Bo`laklardan iborat yubka - bo`laklardan iborat yubka konstruksiyasining asosi
yubka bo`lagidir. Bunday yubka konstruksiyasini tuzish uchun yubka qancha
bo`lakdan iborat bo`lishini, bel aylanasini-BlA, bo`ksa aylanasini –BkA va yubka
uzunligini bilish kerak.
Etak tomoni kengaytirilgan yubka -yubkaning etak tomoni beldagi vitachkalarni
etak chizig`iga ko`chirish, taxlamalar xosil qilish, gode singari juda ko`p usullar
bilan kengaytiriladi.
Fantazi yubka - «Fantazi» yubkalarda turli simmetrik, asimmetik drapirovkalar,
kirkmalar, burmalar bo`ladi; shuningdek ular ko`p qavatli va boshqacha xam bo`lishi
mumkin.
Model yaratish jarayoni - gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab
chiqish, gazlama va qo’shimcha bezak materiallarni tanlash, model eskizini
korxonada bosh muxandis boshchiligidagi muxandis texnik xodimlardan iborat
badiiy - texnik kengashda tasdiqlash, eskiz bo’yicha buyumni rassom – modelchi
va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish, yangi
modeldagi kiyimni badiiy - texnik kengashda ko’rib chiqish va katta badiiy - texnik
kengashga tavsiya etish.
ILOVALAR