Buxoro davlat universitetining pedagogika


Bort ziylariga ishlov berish usullari



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/87
tarix28.11.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#168260
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Bort ziylariga ishlov berish usullari 
Bortga bezak baxyaqatorli ishlov berilsa, bort va adip qaytarma uchlari 
o’ngiga ag’dariladi va bort bilan etak ziylariga pirovard shakl berish uchun, 
shuningdek, bu shaklni vaqtincha saqkab turish uchun, bort bilan adip qaytarmasi 
ziylarini ko’klanadi, kiyim etagi esa bukib ko’klanadi. Ziylar maxsus mashinada 
ko’klanadi. Adip qaytarma ziylari old bo’lak tomondan ko’klanadi. Etak, bukish 
haqi tomondan belgi chiziq bo’ylab bukib ko’klanadi. Ort bo’lak kesimli bo’lsa, 
kesim burchaklarini ham ziyi ko’klanadi. Ziy ko’klanayotganda adip qaytarmasida 
0,1-0,15 sm kenglikda adipdan, bortlarda 0,1-0,2 sm kenglikda old bo’lakdan kant 


hosil qilinadi. Taqilmasi yuqorigacha yetadigan kiyimlarda old bo’laklardan 0,1-0,2 
sm kenglikda kant hosil qilib, adip tomondan bort ziylari ko’klanadi. Adipning ichki 
cheti maxsus mashinada, qirqimidan 2-3 sm masofada baxyaqator yuritib old 
bo’lakka ilintirib ko’klanadi. 
Bort ziyiga yolg’on qaviq bilan ishlov berishda, ziy yashirin baxyali maxsus 
mashinada, qo’lda yashirin qaviq bilan yoki yelim plyonka bilan mahkamlanadi. Bu 
operatsiya bort ziyi ko’klanganda, hamda kiyim etagi bukib ko’klangandan keyin 
bajariladi. 
Ziy yelim plyonka bilan ishlanganda ,old bo’lak teskarisiga uning ag’darma 
chokidan 0,1 sm masofada yelim plyonka qo’yiladi. Buning uchun ,bort ag’darma 
chok bilan tikilayotganda, kengligi 0,3-0,4 sm chok haqi qoldiriladi. Kiyim 
etagining teskarisiga uning bukish haqi chizig’idan bukish haqi tomondan 0,1 sm 
qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga, uning bukish haqi chizig’idan bukib 
ko’klangandan keyin maxsus mashinada yoki qo’lda yolg’on qaviq solinadi.
Bort ziyiga o’rgimchak uya yelimli material qo’yib ishlanganda, bort bilan 
adip uchlari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Bort bilan adip qaytarmasi ziylarini 
ko’klayotganda, kengligi 1-1,5 sm bo’lgan o’rgimchak uya yelimli materialni chok 
haqi tagiga qo’yib ketiladi. 
Bort chetlari dazmollangan paytida, bu yelimli material asosiy materialga 
yopishtirib bort ziylarini va etak bukish haqini mahkamlaydi. 
Bortning chetlariga uzil-kesil shakl berish uchun namlab-isitib ishlov beriladi. 
Kiyim chetlari bo’lib-bo’lib presslanadi. Adip qaytarmasi old bo’lak tomondan, bort 
esa adip tomondan taqilma yuqori izmasidan boshlab, kiyim etagigacha presslanadi. 
Bortning bezak baxyaqatorini yoqasi avrali gazlamadan bo’lgan kiyimlarda kiyimga 
yoqa o’tkazikgandan keyin ,ayni vaqtda bortni, adip qaytarmasini yoqaning cheti 
bo’ylab yuritish, mo’yna yoqali kiyimlarda esa yoqaning kiyimga o’tkazishdan oldin 
yuritish tavsiya etiladi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin