Bufer eritmalari – ma’lum pH qiymatiga ega bo’lgan, suyultirilganda yoki ko’p bo’lmagan miqdorda kislota va asos qo’shilganda ham pH qiymatini yetarli o’zgarmas darajada saqlab qoluvchi eritmalar.
Bufer eritmalari – ma’lum pH qiymatiga ega bo’lgan, suyultirilganda yoki ko’p bo’lmagan miqdorda kislota va asos qo’shilganda ham pH qiymatini yetarli o’zgarmas darajada saqlab qoluvchi eritmalar.
pH ni normal holatda saqlab turadigan eritmalar bufer sistemalar hisoblanadi. Kimyoviy jarayonlarda , laboratoriyada, texnikada pH ni o’zgarmas holatda ushlab turish uchun bufer eritmalaridan foydalaniladi .
Odam organizmini normal faoliyatida qonda va organizmning turli biologik suyuqliklarida H va OH ionlarining konsentratsiyasi o’zgarmas holarda bo’ladi. Qonda pH 7,3-7,4 oralig’ida bo’ladi. Agarda qonning pH 0,4 birlikka o’zgarsa, organizm yashashdan to’xtaydi.
Eritmalarning pH qiymatini o’zgartirmasdan saqlash xossasiga Bufer ta’sir deyiladi.
Bufer sistemalarning vodorod ionlarining konsentratsiyasi va eritma pH ini doimiy saqlab turish hususiyati bufer ta`siri mexanizmi deyiladi. Buni atsetatli bufer eritmaning ta’sir mexanizmi misolida ko‘rib chiqaylik:
Atsetatli buferga xlorid kislota qo‘shilganda HCl aralashmadagi tarkibiy qismlarning biri (CH3COONa) bilan reaksiyaga kirishadi: