chizig‘i belgilanadi. Engning qolgan qismi 8 qismga bo‘linadi (har bir
yarimtalikka 4 qismdan).
Eng belgilangan chiziqlar bo‘yicha kesiladi va har
bir hosil qilingan qism eng
qiyalamasining pasaytirilgan chizig‘i bo‘yicha o‘rtadan boshlab yon kesiklar
tomoniga
shunday kesiladiki, ular buzilib ketmasin. Eng qismlari teng
masofalarga suriladi (loyihalanuvchi klyoshga qarab 3-4 sm ga).
Keyin eng
pastining yangi chizig‘i belgilanadi. Tayyor eng pasti kengaytirilgan bo‘lib
qolishi yoki manjetga burmalanishi mumkin.
2rasm. Pasaytirilgan kengaytirish chiziqli eng chizmasini tuzish:
a – asosga kesik chiziqlarini solish; b – eng tayyor andazasi
Tantanalar va kechalar uchun ko‘ylaklarga eng boshi bo‘yicha fantaziyali
burmalanishli eng taklif etiladi (3-rasm). Andaza
tayyorlash uchun kesiklar
gorizontal chiziqlari belgilanadi va har bir taxlamaga 10 sm dan qo‘yib
belgilangan. CHiziqlar bo‘yicha detal uzunasiga suriladi. Eng o‘rta chizig‘i
bo‘yicha kertik bajarib u qo‘shimcha ustki qismda kengaytiriladi.
Engni ulashdan keyin hajmli boshcha taxlamalar chizig‘ini bo‘ylab yumshoq
burmalanish bilan tushadi.
Ulanuvchi eng asosida kalta englarning turli shakllari modellashtiriladi. Engning
kerakli uzunligi aniqlanadi va belgilangan gorizontal chiziq bo‘yicha eng kesiladi.
Hosil qilingan
shaklda vertikallar solinadi, ular bo‘yicha englar suriladi. Ustki
qismda surilsa, qiyamasi bo‘ylab burmalangan va pasti tor eng hosil qilamiz (3-
rasm, b). Istalsa pastida uni yon kesiklar bo‘yicha yoki har bir detalning uchini
birini ikkinchisiga qo‘yib (0,5-1 sm ga) qo‘shimcha toraytirish mumkin. Fonarcha
englar – engni detallarga kesib va ularni surib hosil qilinadi (3-rasm, g,d). Past
bo‘yicha qismlarni ajratishda eng - qanotchalar hosil bo‘ladi (3-rasm, v).
Dostları ilə paylaş: