mazmunga
intilish haqidagi ta’limot, hayot mazmuni haqidagi ta’limot va erkinlik irodasi
haqidagi ta’limot.
Mazmunga intilishni va odam o‘z hayotining mazmunini
anglashini V.Frankl barcha insonlarda mavjud bo‘lgan va shaxs rivoji va fe’l-
atvorini harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lgan tug‘ma motivatsion g‘oya
sifatida ko‘rib chiqadi. V.Franklning fikricha, hayotiy kuzatuvlar, klinik
amaliyotlar va empirik ma’lumotlar shuni o‘z ichiga oladiki, odam yashashi va
faol harakat qilishi uchun o‘zining qilmishlari ega bo‘lgan mazmunga ishonishi
kerak.
Biroq sevgi ham hayotni anglashning zarur sharti yoki eng yaxshi variant
hisoblanmaydi. Hech qachon sevmagan va sevilmagan individ ham o‘z hayotini
ancha ma’no-mazmunli etib tashkil qilishi mumkin.
3) Inson o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan sharoitlar iskanjasida qolganda
munosabatlar qadriyatiga murojaat qiladi. Ammo har qanday shart-sharoitda
insonda ularga nisbatan ongli pozitsiyaga ega bo‘lish va o‘z uqubatlariga chuqur
hayotiy ma’no berish erki mavjud.
O‘z asarlarida Frankl butun hayotning ma’nosi emas, balki muayyan
insonning muayyan momentdagi hayotining ma’nosi masalasi muhim ekanligini
ta’kidlaydi. Insonning qanday qilib o‘z mohiyatini anglashini logoterapiya
amaliyotida hal qiluvchi masaladir. Ma’nolar bizga berilmagan, biz o‘zimizga
ma’nolarni tanlab ololmaymiz, biz faqatgina ma’noni anglab yetishga zamin
yaratuvchi chorlovni tanlashimiz mumkin. Biroq, ma’noni topish bu yarim ish;
uni amalga ohirish ham kerak. Inson o‘z hayotining unikal ma’nosini amalga
oshirishga mas’ul. Shunday qilib, Frankl ta’limotining bosh tezisi: inson hayoti
hech qanday shart-sharoitda ma’nosini yo‘qotmaydi; hayot mohiyati har doim
topilishi mumkin.
Frankl uchinchi ta’limoti - iroda erkinligi haqidagi ta’limotning asosiy
tezisiga ko‘ra inson hattoki erki obektiv sharoitlar bilan chegaralangan holatda
ham o‘z hayot m’anosini topishi va amalga oshirishga erkindir. Frankl insonning
o‘z qiziqishlari, irsiyati va tashqi muhit sharoitlariga nisbatan erki haqida so‘z
yuritadi.
Qiziqishlarga nisbatan erkinlik ularga “yo‘q” deyish, ularni qabul qilish yoki
rad etish imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Iroda erkinligi ta’limotining muhim
masalasi bu inson nimaga erkinlikka egaligidir. Bu o‘z taqdiri uchun ma’suliyatni
o‘z bo‘yniga olish, vijdoniga quloq tutish va taqdiri bo‘yicha qaror qabul qilish
erkinligidir.
Ko‘pgina mualliflar asarlarida Viktor Frankl ma’no va be’manolik
masalasiga eng katta hissa qo‘shganligi ta’kidlanadi. U klinik amaliyotda
uchraydigan nevrozlarning 20% noogen xususiyatga ega ekanligi, ya’ni hayot
39
ma’nosining yo‘qligi orqali vujudga kelganligiga alohida urg’u beradi. Shu bois
ham aynan ekzistensial terapiya nazariya va amaliyoti boshqa tadqiqotchilar
izlanishlarida o‘z rivojini topgan
2
.
L.Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi. Psixologiya va
psixoterapiyada ekzistensial yo‘nalishning yorqin vakillari shvetsariyalik
psixiatrlar Lyudvig Binsvanger va Medard Boss. Ular o‘z konsepsiyasini nemis
faylasufi Martin Xaydeggerning ekzistensial nazariyasi asosida ishlab chiqishgan.
Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya bir qator o‘ziga
xosliklar bilan ajralib turadi. Avvalo, ular psixologiyaga tabiiy fanlardan
sababiylik tamoyilining olib kirilishiga qarshi chiqdilar. Ular fikricha, inson
hayotida hech qanday sabab-oqibatga asoslangan munosabatlar yo‘q. Asosan,
xulq-atvorning ketma-ketligi mavjud bo‘lib, bu ketma-ketlik orqali sababiylikni
keltirib chiqarib bo‘lmaydi
3
.
Shunday qilib, Binsvanger va Boss talqinidagi ekzistensial psixologiya
kazuallikni rad etgan holda, positivizm, determinizm va materializmni ham inkor
qiladi. Ushbu olimlar ta’kidlashicha psixologiya boshqa fanlarga o‘xshamaydi va
ular kabi model asosida qurilishi kerak emas. U o‘z metodini (fenomenologiya)
va tushunchalarini (hayotdagi mavjudlik, mavjuslik moduslari, erkinlik,
ma’suliyat, aylanish, transendensiya, makoniylik, temporallik va b.q. ) talab
qiladi. Binsvanger va Boss ekzistensial nazariyasining markaziy tushunchalaridan
biri motivatsiyadir. Motivatsiya doim sabab va oqibat munosabatlarini to‘g’ri
yoki noto‘g’ri tushunishni talab qiladi. Bir xil voqea turi sabablar oqibatida
yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan tabiiy omillar tufayli, lekin faqat insongina
mazkur harakatni amalga oshirish, biror bir maqsadga erishish uchun
motivatsityaga ega bo‘ladi. Turli individlar turli maqsadlarga erishih uchun bir xil
harakatlarni amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga inson tomonidan u yoki
bu maqsadga erishish bir necha bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va bu
bosqichning har biri o‘z oqibatiga ega bo‘ladi. Umuman olganda, mazkur holatda
inson motivastiyasini tushunish inson xulq-atvori, hatti-harakatini anglashning
bosh mezoni bo‘ladi. Binsvanger va Boss konsepsiyasi subekt (ruh) va obekt
(tana, muhit, materiya) o‘rtasidagi dualizmga salbiy qaraydi. Ushbu fikrni
birinchi bo‘lib Dekart ilgari surgan va keyinchalik inson kechinmalari va
harakatlarini muhit stimullari hamda tana holati nuqtai nazardan ko‘rib chiqishda
keng qo‘llanila boshlandi. Ekzistensial nazariya individning dunyoda birligini
ta’kidlaydi va bu birlikni buzuvchi har qanday qarashni falsifikatsiya va inson
2
Boeree C. G. Viktor Frankl/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.8
3
Boeree C. G.
Medard Boss
/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.3
40
voqeligini yagona oqimini bo‘lib tashlashga bo‘lgan urinish deya baholaydi.
Boss so‘zlariga ko‘ra, ekzistensial psixologiya maqsadi - insonning bog’liqlik
strukturasini yuzaga chiqarishdir. U yozadi: “Bog’liqlik faqatgina buzilmagan
butunlikda mavjud; bog’liqlik butunlikdan kelib chiqadi”.
Ekzistensial psixologiyaning uhbu yo‘nalishi shuningdek fenomenlar ortida
ularni tushuntirib berishi yoki aniqlab berishi mumkin bo‘lgan nimadir bor degan
farazni ham inkor etadi. U inson xulq-atvorini an’anaviy bo‘lgan “Men-
konsepsiya”, ongsiz, psixik va jismoniy energiya, instinktlar, miya elektrik
jarayonlari, arxetiplar va b.q. orqali talqin qilishni tan olmaydi. Binsvanger va
Boss fenomen mohiyatini tushuntirib berishmaydi, ular faqat fenomen borlugini
tan olishadi va psixologiyaning bosh vazifasini ularni chuqur yoritish,
tushuntirish yoki isbotlash emas deb aytib o‘tadi. Bu tadqiqotchilar har qanday
psixologik nazariyalarga salbiy munosabatda bo‘lganlar, zero, nazariya ostida
doim u yoki bu faraz yotadi, mazkur olimlar uchun esa inson tomondan his
qilingan, uning boshidan o‘tgan va anglab yetilgan hodisalar haqiqiydir, ilmiy
farazlar emas. Bu yonalish tarafdorlari fikricha o‘rganish bu hech qanday
gipoteza va steriotiplarsiz ko‘ra olishdir.
Binsvanger va Boss individga huddu buyumdek qarashga qarshi chiqdilar.
Ular fikricha, insonga bunday munosabat nafaqat psixologiyaga insonlarni
hayotdagi mavjudligi pozitsiyasidan anglash imkonini bermaydi, balkim alal
qoibat shaxs degumanizatiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ular insonlarning
texnisizm, byurokratiya, mexanizatsiya natijasida chetga chiqib qolishi, uzlatga
chekinishi va buzilishi haqida so‘z yuritgan. Olimlar nuqtai nazariga ko‘ra,
insonlar bilan buyum kabi munosabatda bo‘lganda, ular ham o‘zlarini ega bo‘lish,
nazorat qilish, forma berish, ishlatish mumkin bo‘lgan buyum deb hisoblay
boshlashadi. Natijada bunday insonlar haqiqiy inson hayotini yashab o‘tishga
qodir bo‘lmay qoladilar. Inson o‘z hatti-harakati uchun erkin va ma’suldir. Boss
aytadiki, erk bu insonlar ega bo‘lgan nimadir emas, bu shundoq ham mavjud
hodisa. Binsvanger va Boss ekzistensial falsafaisda juda katta o‘rin inson o‘limi
mavzusiga ajratilgan. Mazkur mutaxassislar asarlarida o‘lim oldidan qo‘rquv
hayot masalasidan kam o‘rganilmagan. Binsvanger va Boss konsepsiyasining
fundamental tushunchasi “dunyoda mavjudlik” (Dasein) dir.
4
Inson mavjudigi dunyosining 3 darajasi bor: 1) bilogik yoki jismoniy atrof-
muhit (landshaft); 2) insoniyat muhiti; 3) insonning o‘zi, uning tanasi. Inson
mavjudligining mohiyati masalasiga to‘xtalar ekan, Binsvanger va Boss
insonlarning o‘zi dunyo mohiyati ekanligini, ular o‘z dunyosiga ega ekanligini,
ammo doimo bu dunyo chegarasidan chiqishga harakat qilishini aytib o‘tadi.
4
Boeree C. G.
Medard Boss
/ Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University.
1997. – Р.3
41
Mazkur holatda, dunyo chegarasida ortidagi mavjudlik haqida so‘z borar ekan,
olimlar o‘zga – narigi olamda yashashni nazarda tutmaganlar, balki mavjud
bo‘lgan muhitidan yangi dunyoga, muhitga o‘tish haqida fikr yuritganlar.
Dostları ilə paylaş: |