Buxoro davlat universitetining pedagogika


Old bo’lakka adipni ulash usullari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

 
Old bo’lakka adipni ulash usullari 
Bortga ishlov berilayotganda adip bilan old bo’lak oldindan ko’klab olib yoki 
ko’klanmay bir-biriga ulanishi mumkin. Oldindan ko’klab ulash uchun, adip old 
bo’lak bortining chetiga ularning o’ngi bir-biriga qaratib qo’yiladi. adip old bo’lak 
bortining qirqimidan 1,2-1,5 sm, yelka qirqimidan 0,8-1 sm chiqarilib, oson 
so’tiladigan baxyaqatorlar maxsus mashinada ko’klanadi. Bunda ko’klaydigan 


baxyaqator bort va adip qaytarmasining qirqimlaridan 1,5-2 sm naridan o’tadi; 
adipda adip qaytarmasining uchlarida taxminan 0,5-0,7 sm, adip qaytarmasining
boshqa joylarida 0,4-0,5 sm izmalar orasida 0,2 sm solqilik hosil qilinadi, bortning 
pastgi burchagi old bo’lagida esa 0,2-0,3 sm solqilik hosil qilinadi. 
Adip qo’lda ko’klanishi ham mumkin. Bunda sidirg’a gazlamalarga qiyalama, 
gulli gazlamalarga esa to’g’ri ko’k solinadi (qaviqning yirikligi adip qaytarmasi 
bilan bort uchlarida 0,7 sm, boshqa joylarda esa 1,5-2 sm) . Adip old bo’lakka 
ko’klanayotganda ikkala old bo’lak bilan adipning yo’llari yoki gullari ularning 
ziylariga aniq parallel bo’lishi va ikkala old bo’lakning yo’llari yoki gullari bir-
biriga mos kelishi kerak. 
Kiyim tayyor bo’lganda burchaklari aniq chiqishi uchun yordamchi andaza 
qo’yib adip qaytarmasi bilan bort uchlaridagi ag’darma chok chozoqlari belgilab 
tikiladi. Bort old bo’lak tomondan ag’darma chok bilan tikiladi. bund abort etagidagi 
va adip qaytarmasidagi uchlar belgilangan chiziqlar bo’ylab tikiladi, boshqa qirqim 
yonida esa adip qaytarmasida uqaning tashqi joylariga, bortda uqadan 0,15- 0,2 sm 
narida chok solinadi. 
Bortning pastki uchi ag’darma chok bilan tikilayotganda baxyaqator etakning 
bukish chiziqdan 0,1-0,5 sm pastroq yuritilib, kertikka 0,1-0,2 sm yetqazilmaydi va 
shu bilan birga adip old bo’lakning bukish haqida 0,5 sm kenglikda chok hosil qilib 
ulanadi.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin