maynani shaharga jalb etuvchi omillarni bartaraf 
etish kerak. Buning uchun aholining madaniy-ekologik saviyasini rivojlantirish
zarur.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin