Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti kafedra : pedagogika va psixologiya


Shaxs muomola jarayonida (tranzakt psixologiya)



Yüklə 62,65 Kb.
səhifə20/28
tarix09.02.2023
ölçüsü62,65 Kb.
#83578
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Shaxs muomola jarayonida (tranzakt psixologiya)

Keyingi yillarda psixologiya fanida va hayotda kishilar orasidagi muomala jarayonini o`rganish va boshqarishga qiziqish kupaymoqda. Ko`pchilik psixologik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar kishi o`zining xulq atvori va boshqalar bilan muomalasi ostida yotgan qonuniyatlar va tamoyillarni bilsa u hayotga munosabatini, boshqalarga bo`lgan munosabatini keskin o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladi. «Muomala» psixologik kategoriya sifatida juda ko`p o`rganilgan bo`lishiga qaramay, uni o`rganish davom etmoqda. Bu muomalaning muhimligi va ko`p qirraliligi bilan tushuntiriladi.

Biz keyingi yillarda g`arbda juda ommalashgan «Tranzakt psixologiya» nomoyondalari tomonidan taklif qilingan fikrlar bilan tanishtirmoqchimiz. Bular orasidan keng ommaga (rus va ingliz tillarida) tanish bo`lgan e.Bern («Igri, v kotorie igrayut lyudi»), T.Xarris («YA-O’key-Ti- O’key») va M.Djeyms, D.Djondjeval («Rodit’sya, chtobi pobedit’») asarlarini ko`rsatib o`tish mumkin.

Tranzakt psixologiyasi tarafdorlarining fikriga ko`ra kishilar muomala jarayonida o`zlari anglagan yoki anglamagan holda o`z hamfikrlarining fikrini, hatti-harakatini boshqarish, o`zgartirishga intiladilar. Masalan, Perlzning fikricha muomala jarayonida kimdir asosiy, boshqaruvchi, vaziyatni nazorat qiluvchi, ikkinchisi esa unga buysinuvchi bo`ladi. Birinchisi ko`rsatadi, ikkinchisi bajaradi. M.Djeyms , D.Djondjevallar esa muomala jarayonida «Ta`qib qiluvchi», «Ta`qiblanuvchi», «YOrdamchi» rollarida bo`ladilar deb ko`rsatadilar.

«Ta`qib qiluvchi» - boshqalarning hatti-harakatlarini, faoliyatini boshqarishga, qandaydir cheklashlar, chegaralar o`rnatishga harakat qiladi, ta`qiqlaydi.

«Ta`qiblanuvchi» - unga qilgan ishi uchun, o`zini to`tishi uchun va h.k. uchun «Ta`qib qiluvchi» unga tanbeh beradi, nimanidir unga ta`qiqlaydi. Ko`pincha ular o`zini boshqalar nazarida qiynalayotgandek ko`rsatishga urinadilar.

«YOrdamchi» - ko`pincha «Ta`qiblanuvchi»ga yordam berishga intiluvchi yoki o`zini shunday ko`rsatishga harakat qiluvchi shaxs.

Eng ko`p tarqalgan nazariyalardan biri e.Bern nazariyasidir. e.Bern muomala jarayonidagi pozitsiyasiga ko`ra kishilar «Ota-ona»(ko`proq «qaynona» tushunchasi mos keladi), «Katta kishi» va «Bola» rollarini o`ynaydilar deb ko`rsatadi.


E.Bern ajratgan rollarni quyida jadval ko`rinishida aks ettiramiz:




Ota-ona

Katta kishi

Bola

Ishlatadigan ibora

va so`zlar


Hamma biladiki…….

Sen hech qachon………..

Sen doimo…………..

Hayronman…………

Qanday? Nima? Qaerda?

Nima uchun?

Ehtimol………..

Bo`lishi mumkin……

Men sizdan xafa….!

Juda ajoyib, zo`r!

Qoyil! Dahshat!

Rasvo!

Intonatsiyasi


Ayblovchi, go`yoki kechi-ruvchi, tanqidiy, ogoh

lantiruvchi

Reallik bilan bog`liq


Juda hissiy


Holati

YUqoridan keluvchi, Doimo u haq, u doimo

o`zini to`g`ri tuta-digandek


Diqqat bilan eshi-tishga, so`rab-surishti-

rishga tayyordek

Biroz beso`naqay, o`yinqaroqroq, ezilgan, azobga qolgan


Mimikasi

Qoshlari chimirilgan, qovoqlari uyulgan, norozilik, qayg`urish

Diqqat-e`tiborlilik,

teran fikrlilik

Hayratlanish, qoyil qolish, ezilish


Gavda holati


Qo`llar belda, ko`rsatgich barmoq ochiq, qo`llar ko`krakda qovushgan


Hamsuhbatga engashgan,

unga diqqat bilan qaragan

Spontan harakatchan-lik (mushtumini tugadi, barmoqlarini ezadi, tug`masini «o`ynaydi»



E.Bern har bir muomalada ishtirok qilayotgan kishining hatti-harakatini, pozitsiyasini yuqoridagilardan kelib chiqib baholashni taklif qiladi.





Yüklə 62,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin