“YoLG`ON MA`LUMOTLARNI TARQATISh O`Z FIKRINI ERKIN IFODA ETISh HUQUQINI SUISTE`MOL QILIShDIR”
1
Soxta xabarlar har qanday davlatning so`z va matbuot erkinligiga ta`sir qilishi mumkinmi?
Olga DIDENKO, Media qonunchiligi bo`yicha hududiy ekspert:
— Yolg`on ma`lumotlar, nafrat va adovat uyg`otuvchi so`zlarni tarqatish o`z fikrini erkin ifoda etish huquqini suiste`mol qilishdir. Buning uchun javobgarlik deyarli barcha mamlakatlarda ko`zda tutilgan. Odatda, qasddan bunday qiladiganlar harakatlari jamoatchilikka zarar etkazishini yaxshi tushunadi va ongli ravishda shu yo`ldan boradi. Bu jamiyat uchun tuzatib bo`lmas ziyon etkazishi mumkin bo`lgan xavfli harakatlardir. Ular kasbning etika tamoyillarini ongli ravishda buzib, o`z nufuzi va auditoriyasi ishonchiga putur etkazishadi. Qoidaga ko`ra, yolg`on xabar tarqatish uchun javobgarlik ko`zda tutilgan. Xalqaro standartlarga ko`ra, so`z erkinligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish faqatgina istisno holatlarda, nafrat va adovat uyg`otuvchi so`zlar haqida gap ketgandagina joizdir. Xalqaro tashkilotlarning barchasi BMTga a`zo mamlakatlarni axborotni tarqatishda jinoiy javobgarlikka tortish huquqidan axborot yolg`on, atayin tarqatilgan yolg`on sifatida tasniflanayotgan bo`lsa-da, ehtiyotkorlik bilan, faqat istisno holatlardagina foydalanishga chaqiradi. Albatta, xalqaro reytinglar so`z erkinligi uchun javobgarlikka tortish milliy qonunchilikning xalqaro mezonlarga muvofiqligini baholab boradi.
Jinoyat kodeksida shunday moddalar bo`lsa-yu, lekin amal qilinmasa, ularni istisno qilish bo`yicha tavsiyalar berilishi mumkin. Bunday moddalarning qonunchilikda mavjudligi ham, jinoyat ishlarining tez-tez qo`zg`atilishi ham so`z va matbuot erkinligi reytingiga ta`sir qiladi. So`z erkinligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish, axborot tarqatganlik uchun jinoyat ishlarining ochilishi qanchalik yuqori bo`lsa, davlat reytingi shunchalik past bo`ladi.