Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə46/169
tarix05.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#125324
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
2 5244698480563199183

Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziya.
Xayolning asosiy shakli xayolot yoki fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi, voqelikning unsurlari o‘rin almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi uchun ma’lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu yo‘sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Fantaziya real voqeylikni yangi ,kutilmagan hamda odatdan o‘zgacha qo‘shilish va bog‘lanishlarda aks etirishdan iboratdir.
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o‘rni to‘g‘risida muayyan darajada ishlar qilgan, chunki sanat va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida ishtirok etuvchi xayol obrazlarining muhim xususiyatlari — bu uning emotsional kechinmalar histuyg‘ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda xayol turlari, jarayonlari, shakllari kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmokda.
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va kashfiyotlar amalga oshirish, o‘zlari yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy xayol yo‘llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do‘stlik, qahramonlik, iymone’tiqod, baxt va tole to‘g‘risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go‘zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka qaratilgan bo‘lsa, ular inson xislatiga aylanadi.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1.Tafakkur haqida tushuncha bering.
2. Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari?
3. Tafakkur turlari.Tafakkur jarayonlari?
4.Tafakkurning mantiqiy shakllari?
5. Intellekt va kreativlk haqida tushuncha?



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin