118
MAQOLLARDAGI MA’NO JILVASI
Mirxanova G.R.
BuxDUPI O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi
Maratova Elenora
BuxDUPI talabasi
Xalq og‘zaki ijodidagi maqollar janri tarixiy hayot davomida son va
mazmun jihatdan boyish xususiyatiga ega. Ya’ni maqollar zamon o‘tishi bilan
iste’moldan chiqishi va ayni paytda yangi-yangi namunalari vujudga kelishi
mumkin. Maqollarda so‘z qimmati alohida, yorqin ifodalanadi. Chunki
maqollardagi so‘zlarni boshqasi bilan almashtirish, biron so‘z qo‘shish mumkin
emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo‘ladi
.
O‘zbek tilidagi
maqollarning mavzu tabiati shunchalik boyki, ularning turmush hayotimizdagi
ahamiyati ham shu qadar boy. Quyida bir necha maqollarning tahlili bilan tanishib
chiqamiz:
“Sarishtali uy – farishtali uy”
maqoli saranjom-sarishtalik haqidagi
maqoldir. Farishtalar – yaratgan amrini bajaruvchi, jannat va do‘zaxni
boshqaruvchi, qanoatli, ko‘zga ko‘rinmaydigan, yaxshi xulq-atvorga ega bo‘ladi.
Poklik, tozalik bo‘lgan yerda fayz va baraka bo‘ladi. Bunday joyda farishtalar ham
bo‘ladi. “Farishtali” ta’rifi uy-joyga nisbatan ham ishlatiladi. Uy-joyini saranjom-
sarishta qilib qo‘ysa, uy egasining ham, kelgan mehmonning ham dili ravshan
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: