132
saqlash, so’zga chiquvchining so’zini oxirigacha tinglamasdan va nuqtai nazarini
bilmasdan unga baho bermaslik zarur;
– do’stona muhitni vujudga keltirish. Bu erda
tinglovchilarga shaxsiy
murojaat qilish, jo’shqin suhbat olib borish, imo-ishoralardan foydalanish, va
albatta, tabassum qilish o’qituvchiga yordam beradi.
Har qanday aktiv
o’qitishning asosi konfliktga bormaslik ekanini esda saqlash lozim;
– atama, tushuncha va boshqalarning semantik bir xil tushunili-shiga
erishish. Buning uchun savol va javoblar yordamida o’qitilayot-gan mavzuga oid
ishchi ta’riflar va tushunchalar apparatini aniqlashtirib olish lozim. Tushunchalar
apparatini muntazam ravishda aniqlashtirib olish tinglovchilarda faqatgina
tushunarli bo’lgan
iboralar bilan ishlash, yaxshi tushunib bo’lmaydigan
so’zlardan foydalanmaslik, muntazam ravishda turli ma’lumotlar beradigan
yordamchi adabiyotlardan foydalanish odatini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: