AMALIY MASHG‘ULOT № 1
Mavzu:
Xavfsizlik qoidalari. O‘lchov chizig‘ini yaratish (1: 5). O‘lchamli
belgilarning belgilari. Gavdadan o‘lchov olish qoidalari.
Modelning tashqi
ko‘rinishini chizish va tavsiflash.
Reja
:
1. Xavfsizlik qoidalari.
2. Masshtab barini yasash (1:5).
4. O‘lchovli belgilarning belgilari.
5. Eskizlarni chizish va modelning tashqi ko'rinishini tavsiflash.
Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish.
Mehnat muhofazasi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligini
va xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial –
iqtisodiy, tashkiliy, texnik, profilaktik tadbirlar va vositalardir.
Mehnatkashlarning sog‘ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlari yaratib
berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo‘qotish O‘zbekiston
Respublikasi hukumatining asosiy g‘amxo‘rligidan biridir.
Mehnat muhofazasi qonunlarida quyidagilar ko‘rsatilgandir:
-
korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni
tashkil etish qoidalari, uni rejalashtirish
va mablag‘ bilan ta’minlash;
-
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi qoidalari, shu bilan birga kasbiy
kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlaridan saqlanish shaxsiy vositalari,
zararli
ish sharoitlari uchun tovon to‘lash;
-
ayollarning, yoshlarning va mehnat imkoniyatlari cheklanganlarning mehnatini
muhofaza ilish qoida va me’yorlari;
-
mehnat muhofazasi sohasida davlat va jamoat nazorat
tashkilotlari faoliyatini
tartibga soluvchi qoidalar;
-
mehnat muxofazasi qonunlari buzilganda qo‘llaniladigan jhavobgarlik;
Ishlab chiqarish korxonalariada odamga ko‘pincha past va yuqori harorat,
kuchli
issiqlik nurlari, chang, titrashlar (vibratsiya), elektromagnit to‘lkinlari,
zahararli ximiyaviy moddalar, shovqin va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi:
bular kishi
sog‘ligining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Bunday noxush ta’sirotlar va ulardan kelib chiqadigan asoratlarning oldini olish
uchun ishchilar sog‘ligi, shuningdek sanitariya-texnika
moslamalari va
qurilmalarining holati, sanitariya-maishiy jihozlar, individual
himoya vositalari
sinchiklab tekshiriladi.
Kasbiy kasalliklar asosan to‘rt guruga: tashkiliy sabablar, gigienik sabablar
texnik va ruxiy fiziologik sabablar bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: