maketlashtirishdir. Talab etiluvchi qismda shakl o‘zgartiriladi. O‘zgartirilgan
asos bo‘yicha maket gazlamadan kerakli joyda gazlama zahirasini ta’minlab yeng
bichiladi. Tayyorlangan yeng maketi yeng o‘miziga ulanadi yoki to‘g‘ri turishiga
intilib manekenga igna bilan qadaladi va hamma o‘zgarishlar qayd etiladi. Keyin
maket asos chizmasida nusxalanadi. Shunday qilib, yeng asosi hosil qilinadi.
Ustki qismda kattalashtirilgan hajmli yeng. Yeng qiyamasida hajmli va
asta-sekin pastga qarab torayuvchi englar birchokli tor eng chizmasida yasaladi.
Chizmada
kesik chiziqlari, miqdori va yeng shakli bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishi
belgilanadi. Kesik uzunligi eng torayishi boshlanishi darajasi bilan aniqlanadi:
eng o‘mizi chuqurligi chizig‘i, tirsak chizig‘i yoki ular orasidan.
Yeng qiyamasi bo‘yicha burmalar hosil qilish uchun o‘rta chiziq bo‘yicha bitta
kesik qilinadi va kerakli kattalikka suriladi (1-rasm, a, b). Eng qiyamasi bo‘yicha
taxlamachalar, vitochkalar yoki mayda taxlamalar hosil qilish uchun asosda bu
elementlar yo‘nalishi bo‘yicha kesiklar qilinadi va muvofiq kattalikka suriladi (1-
rasm, v,g).
Eng qiyamasi bo‘yicha taxlamachalar, vitochkalar
yoki mayda taxlamalar toq
miqdori (uch yoki besh) loyihalansa, markaziysi ustki kertma joyida, qolganlari
undan teng masofalarda belgilanadi. Taxlamalar,
vitochkalar yoki mayda
taxlamalar juft miqdorida (ikki, to‘rt yoki olti) ular ustki kertikdan ikki tomonga
bir tekis taqsimlanadi.
Maketlashtirish usuli bilan hosil qilingan eng asosi bu eng konstruksiyasi
chizmasini tuzish uchun uchastkalarni hisoblashda foydalanish mumkin. Eng
qiyamasi bo‘yicha uch mayda taxlamali ikkichokli
eng chizmasining tuzilishi
misol bo‘la oladi.
Pastga qarab kengaytirilgan, eng qiyamasi bo‘yicha burmasiz englar. Bir chokli
eng asosida quriladi. CHizmada englarni uch chiziq bilan belgilanadi – biri
o‘rtada va ikkitasi old va tirsak o‘tar qismi bo‘yicha. Belgilangan chiziqlar
bo‘yicha chizma kesiladi va kerakli kattalikda ajratiladi (1-rasm, a,v).