Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Oʻsimlik va hayvonot dunyosi



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə6/7
tarix11.04.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#96376
1   2   3   4   5   6   7
Dunyo okeani va uning qismlari

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi.


Tirik organizmlar Okeanning yuzasidan tortib eng tagigacha uchraydi. Yashash joyiga qarab suvdagi pelagik organizmlar (passiv suzuvchilar — plankton va faol suzuvchilar — nekton) va Okean tubida yashaydigan organizmlar (bentos) boʻladi. Oʻsimlik organizmlaridan bakteriyalar va baʼzi quyi zamburugʻlargina Okeanning hamma joyida uchraydi. Okeandagi biologik, kimyoviy, geologik jarayonlarda bakteriyalar katta rol oʻynaydi. Ular modda almashinishi, oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi, suvda va tub choʻkindilaridagi organik moddalarni oʻzlashtiradi va h.k. Qolgan oʻsimlik organizmlar Okeanning fotosintez yuzaga keladigan va yoritilib turadigan ustki qatlamlaridagiga (asosan, 50–100 m chuqurlikkacha) boʻladi. Okeanda 10 mingga yaqin oʻsimlik turi bor. Fitoplankton, asosan, dia-tom suvoʻtlar, qivchinsimonlardan peridineya va kokkolitoforidlardan iborat. Okean tubi oʻsimliklariga (fito-bentos) diatom, yashil qoʻngʻir va qizil suvoʻtlar, shuningdek, gullaydigan oʻtsimon oʻsimliklarning (mas, zostera) bir necha turi kiradi.
Okeanning hayvonot dunyosi yana ham xilma-xildir. Okeanda erkin hayot kechiruvchi hozirgi zamon hayvonlarining sinflari yashaydi, koʻpchilik sinflar esa faqat Okeandagina bor. Okean faunasi 160 mingdan ortiq turni oʻz ichiga oladi: 15 ming eng sodda jonivorlar (asosan, radiolyariyalar), 5 ming bulutlar, 9 ming kovakichlilar, 7 mingdan ortiq har xil chuvalchanglar, 80 ming mollyuskalar, 20 mingdan ortiq qisqichbaqasimonlar, 6 ming ignatanlilar va boshqa umurtqasizlar (mshankalar, braxio-podalar, pogonoforalar va boshqa baʼzi bir turlar), 16 ming baliq turi. Umurtqali hayvonlardan Okeanda, baliqdardan tashqari, baʼzi toshbaqalar va ilonlar (50 tur) va 100 xildan ortiq sut emizuvchilar, asosan, kitsimonlar va kurakoyoqlilar yashaydi. Baʼzi kushlarning (pingvinlar, albatroslar, chaykalar va boshqa — 240 tur) hayoti doimo Okean bilan bogʻlangan.
Tropiklarda hayvon turlari, ayniqsa, xilma-xil. Okean tubi faunasi sayoz marjon riflarida, ayniqsa, koʻp turlardan iborat. Chuqurlashgan sari hayot kamayadi. Eng chukur joylarda (9000– 10000 m va undan ham quyida) bakteriyalar va bir necha oʻn xil umurtqasiz hayvonlargina yashaydi.
Okeanning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton miqdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinchi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga bogʻliq. Fitoplanktonga boy joylarda u bilan oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng koʻp.
Okean tubi organizmlari moʻʼtadil oʻlkalarning qirgʻoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, koʻp (Okean tubining 1 km² maydonida bir necha oʻn kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta chukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan choʻkadigan va qirgʻoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yashaydi. Okeanning turli chuqurliklarida hayot sharoitlari bir xil emas. Chuqurlashgan sari yorugʻlik kamayadi, temperatura pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi Okeanda vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. Okean tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv koʻtarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral (200 m gacha), batial (2500– 3000 m), abissal (6000 m gacha), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan chukur). Okean suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150–200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750–1000 m) va chukur suv zonalari ajratiladi. Chukur suv zonasi oʻz navbatida batipelagial (2500–3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan chukur)ga boʻlinadi. Koʻpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom ashyosi sifatida foydalaniladi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin