Yangi texnologiya bo’yicha, ignali maxsus mashina
bilan karsaj lentali
belbog’ni moslama yordamida(mashinaning orqa tomoniga o’rnatilgan) va bir
paytda kichik moslama orqali o’tkazib,shim yuqorisiga karsaj lentani o’ragan holda
biriktiriladi va belbog’ namlab- isitib, press yordamida presslanadi.
a
46 – rasm.
Avarsiga qotirma qo’yilgan astarli belbog’ni yoki tasmali belbog’ni
shimga ulash:
Shim poychasiga ishlov berish
Qaytarma manjetli pochaga tasma bilan ishlov berish
. Shimning yuqori
qismi tayyor bo’lgandan so’ng ,shim uzunligi razmeri
olinadi va shu yerdan
gorizontal chiziq bo’ylab bukish joyi belgilanadi. Agar shim qaytarma manjetli
bo’lsa, u holda manjetni kengligi ikki baravar o’lchamda farq qiladi.
Manjetni
ikkiga buklab, bukish burchagi tasmadan o’rtasi pocha qirqimiga
to’g’rilanib, ikki ignali mashinada tasma shim pochasiga biriktiriladi.
Tasmadan 0,1-0,2 sm ziy chiqarib manjetni o’ng
tomonga bukilgan holda
dazmollanadi.
Agarda, shim manjetsiz bo’lsa, bukish burchagiga tasma ziy chiqaradigan
masofa shim tomonga qo’yilib, ikki ignali mashinada biriktiriladi.
Tasmadan ziy
chiqarilib, shim pocha qirqimi dazmollanadi. Shimning ochiq joyi yo’rmalanadi va
maxsus mashinada yashirin ko’rinmas chok bilan biriktiriladi.