Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya


FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI. MALAKALAR. HARAKATLARNING AVTOMATLASHTIRILISHI VA MALAKALARNING HOSIL BO`LISHI



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə11/28
tarix09.02.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#83578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI. MALAKALAR. HARAKATLARNING AVTOMATLASHTIRILISHI VA MALAKALARNING HOSIL BO`LISHI

Har qanday harakatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan mushaklar qisqarishi va cho`zilishi bilan bog`liq murakkab bog`lanishlar anglanilmagan bo`ladi. Biroq, odatda, harakatlarning pirovard maqsadlari, shuningdek ularning umumiy xarakteri hamisha anglanilgan bo`ladi. Buning aksi ham yuz berishi mumkin, bunda harakatning ma`lum bir jihatlari oldiniga mayda - chuydalariga qadar to`la, ongli ravishda idora qilinishini takozo etadi, sungra esa ong borgan sari kam ishtirok etgani holda bajarila boshlaydi, bunday xollarni ishning bajarilishi AVTOMATLAShADI deyiladi. Kishi maqsadga muvofiq tarzdagi harakatlarni amalga oshirish va boshqarishning aynan shu tarzda qisman avtomatlashuvi MALAKA deb ataladi.

Biz aynan harakatlarning anglanilmagan holdagi boshqarilishi tugrisida SO`Z yuritayotirmiz, negaki, faoliyatni boshqarish bilan harakatlarni boshqarish bir xildagi narsa emas. Harakatlarning tobora ko`proq darajada avtomatlashuvi ayni chogda ushbu harakatlarni ham o`z tarkibiga olgan faoliyatning ongli ravishda boshqarilishining oshishi bilan birga yuz beradi.

MALAKANING TUZILISHI

Harakatning qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzilishida ruy beradigan o`zgarishlar quyidagilardan iboratdir.

1. Harakatlarning ijro etilishi usullari o`zgaradi. Bunga qadar o`z xolicha yuz berib kelgan qator juz`iy (yoki alohida) harakatlar yagona jarayonga aylanadi. Uning tarkibiga kiruvchi alohida sodda harakatlar o`rtasida tusiqlar va uzilishlar kamayadi va butunlay yo`qoladi. Masalan, mashina haydayotgan shogirdda "bosqichma-bosqich harakat" sifatida bajariladigan tezlikni o`zgartirish jarayoni tajribali shofyor tomonidan bir marta qo`lni silliqqina ishlatgan holda bajariladi. Ortiqcha va keraksiz harakatlar bartaraf etiladi. Jumladan, o`quvchi yozuvni o`rgana boshlagan paytda bu jarayonni bajararkan, ko`plab ortiqcha harakatlar qiladi: tilini chiqaradi, gavdasini qimirlatadi, boshini engashtiradi va hokozo. Harakat jarayoni o`zlashtirib olingandan keyin barcha ortiqcha harakatlar yo`qolib ketadi. Mujassamlashuv yuz beradi, ya`ni harakatlarni ikkala qo`l (oyoq) bilan bir vaqtning o`zida bajarish boshlanadi. Pirovardida harakatlarni bajarish sur`ati tezlashadi. Shunday qilib, harakatlarni o`zlashtirish jarayonida uning harakatlantiruvchi barcha jihatlari: harakatlar tarkibi (u soddalashadi), harakatlarning izchilligi (u uzluksiz bajariladigan bo`ladi) va harakatlarning uygunligi (ular bir vaqtning o`zida bajariladigan bo`ladi), shuningdek ularning tezligining mumkin qadar rejali bo`lishiga imkon tug`iladi.

2. Harakatni sensor nazorat qilish usullari o`zgaradi. Harakatlarning bajarilishini ko`rish orqali nazorat qilish ko`proq mushaklar yordamida (kinestetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali slesarning iskanani bolg`a bilan urayotganda ko`rish nazoratini ishga solmasligi (slesar bolg`ani urayotib, iskananing qalpog`iga emas, balki uning tig`iga qarab turadi) va shu kabilar oddiy misol bo`la olishi mumkin. Harakatlarning xarakterini belgilaydigan turli xildagi o`lchamlarning nisbatini baholash imkonini beradigan maxsus sensor sintezlar hosil bo`ladi. Shofyorda motorning shovkinida uning qanchalik kuch bilan ishlayotganini bildiradigan belgilarni ajratish qobiliyati, po`lat erituvchida metallning tarkibini, rangining tovlanishiga qarab ajratish qobiliyati rivojlangan va hokozo.

Shunday qilib, harakatlar o`zlashtirila borgan sari uning natijalarini va bajarilish sharoitlarini yanada aniqrok va tezroq bevosita sifatli nazorat qilish uchun imkoniyatlar tug`iladi.

3. Harakatni markaziy boshqaruv usullari o`zgaradi. Diqqat ish-amalning usullarini idrok etishdan ozod bo`ladi, u harakatning asosan sharoiti va natijasiga qaratilgan bo`ladi. Ba`zi hisob - kitoblar, echimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga kushilgan holda (faxmlangan) tarzda amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, shofyor dvigatelning ortiqcha kuch bilan ishlayotganini uning tovushidanoq sezib,o`ylab-netib o`tirmasdanoq, uning harakatini qaysi tezlikka ko`chirish kerakligini darhol tushinib etadi; apparatchi asboblarining ko`rsatkichini ukibok, uning ishlashida ruy beradigan buzilishlarini va ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerakligini fahmlaydi. Qo`llanilishi lozim bo`lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko`ra bilish ANTITSIPATSIYA deb ataladi.





Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin