O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI MILLIY TADQIQOTLAR UNIVERSITETI
BUXORO TABIIY RESURSLARNI BOSHQARISH INSTITUTI
“Gidrotexnik inshootlar va nasos stansiyalari” kafedrasi
O‘ZAN OQIMI DINAMIKASI. O‘ZANNI ROSTLASH
Fanidan
KURS LOYIHASI
mavzu: O‘zanni rostlash.
Bajaradi: ______________________________
Qаbul qildi: ______________________________
Buxoro-2022 yil
KIRISH
O’zbekistonda bugungi kunda daryo va suv omborlari, kanallarga beriladigan suvlarni hisobga olish. Har xil o'lchov natijalari asosida sug'oriladigan maydonlar uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo'lish mumkin: sug'orish muddati va me’yoriga qarab sug'orish shaxobchalarini suv bilan ta’minlash, - sug'oriladigan maydonlardan, kanal va suv omborlaridan suvning isrofga yo'qolishini hisoblash, - kanal va suv omborlari o'zan jarayonlarini o'rganish va loyqa bosishini hisoblash. Tabiiy suv manbalarining hosil bo'lishi, harakat qonunlarini o ‘rganish, suv zahiralaridan unumli fovdalanish va ularni asrash hayotimizning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Yer va suv mamlakatimizning boyligi, ulardan samarali va to'liq foydalanishda, meliorativ va suv xo'jaligi obyektlarini qurilishida, sug‘orilma dehqonchilikni qayta qurish loyihalarini ctsoslashda gidrologik ta'lumotlar muhirn o 'rin tutadi. Gidrologik kuzatuvlar va undan olingan ma’lumotlar gidrotexnik va meliorativ inshootlarni loyihalash ishlarining muhim bosqichi bo'lsa, gidrologik va suv xojalik hisoblari esa, har qanday suv inshooti yoki gidromeliorativ tarmoqlarning o‘lchamlarini aniqlashning asosini belgilaydi. Suv resurslari miqdorini hisoblashda, ulardan oqilona va mukammal fovdalanish dasturlarini ishlab chiqishda mazkur fan yutuqlari qo‘llaniladi. Ayniqsa, suv xo'jaligi tashkilotlarining ekspluatatsiya ishlarini to'g'ri tashkil qilish va suv balansi strukturalarini aniqlash bilan bog’liq bo'lgan miqdoriy, hudud va vaqt bo'yicha suv sarfining o'zgarishi, gidrologik kuzatish ta 'lumotlari yordamida aniqlanadi. Markaziy Osiyo mustaqil mamlakatlari geograjik jihatdan quruq iqlimli gidrologik mintaqalar qatoriga kiradi. Shuning uchun, sug’oriladigan maydonlarga beriladigan suvning miqdori, sug’orish me'yori, tuproqdagi namlik, suv va issiqlik balansi kabilarni aniqlash mazkur fanning asosiy maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunning talabi meliorativ qurilishda va qishloq xo'jaligida suvdan samarali foydalanishni biladigan malakali mutaxassislar tayyorlash. Suv resurslaridan maqsadli fovdalanish moddiy boyliklarni ko'paytirishning asosini tashkil qiladi va umuman ekologik sharoit hayotning rivojdantirish omili bo ‘lib, uning holatiga jiddiy tasir etadi. Tabiat muhofazasi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, suv xo’jaligi asosan sug'orish va zax qochirish melioratsiyasini to'g'ri tashkil qilishdan iboratdir. Suv resurslarini to‘g‘ri hisobga olish va ulardan unumli foydalanishni, suv o‘lchash postlarining turlari, jixozlanishi va tuzilishini, suv manbalarining gidrologik rejimi elementlarini-suv sathi, suvning oqish tezligi, suv sarfi, loyqa oqiziqlar sarfini aniqlash usullari va texnika vositalardan foydalanishni biladigan va mavjud ma’lumotlarni taxlil qilish bo‘yicha bilimga ega bo‘lishni ta’minlashdir.Kurs ishi mavzulari bevosita suv xavzasi jarayonlariga bog‘liq holda, aniq bir suv ob’ekti sharoiti uchun belgilanadi.
O‘zandagi tabiiy jarayonni, o‘zan oqimining gidravlik tartibotini, daryoda gidrotexnika inshootlari qurilishi natijasida o‘zanda bo‘ladigan tabiiy jarayonlarni, deformatsiyalarni o‘rganadigan, gidrotexnika fanining bir sohasiga o‘zan oqimi dinamikasi deyiladi.
Gidrotexnika inshootlarini loyihalovchilar, ulardan foydalanuvchilar hamda quruvchilar o‘zanda bo‘ladigan tabiiy jarayonlar va inshoot qurilishi natijasida bu jarayondagi o‘zgarishlar to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim.
Gidravlikadan farqli ravishda fanda deformatsiyalanadigan o‘zan, oqiziqlarga boy bo‘lgan oqim o‘rganiladi. Tabiiy sharoitda o‘zanning uzluksiz deformatsiyasi kuzatiladi, bu deformatsiya o‘z navbatida o‘zan gidravlik qarshiligi va tezlik rejimining o‘zgarishiga olib keladi. Tezlik maydonining asosiy tenglamalari, ularni yechish, oqim planini qurish usullari ko‘rib chiqiladi.
Daryolarning asosiy xarakteristikalari, ulardagi oqiziqlar tartiboti, harakat nazariyalari, oqiziqlar miqdori to‘g‘risida, sel oqimlari shakllanishi va oqimning asosiy parametrlari to‘g‘risida ma'lumotlar ko‘rib chiqiladi.
O‘zanlarning tekislikda va tog‘ daryolarida shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari va inshootlarni loyihalashda sun'iy o‘zanlarni hisoblash uchun gidromorfologik ifodalar to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilgan. Fanning asosiy qismi deformatsiya nazariyasi va bo‘ylama profilining gidrotexnika inshootlari ta'sirida o‘zgarishi masalalari tashkil qiladi.
O‘zan rostlash inshootlarini loyihalashning asoslari, daryoda turg‘un o‘zanni hisoblash, rostlash trassasini loyihalash, rostlash inshooti turini tanlash, bo‘ylama va ko‘ndalang dambalar, tanasidan suv o‘tkazadigan shporalar tezlik maydonlarini hisoblash, inshootlar orasidagi masofani aniqlash, inshoot boshidagi mahalliy chuqurligi hisobi, qoplama turi va o‘lchamlarini aniqlash, inshootlarni planda joylashtirish va inshootni konstruksiyalash, ish hajmi va qiymatini aniqlash masalalari keltirilgan.