Buxoro davlat universitetining pedagogika



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

KONSTRUKTIV 
JOYLAR 
QO’SHIMCHALARNING 
HARAKTERISTIKASI. 
KIYIMNI 
KONSTRUKSIYALASHDA 
QO’SHILADI HAQLAR VA ULARNI HISOBLASH.
Ktex qo’shim bemalol harakat qilishini, bemalol nafas olishni ta’minlaydi: 
material tana yuzasi bilan kiyimning ichki yuzasining orasida havo qatlami hosil 
qilish imkonini beradi. Bunday havo qatlamining issiqlik almashinuvini tartibga 
solishda katta ahamiyati bor. Ayollar ko’ylagi uchun ko’krakning yuqori nuqtasi 
darajasida
Ktex 2 sm ga jaket uchun esa 3 sm ga teng. Konstruktiv – dekarativ qo’shimlar 
doimiy bo’lmaydi, ularning qiymati kiyim turiga, uning siluetiga, shakli va 


boshqalarga qarab ya’ni zamonaviy moda talabiga binoan o’zgardi. Kiyim 
konstruksiya asosidan chizmasini hisoblash qulay bo’lishi uchun maksimal zarur 
qo’shim Ktex bilan minimal qo’shim K kd birga qo’shib olinadi. Bu umumlashgan 
qo’shim kiyimni gavdada bemalol turish qo’shimi deb ataladi. Gavdada bemalol 
turish qo’shimi quyidagilarga bo’linadi.
1. Kk- ko’krak chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi.
2. BlK- bel chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi
3. BkK – bo’ksa chizig’i bo’ylab gavdada bemalol turish qo’shimi
Yuqorida sanab o’tilgan qo’shimlardan qiymati kiyim siluetiga bog’liq 
bo’ladi. Masalan gavdaga yopishib turadigan siluetli ko’ylak, jaketlar uchun 
gavdada bemalol turish qo’shimidan qiymati minimal bo’lishi harakterlidir. Lekin u 
Ktex dan kam bo’lmasligi kerak. Gavdaga yopishib turadigan siluetli ko’ylaklar 
belga yopishib turish darajasi ko’ylak ko’krak qismining va yubkaning turli 
bichiqlari bilan harakterlanadi. Trapesiyaga o’xshash siluetli (etak tomoni 
kengaytirilgan) kiyimlarning yelka qismida qo’shimlar minimal bo’ladi. Etak 
tomonining kengaytirilishiga texnik (konstruktiv) modellash yo’li bilan erishiladi. 
Silueti boshqacha kiyim modellari ham yaratiladi. Lekin ularning konstruksiyalari 
yuqorida sanab o’tilgan eng harakterli siluetlarning konstruksiyalar asosida ishlab 
chiqiladi. 2- jadvalda kiyim silueti qandayligiga qarab ko’krak, bel, buksa chiziqlari 
bo’ylab qo’shimlar taxminan qanchadan bo’lishi berilgan. Jadvaldan ko’rinib 
turibdiki, bir xil siluet uchun qo’shim minimal va maksimal bo’lar ekan. Bu holda 
qo’shimning qanchalik gazlama qalinligi va strukturasiga qarab olinadi. Masalan 
qo’shim miqdori yupqa gazlamadan (ipak, shifon va x.k) tikiladigan ko’ylaklarda 
minimal: nisbatan o’rtacha qalinlikdagi (ko’ylakli jun gazlamalar, trikotaj va 
boshqalar) gazlamalardan tikiladigan ko’ylaklar uchun o’rtacha, qalin va zich 
tukilgan (movut, triko va x.k) gazlamalardan tikiladigan ko’ylak va jaketlar uchun 
maksimal darajada olinadi. Ba’zan bir modelning o’zi kichik razmerli bo’yi baland 
ayollarga ham bo’yi past, lekin katta razmerli ayollarga ham tavsiya etilishi mumkin. 
Bunda modelning tashqi ko’rinishini saqlab qolish va idrok qilish uchun shunday 
model konstruksiyasini ishlab chiqishda katta razmerli bo’yi past ayollar uchun Kk-


qo’shim 0,5 sm ga kamaytiriladi, kichik razmerli baland buyli ayollar uchun esa, 
aksincha 0,5 sm ga ko’paytiriladi. Old va ort bo’laklar bilan yaxlit bichiladigan va 
reglan ko’ylaklarning konstruksiyasini ishlab chiqarishda Kk-qo’shimi 1+2 sm 
ko’paytiriladi. Qanday siluetli bo’lmasin, yubkaning (shimning) bel chizig’i 
gavdada bemalol turish qo’shimi 1 sm ga teng olinadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin