28
malakaviy ishlar nashr etildi. Jumladan, Rajabov Q. va boshqalar. Jahon
tarixining muhim sanalari (Eng qadimgi davrlarda bugungi kungacha). –
T.: «O‘zbekiston», 2011, Vek XX: politika, lyudi, sudbы. Avt.sost.
Sh.Ergashev, T.Bobomatov, N.Tursunov. –T.: «Sharq», 2007,
Odilqoriyev X.T., Razzoqov D.X. Siyosatshunoslik. Oliy ta’lim
muassasalari talabalari uchun darslik. –T.: O‘zbekiston faylasuflari
jamiyati, 2009, Jo‘rayev N. Fayzullayev T. Mustaqil O‘zbekiston tarixi.
O‘zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. to‘ldirilgan va qayta nashr. –T.:
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009,
O‘zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh qilish yo‘lida. –T.: «Akademiya», 2005. va
boshqalar.
Mamlakatimizdagi markaziy nashrlar, ijtimoiy-siyosiy jurnallarda
va gazetalarda ham bir qator ilmiy, publitsistik maqolalar e’lon qilingan
bo‘lib, ularda Evropa Ittifoqining rivojlanishi, jumladan O‘zbekiston va
Evropa Ittifoqi hamkorligi to‘g‘risida so‘z boradi. Amalga oshirilgan
malakaviy ish ishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, mavzu bo‘yicha
salmoqli ishlar chop etilganligi muhim yutug‘imizdir.
Biz o‘z malakaviy ishimizda yuqorida keltirilgan malakaviy
ishlarning muhimligi va dolzarbligini e’tirof etgan holda, Evropa
Ittifoqining ikkinchi jahon urushidan keyingi ilk integratsion
jarayonlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish tarixini qamrab
olishga harakat qildik va xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
nuqtai nazardan o‘rganishni asosiy maqsad qilib oldik.
Dostları ilə paylaş: