Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə140/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169
2 5244698480563199183

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Umarov B.M. Psixologiya: darslik / B.M.Umarov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. – Toshkent: Voris-nashriyoti, 2012. – 5-12 b.
2. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 12-20 b.
3. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 216-233 b.
4. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.160-172b.
5. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 386-401b.

14-amaliy mashg‘ulot:
Mavzu: Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari. Pedagogik qobiliyatlar.
Reja:
1.Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari, pedagogning o‘z-o‘ziga talab qo‘yishi muammosi.
2.Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
3.Pedagogik muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik qobiliyatlar va ularning turlari.
1-TOPSHIRIQ: Inson qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni aniqlang.
A. 1970 yil Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan tilshunoslarning xalqaro kongressida professor Karlo Talyavini minbarga ko‘tarilib kongress qatnashchilarini 50 tilda birin ketin tabrikladi. Professor Talyavini filologiya fanlar doktori 50 ta fanlar akademiyasining a’zosi. U 12 yoshidagiligidayok 7 tilni bilar edi. Filologiya bo‘yicha boloniya universtitida ta’lim oldi. Doktorlik diplomini olganida 15 ta tirik va o‘lik tilni bilar edi. O‘shanda u 22 yoshda edi.
Doktor Talyavini 120 ta tilni biladi. U barcha yevropa tillari va dialektlarida bemalol gaplasha oladi. Universtitda 25 tilda leksiya o‘qiydi.
Professor Talyavini avvalo tilning xarakterini, boshqacha qilib aytganda, ruhini tushunishga, uning talaffuzini, ohangini o‘rganishga harakat qiladi. So‘ngra so‘z, ibora va gaplarni o‘rganadi. Ularni bir-biriga qo‘shib takrorlaydi.
B. 1969 yilda Kiyev unverstitida o‘n ikki yoshli Sasha Dvorak o‘qishga kirdi. U kirish imtihonlarini mexanika-matematika fakultetiga muvaffaqiyatli topshirdi.
U 4 yasharligida, hali yozishni o‘rganmay turib og‘zaki ko‘paytirish, bo‘lish, ildiz chiqarish kabi operatsiyalarni bajarar edi. U 7 ga kirganda birdaniga 2-sinfga o‘qishga o‘tadi, unda bir oy o‘qib 3-sinfga o‘tadi va to‘la o‘qiydi. 6-sinfga imtihon topshiradi. Besh yilda o‘rta maktabni kumush medal bilan tomomlaydi.
2-Topshiriq. Quyidagi tekstni sinchiklab o‘qing, unda tasvirlangan voqealarni sababini tushuntirib bering.
I.Nyuton, G.Gogol, J.Sholer maktabda o‘qib yurgan paytlarida fahmi kalta o‘quvchi deb nom chiqarganlar.
K.Linney bo‘lsa «befahm» va «bilim darajasi past» bo‘lganligi sababli u haqda «o‘qishga qobiliyatsiz» bola degan qarorga kelib litseydan chiqarib yuborilgan.
Rassomchilik akademiyasiga kirmoqchi bo‘lgan V.I.Surikovning chizgan rasmlariga qarab turib, inspektor: «bunday rasmlaringiz uchun sizni akademiya yaqiniga ham yo‘latmaslik kerak», -deydi.
Taniqli fransuz yozuvchisi O.Balzak ham ota-onalari hamda o‘qituvchilari tomonidan qobiliyatsiz deb baholanib, fahmi kalta bolalar qatoriga qo‘shib qo‘yishgandi. Uni yaxshi o‘qishga majbur qilish maqsadida ko‘pincha karserga qamab qo‘yishardi, biroq bunday tadbir juda kam foyda berardi. Keyinchalik esa kattalar «fahmi kalta» bolani o‘qitishdan foyda chiqmasligiga ishonch hosil qilib, uni o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Hatto O.Balzakning o‘z onasi ham agar u birorta aqlli gap aytgudek bo‘lsa, beparvogina: «Onore, nima deb gapirayotganingni o‘zing ham bilmasang kerak, albatta»,- deb pisanda qilar edi.
Maktabda yomon o‘qigan Nyuton mashinalarning tuzilishini juda katta qiziqish bilan o‘rganardi. «Befarosat» Linney bo‘lsa, o‘rmon yoki bog‘larda botanika sohasidagi chuqur bilimlari bilan o‘z tengdoshlarini hayratga solib qo‘ydi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin