43
Vigotskiy ikkita gipotezani oldinga surgan:
1)
Oliy psixik funksiyalarning tarqalishi;
2)
Tashqi integratsiya yo‘li orqali ichki faoliyatning vujudga kelishi.
Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, xulq atvorni o‘zlashtirish avval tashqi (sotsial)
planda, kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi va shundan so‘ng funksiyalar
ichiga aylanadi. Bu qonuniyat , ma’naviy rivojlanishning umumgenetik qonuni
deb ataladi. Shaxsning shakllanishi, Vigotskiyning fikricha, moddiy rivojlanishni
aks ettiradi. Uning fikricha bola shaxsi bilan moddiy rivojlanish o‘rtasida teng
belgisini qo‘yishimiz mumkin. Shaxs shunday tarixiy rivojlanishda shakllanadi.
Shaxsning ko‘rsatkichi deb tabiiy va oliy psixik funksiyalar ko‘rinishida
ko‘rishimiz mumkin. Insonda qancha ma’naviy funksiyalar ko‘p bo‘lsa unda
shuncha dunyo va o‘z xulq-atvori ustidan bo‘lgan hukmronligi kuchayadi.
A.N.Leontyev (1903-1979) – psixolog, ilm tashkilotchisi, faoliyat nazariyasi
asoschisi. Uning asarlari orasidan “Psixika rivojlanishi”, “Faoliyat, ong, shaxs”,
kabilari mashhurdir. Leontyev konsepsiyasi inson
rivojlanishida ijtimoiy
determinatsiyaning o‘rni haqidagi qarashni ma’qullab, qaysidir ma’noda
Vigotskiy yo‘lini davom ettirgan. Leontyevning shaxs teoriyasi asosiy prinsipi
yordamida insonning natural faoliyatini tushunish bilan ifodalash mumkin. Uning
konsepsiyasining asosiy tushunchasi bu faoliyat kategoriyasidir. Faoliyat
fenomeni sabab, atrof olam ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tekshiriladi.
Faoliyatning asosiy formasi uning tashqi faoliyatidir. Daliliy ma’nosi bu
so‘z ma’nosi bilan solishtiriladi. Leontyev ta’kidlab o‘tganidek, ma’no faqatgina
bitta tushunchaga taalluqli bo‘la olmaydi, chunki harakatni individ bajarmaydi.
Tarixiy rivojlanishning tashqi faoliyat davrida ichki funksiyalar yuzaga kelishi
mumkin, ular tez shakllanib 2ta formaga aylanadi.
Predmetli faoliyatda asosan o‘z-o‘zini ta’minlay oluvchi-harakat va
operatsiyalar ajralib chiqadi. Ichki faoliyatda motiv va maqsad shularga kiradi.
Butun bir faoliyatni o‘rganishdan maqsad ichki sistema bog‘lanishlar va
munosabatlarni tadqiq qilishdir.
Leontyev fikricha shaxs bu faoliyatning ichki momenti, shaxs tushunchasi
asosan individ tushunchasi bilan adashtiriladi. “Individ”
tushunchasi konkret
subyektning bo‘linmasligi, butunligi va o‘zgacha ekanligini ifodalaydi. Individ
filogenetik va ontogenetik rivojlanishning so‘nggi mahsulidir. Shaxs strukturasi
motiv va faoliyat orqali yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, insonning alohida
psixologik yoki sotsial-psixologik tomonlaridan kelib chiqgan holatda “Shaxs
strukturasini” hosil qilish mumkin emas, bu shaxs o‘zagida unga o‘rnatilgan
genetik programmalarida, uning mavjud salohiyatida emas,
balki bilimi va
faxmidadir.
Shaxs analizi birligida shaxs mazmuni inson ongida motivni maqsadga
44
bo‘lgan munosabati sifatida o‘rtaga chiqadi. Shaxs mazmuni shaxs analizi sifatida
o‘rtaga chiqa olmaydi, chunki uning haqiqiy ko‘rinishi individ bilan bo‘lgan
munosabati bilan o‘lchanadi. Mazmun bu haqiqatning umumlashtirgani bo‘lib
asosan so‘z va gaplarda kristallashib, fiksirlashib boradi. Bu jamoa tajribasining
ideallashtirilgan ruhiy shaklidir.
Leontyev faoliyat motivining o‘zgarishi shaxs mazmuni o‘zgarishi bilan
birga amalga oshiriladi. Misol uchun, talaba tomonidan kitobning mutolaa
qilinishi uning maqsadini ifoda etadi. Uning motivi esa mutolaa qilish orqali
kelajakdagi kasbga tayyorlash yoki imtihonga tayyorlashdir.
Shaxs fikrlarini
o‘rganish muammolarini Leontyev ishlab chiqqan g‘oyalar asosida o‘rganishni
psixologiyaning turli xil jabhalarida qo‘llaniladi.
Rubinshteyn (1889-1960) mashhur psixolog, faylasuf va psixolog, fikrlash
psixologiyasi muammosi ustida tadqiqotlar olib borgan, psixologiya asoslari
yaratuvchisi, “Umuman psixologiya asoslari” nomli darslik muallifi. “Ijodiy
faoliyat prinsipi” maqolasida u ongni aktiv faoliyat deb baho berdi. Bu g‘oya
asosida ong birligi va faoliyati prinsipini yaratadi. Ong birligi va faoliyat haqidagi
g‘oyalar psixologiya rivojlanishining ayni bir etapida vujudga kelgan bo‘lib, XX
asrning 30-40 yillarida introspektiv psixologiya va biheviorizm bilan bog‘liq
muammolarni hal qilish uchun ham vujudga kelgan. Ong birligi va faoliyat
tasdiq’i ong va psixikani passiv bir mavjudlik deb emas,
subyekt faoliyati, real
individ va inson faoliyati uni atrof-muhit bilan bo‘lgan munosabati jarayoni
o‘rganiladi.
Rubinshteyn alohida ta’kidlab shuni aytadiki, insonga faqatgina faoliyat
emas balki shaxs ham tanlov huquqiga ega holda ta’sir o‘tkazish kuchiga egadir.
Shaxsni o‘rganish davomidagi muhim daqiqalardan biri, Rubinshteyn fikricha
faqatgina faoliyatini yoki hayot emas bundan kengroq jabhalarnio‘z ichiga oladi.
V.S.Merlin (1898-1982) shaxsining integral nazariyalarini ishlab chiqadi va
quyidagi bosqichlarini ko‘rsatdi.
1. Biokimyoviy
2. Somatik
3. Neyrodinamik
4. Psixodinamik (temperament bosqichi)
5. Shaxs
6. Jamiyatdagi sotsial roli.
Bu bosqichlarni orasida bir tomonlama. Aksincha ko‘ptomonlama bog‘liqlik
bor, ya’ni bir bosqich bir vaqtda bir necha bosqichda aloqada bo‘ladi.
Temperament bosqichda quyidagilarni farqlaydi.
Ekstraversiya - obyektiv holatdan kelib chiqib, psixik o‘zini tutish.
Sergaklik- to‘siq bo‘layotgan holatda qochish orqali reaksiyaga kirishish.
45
Reaktivlik- xatti-harakatga shunday javob qaytarish.
Impulsivlik- tezlik undaemotsiyalar xatti- harakatning kuchi.
Emotsiyalarni uyg‘onishi qo‘yilgan maqsadga aktiv harakat qilish. Shaxsiy
faoliyat
haqida gapirdanda, shuni nazarda tutganki, psixologik vositalarning
tizimi shundayki, inson o‘zining shaxsini ko‘rsatish uchun harakat siz ulardan
qochadi. Temperament B.S.Merlin fikricha ko‘ra, o‘zgartirish mumkin emas,
chunki u genetik joylashtirilgan, lekin uni kompensatsiya qilsa bo‘ladi.
Uning eng mashhur ishlaridan biri – “Temperament nazaryalari to‘g‘risidagi
ocherk”, “Eksperimental shaxs psixologiyasi”, “Shaxsning integral tadqiqotlari”.
Shaxs psixologiyasining zamonaviy tadqiqotlari.
XX-asrning 80-90 yillarida shaxs psixologiyasining rivojlanish bosqichi
bo‘ldi. Bu bosqichning asosiy xususiyatlari K.A.Abulxan-Slavga ko‘ra
quyidagicha:
- Haqiqiy shaxsga qaratilgan tadqiqotlar
- Shaxs psixologiyasining etikaga o‘zini tutishning tomonlariga tafakkur va
motivatsiyaga yaqinlashgan
- B.F.Lomovning tizimli yondashuvi “shaxs psixologiyasi”ning
asosiy
muammolariga aniq yondashuv.
Dostları ilə paylaş: