AMALIY MASHG’ULOT № 7
Mavzu:
O‘g‘il bolalar ichki kiymini asos chizmalarini konstruksiyalash.
Reja:
1. O’g’il bolalar ichki kiyimi old bo’lagi asos chizmasini chizish.
2. O’g’il bolalar ichki kiyimi ort bo’lagi asos chizmasini chizish.
3. O’g’il bolalar ko’ylagining yengi va yoqasining asos chizmalarini chizish.
Erkaklar shimi quyidagi bo’laklarsdan iborat: old va ort bo’lak, belbog’,
mag’izli ko’rinma, tugma qadash bo’lagi, izma yo’rmalash bo’lagi ya’ni (gulfik).
Gulfikka ishlov berishda tugma yoki“molniya” tasmali usul bilan ishlov
beriladi. Ketma-ket ishlov berish mobaynida gulfikni o’ngiga uning astarini o’ngi
qo’yib, qirqimlarini to’g’rilagan holda ichki qirqimini 0,4-0,5 sm da birlashtiriladi.
Gulfikni o’ngiga ag’darib, gulfik tomonidan 0,1-,0,2 sm kenglikda ziy
chiqarib dazmollanadi va ustidan bostirma bezak chok tikiladi. Andoza orqali
gulfikning belgilangan joyida izma o’rni belgilanadi va maxsus mashinada
yo’rmalanadi. Old bo’lakni chap qismida taqilma o’rniga astar tagligi 0,5-0,4 sm
kenglikda biriktiriladi.
Chok astar taglik tomonga bukib dazmollanadi. Old bo’lakning taqilma
qismida biriktirish chokidan 0,2-0,5 sm oraliqda gulfikni astar ustiga tikib qo’yiladi
va izmalar orasida 1 sm uzunlik bilan puxtalanadi.
Dostları ilə paylaş: