Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

1.
 
Mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish: 
Debat o’tkazish uchun tayyorgarlik bosqichini ishlab chiqish. Buning uchun 
tashabbuskor tinglovchilar bilan birgalikda quyidagilar belgilab olinadi: 
– o’quv fani; 
– debat mavzusi (bir nechta variantlar); 
– debat maqsadi; 
– jamoalarni shakllantirish tamoyillari; 
– debat mavzusi bo’yicha axborot bilan ishlashning turlari; 
– debatga jamoalarni tayyorlash
– debatni baholash mezonlari; 
– debatni baholash va tahlil qilish shakllari. 
Debatlarga tayyorgarlik ko’rish mavzuni aniqlashdan boshlanadi. Odatda, 
debatlarda mavzu fikr yoki g’oya shaklida ifodalanadi, masalan: «Har qanday 
ijtimoiy xavfli qilmish jinoyatdir». Tanlangan mavzu quyidagi talablarga javob 
berishi lozim: 
– debatchilar uchun ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ilgari surishi 
bilan ularda qiziqish uyg’ota olishi; 
– har bir jamoaga sifatli dalillarni keltirishlari uchun bir xil imkoniyat bera 
olishi; 
– aniq ifodalanishi; 
– tadqiqot ishlarini rag’batlantira olishi; 
– tasdiqlovchi tomon uchun ijobiy ta’rifga ega bo’lishi. Umumiy tarzda 
tayyorgarlik ko’rish bosqichining tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin. 


135 
Mavzu bo’yicha axborotlar bilan ishlash: 
– tinglovchilarning bilimlarini faollashtirish (aqliy hujum); 
– turli manbalardan foydalangan holda axborot izlash
– olingan materiallarni tizimlashtirish; 
– asosiy fikrlarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun keyslar (dalillar tizimi)ni 
tuzish, savollar raundini tayyorlash va h.k. 
Umumiy va maxsus mahorat va ko’nikmalarni shakllantirish: 
– dalillarni shakllantirish va asoslash; 
– inkor etuvchi tomonning strategiyasini tuzish; 
– savollarni to’g’ri ifodalash; 
– notiqlik san’ati va mantiqiy fikrlash bo’yicha bilimlarni egallash, ularni 
amalda qo’llash; 
guruhda samarali ishlash, autotrening va relaksatsiya ko’nikmalarini 
egallash. 
Shunday qilib, tayyorgarlik ko’rish bosqichida tinglovchilar nafaqat o’yin 
uchun taqdim etilgan mavzu mazmunini puxta va chuqur o’rganishlari, balki 
tasdiqlovchi va inkor etuvchi tomonlar uchun mavzuning asosiy g’oyasiga 
tegishli har bir tushunchaga ta’rif berishlari, keyslar tuzishlari lozim, chunki qur’a 
tashlash uyin boshlanishidan avval amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir 
tomon uchun inkor etish strategiyasi oldindan ishlab chiqiladi, ya’ni opponentlar 
(muxoliflar) tomonidan keltirilishi mumkin bo’lgan dalillarga qarshi dalillar 
hamda qarama-qarshi tomon bildirishi mumkin bo’lgan fikrlardagi ziddiyatlarni 
aniqlashga ko’maklashadigan savollar ishlab chiqiladi. 
2. Kirish: 
Har bir jamoa (uchta spiker tarkibida) har qanday raundlar orasida umumiy 
davomiyligi 8 daqiqagacha bo’lgan tanaffus olish imkoniyatiga ega. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin