— Xalqaro va milliy ekspertlar hamda jurnalistlarning barchasi yakdil xulosa berdi. Ya`ni, yolg`on axborotning tarqatilishi bu – rejalashtirilgan va feyk xabar manbasi auditoriyani ataylab chalg`itishini nazarda tutadigan jarayon. Bunday xabar buzg`unchi xarakterga ega bo`lib, u xuddi pandemiya singari odamlarni zararlaydi va ularga salbiy ta`sir ko`rsatadi, dunyoning istalgan mamlakatidagi ijtimoiy-siyosiy hayotni izdan chiqaradi. Shu munosabat bilan, jamiyatda halol, rostgo`y, ijtimoiy mas`uliyatni his etadigan jurnalistikaning rolini kuchaytirish zarur. Afsuski, feyk xabarlar jamiyatda ma`lum bir kayfiyatlar ustunligi borasida noto`g`ri qarashlarni yuzaga keltirishda davom etib, o`quvchilarni chalg`itmoqda, siyosatchilar va g`oyalarni obro`sizlantirmoqda. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, aholining mediasavodxonligini oshirish zarur, toki har bir o`quvchi mediamakondagi har bir matnga tanqidiy nazar tashlashni bilsin. Telekanallar, gazetalar, yangiliklar saytlari hayotimizdan chuqur joy olgani qanchalik haqiqat bo`lsa, media savodxonlik hamma uchun foydali ekani shunchalik bor gap.

“AHOLINING MEDIASAVODXONLIGINI OShIRISh ZARUR” Beruniy ALIMOV, O`zbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi media-treneri: