Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 85,5 Kb.
səhifə4/7
tarix11.04.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#96376
1   2   3   4   5   6   7
Dunyo okeani va uning qismlari

Shoʻrligi.


Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi Okean yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.
Shimoliy yarim sharda Janubiy yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shimolida 31,4%0; janubida 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100– 150 m chuqurlikkacha seziladi.

Okean suvlarining sirkulyasiyasi.


Okeanning 150–200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida Okean suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shimoliy qismi va Tinch okeanning shimoli-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150–200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi Okean suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (qarang Dengiz oqimlari).

Toʻlqinlar.


Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari Okeanda shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari Okeanning 50– 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning balandligi 12–13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar Okean suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari Okeanda doimo boʻlib turadi. Okeanda ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.

Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin