Buxoro tarixi


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI



Yüklə 477,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix20.11.2023
ölçüsü477,44 Kb.
#164225
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
12651 1 09ACA94F7C9213DA51956267141CA8D9C3E957F2

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
Fakultet:

Tarix va madaniy meros 
fakulteti 
Talaba:
«Buxoro tarixi» kafedrasi 
 Ilmiy rahbar: 
 
O‘quv yili
20
21
/20
22 
Ta’lim yo‘nalishi:
Tarix, Buxoro tarixi, 
Arxeologiya 
Bitiruv malakaviy ish mavzusi
Evropa Ittifoqining tashkil topishi va faoliyati
 
 
 
MUALLIF ANNOTASIYASI 
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoev
xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasiga yangi tayinlangan 
elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib olish marosimida “Tinchlik, 
do‘stlik va hamkorlik yo‘lida” mavzusida ma’ruza qildi (2017 yil 2 
may). Prezident o‘z nutqida: “Evropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” 
formatidagi vazirlarning navbatdagi uchrashuvining O‘zbekiston 
o‘tkazilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga 
yordam beradi. Biz O‘zbekiston va Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklik 
munosabatlarining keng ko‘lamli investitsiya dasturi doirasida Evropa 
tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish 
bo‘yicha faol ish olib borayapmiz. Evropa Ittifoqining elchisi etib 
tayinlangan hurmatli Eduard Stiprays janoblarining O‘zbekistondagi 
faoliyati har tomonlama samarali bo‘lishiga tilakdoshman”
2
- deb fikrlar 
bildirdi. 
Qolaversa, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senatining Qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida 
(2010 yil 27 yanvar) «Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga 
kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda 
mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash, shu 
muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayotni 
saqlash kabi bir-biridan mas’uliyatli va keng ko‘lamli bir qator vazifalar 
2
Mirziyoev SH.M. “Тинчлик, дўстлик ва ҳамкорлик йўлида” // Қаранг: Mirziyoev SH.M. 
Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. –
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –Б.386. 


27 
borki, yurtimizning, jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi 
kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga 
bog‘liqdir» der ekan, mutlaqo haq edi.
3
Darhaqiqat, XX asrning so‘nggi 
o‘n yilligida jahon geosiyosiy maydonidagi o‘zgarishlarni o‘rganish va 
tahlil etish shu davrda endigina istiqlolga erishgan O‘zbekiston uchun 
mustaqil tashqi siyosatini yuritishda katta ahamiyatga ega edi. Jumladan, 
mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ham ayni shu sohadagi 
bilimlar, ko‘nikmalar, tajribalarga bevosita bog‘liqligini unutmaslik 
lozim.
BMI uchun tanlab olingan mavzuning dolzarbligi, avvalo, 
dunyodagi davlatlar o‘rtasida kechgan eng muvaffaqiyatli integratsiya 
jarayonlarini bosib o‘tgan xalqaro tashkilot - Evropa ittifoqi, uning 
shakllanishi va rivojlanishini o‘rganish bevosita shu tashkilot bilan 
aloqalari kengayib borayotgan mamlakatimiz uchun katta ahamiyatga 
ega ekanligi bilan bog‘liq. Qolaversa, bu xalqaro tashkilotning 
shakllanishi tarixini o‘rganish boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi 
integratsion jarayonlarni tahlil qilishga va tegishli xulosalar chiqarish 
imkonini beradi. Shu bilan birga Evropaning ikkinchi jahon urushidan 
keyingi bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini tahlil qilish imkonini tug‘diradi.
Bundan tashqari, tanlab olingan mavzuning dolzarbligini uni ilmiy 
va amaliy tadqiq etish hamda tizimli o‘rganishga doir xulosa, taklif va 
tavsiyalarni ishlab chiqishga bo‘lgan ehtiyoj bilan asoslash mumkin. 

Yüklə 477,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin