AMALIY MASHG‘ULOTNI BAJARISHGA QO‘YILGAN TALABLAR
Quyidagi uslubiy ko‘rsatma tikuvchilik assortimentini kengaytirish uchun
ishlab chiqarish texnologik jarayonini loyihalashga yo‘naltirilgan.
Har bir tajriba ishni bajarishdan oldin talabalar mustaqil ravishda uslubiy
ko‘rsatmada keltirilgan adabiyotlar va ma’ruzalar matni yordamida ishga
tayyorlanishlari lozim. Bu shart talabalarning nazariy darslarida olgan bilimlarini
mustahkamlashga imkon beradi.
Amaliy ishni bajarishni boshlagandan oldin o‘qituvchi talabalarning darsga
tayyorligini, o‘tgan mavzularni birma- bir so‘rab chiqib tekshiradi.
Talabalar o‘tgan amaliy ishni bajargandan keyingina yangi ishni bajarishga
tushishlari mumkin.
Amaliy ishni bajarish uchun o‘quv guruh kichik guruhlarga taqsimlanadi va
ularga aloxida vazifa beriladi.
Har bir ishni bajarishdan oldin ishga tayyorlanish uchun berilgan savollarga talaba
to‘liq javob berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: