Buxoro Innovatsion Tibbiyot Instituti



Yüklə 1,28 Mb.
tarix24.09.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#147769

Mavzu: buffer sistemalari

  • Bufer eritmalari – ma’lum pH qiymatiga ega bo’lgan, suyultirilganda yoki ko’p bo’lmagan miqdorda kislota va asos qo’shilganda ham pH qiymatini yetarli o’zgarmas darajada saqlab qoluvchi eritmalar.
  • pH ni normal holatda saqlab turadigan eritmalar bufer sistemalar hisoblanadi. Kimyoviy jarayonlarda , laboratoriyada, texnikada pH ni o’zgarmas holatda ushlab turish uchun bufer eritmalaridan foydalaniladi .
  • Odam organizmini normal faoliyatida qonda va organizmning turli biologik suyuqliklarida H va OH ionlarining konsentratsiyasi o’zgarmas holarda bo’ladi. Qonda pH 7,3-7,4 oralig’ida bo’ladi. Agarda qonning pH 0,4 birlikka o’zgarsa, organizm yashashdan to’xtaydi.

Eritmalar tarkibi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:

  • Eritmalar tarkibi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi:
  • 1. Kuchsiz k-ta va ularning tuzli aralawmasidan iborat;
  • 2. Kuchsiz asos va uning tuzli aralashmasidan iborat;
  • 3. Ko’p asosli k-talar tuzlarining aralashmasidan iborat.

Bufer eritmalarning ta’sir etish mexanizmlari

  • Eritmalarning pH qiymatini o’zgartirmasdan saqlash xossasiga Bufer ta’sir deyiladi.
  • Bufer sistemalarning vodorod
  • ionlarining konsentratsiyasi va eritma pH ini doimiy saqlab turish hususiyati
  • bufer ta`siri mexanizmi deyiladi. Buni atsetatli bufer eritmaning ta’sir
  • mexanizmi misolida ko‘rib chiqaylik:
  • Atsetatli buferga xlorid kislota qo‘shilganda HCl aralashmadagi tarkibiy
  • qismlarning biri (CH3COONa) bilan reaksiyaga kirishadi:
  • CH3COO- +Na++H++Cl- → Na++Cl- +CH3COOH
  • Tenglamadan ko‘rinib turganidek, kuchli kislota ekvivalent miqdordagi kuchsiz kislota bilan almashtiriladi (bu holda HCl CH3COOH bilan almashtiriladi).
  • Ostvaldning suyultirish qonuniga muvofiq, sirka kislota konsentratsiyasining ortishi bilan uning dissotsilanish darajasi pasayadi, buning natijasida esa buferdagi H+
  • ionlarining konsentratsiyasi kam o‘zgaradi.
  • Bufer eritmaga ishqor qo‘shilganda vodorod ionlarining konsentratsiyasi va pH ham kam o‘zgaradi. Ayni vaqtda ishqor buferning boshqa tarkibiy qismi
  • (CH3COOH) bilan neytrallanish reaksiyasiga kirishadi:
  • CH3COOH+Na++OH- →CH3COO- +Na++H2O
  • Buning natijasida qo‘shilgan ishqor reaksiya muhitiga birmuncha kam ta’sir qiladigan kuchsiz asos tuzining ekvivalent miqdori bilan almashtiriladi (gidrolizga qarang) ana shu tuzning dissotsiyalanishidan hosil bo‘ladigan
  • CH3COOanionlari sirka kislota dissotsilanishiga birmuncha susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu reaksiya jarayonida sirka kislota sarf bo‘lgani uchun , H+ ionlarining ancha kamayishini kutish kerak edi. Biroq, aralashma (pH) ning faol kislotaliligi deyarli o‘zgarmaydi chunki reaksiyaga kirishgan kislota i onlari
  • H+ va CH3COO o‘rniga potensial kislotalilik hisobiga yangi H+va CH3 COO ionlari hosil bo‘ladi.

Inson organizmidagi asosiy Bufer sistemalar

  • 1.Gidrokarbonatli bufer sistema-
  • hujayraning tashqarisidagi asosiy bufer sistema. Bu bufer sistema qonning asosiy bufer sistemasi bo’lib u qon bufer sig’imining 53% tashkil etadi.
  • 2. Fosfat bufer sistema-
  • bu bufer sistema turli biologik suyuqliklarda, siydikda, ovqat hazm qilish bezlarining shirasida, buyrakda boradigan fiziologik jarajonlarni normallawtirib turadi.
  • 3. Oqsilli bufer sistema-
  • Organizm massasining 25% ni oqsil modda tashkil qiladi. Bu eng kuchli bufer sistema. Oqsilli bufer sistemasi protein k-ta va uning tuzidan tashkil topgan.
  • 4. Oksigemoglabin-
  • qonning bufer sig’imining 75% ni tashkil etad.
  • Gemoglabinning bufer xossalari o’zining ta’sir mexanizmlari jihatidan oqsilli bufer sistemalarga o’xwaydi.
  • Bufer sistemalarning tibbiyotdagi ahamiyati
  • Organizmning H+ionlari konsentratsiyasining ma’lum qiymat chegaralarida saqlay olish qobiliyati kamayganda kislota-asos muvozanati
  • buziladi va natijada biosistemalarda atsidoz yoki alkaloz holatlari kuzatiladi.
  • Kislota-asos muvozanat qiymatlarining fiziologik ko‘rsatkich
  • kattaliklaridan chetga chiqishi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Bu sabablarni umumlashtirgan holda uch turga bo‘lish mumkin:
  • 1) O‘pkadan CO2 ajratib chiqarish jarayonining buzilishi;
  • 2) Metabolizm jarayonlarining o‘zgarishi natijasida ko‘p miqdorda kislota yoki asos xossali moddalarning hosil bo‘lishi.
  • 3) Kislota yoki asos xossasiga ega bo‘lgan moddalarning buyrak orqali tashqi muhitga chiqarib yuborilishining buzilishi.
  • Ko‘p hollarda odam organizmidagi kislota-asos muvozanatining buzilishi bu uch turning birgalikdagi ta’siri natijasida kelib chiqadi.
  • Respirator yoki nafas atsidozi organizm uchun eng xavfli bo‘lgan kislotaasos muvozanatining buzilishiga olib keladi.Uning kelib chiqishiga nafas
  • olishning bir minutdagi umumiy hajmining kamayishi sabab bo‘ladi va qator kasalliklar (bronxit, bronxial bug‘ma (astma), o‘pka emfizemasi va atalektaza, mexanik tabiatli asfiksiya, qon aylanishining susayishi va h.) natijasida shakllanadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin