sm cheklama qo’yiladi. Cheklama uzunasiga o’rtasi qil qatlam qirqimiga to’q’rilab
qo’yib, dazmollab yopishtiriladi. (48 - rasm)
Yelimlab yopishtiladigan bort qotirmasi
Pressning ostki yostug’iga bort qotirmalaridan bittasi qo’yiladi. Uning ustiga
belgilarga moslab qil qatlam yelimli tomoni pastga qaratib qo’yiladi, keyin ikkala
yelka tagligi yelimli tomonlari tashqariga qaratib juftlab qo’yiladi. Bular ustiga
ikkinchi qil qatlam yelimli tomoni yuqoriga qaratib qo’yiladi. Nihoyat bularning
hammasi ustiga ikkinchi bort qotirmasi qo’yiladi. Presslab ,detallar yopishtiriladi va
qotirmaning kerakli shakli hosil qilinadi.
Tayyor bo’lgan bort qotirmalari 5-6 juftdan pachkalanadi va eng yuqoridagi
detal ustiga bortlar, yoqa o’mizlari, kiyim etagi, o’mizlar qirqiladigan chiziqlar,
shuningdek, izma, cho’ntak va qotirma old bo’lakka hamda yon cho’ntaklar
bo’ylamasi uchlariga ulanadigan joylar belgilab qo’yiladi. Bort qotirmalari maxsus
qisqichlar bilan qisilib, belgi chiziqlar bo’ylab, bichish mashinasida qirqiladi. Yelim
plyonka qo’yiladigan joylar teshgich yordamida belgilarga moslab teshiladi.
Dostları ilə paylaş: