Buxoro tarixi



Yüklə 477,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix20.11.2023
ölçüsü477,44 Kb.
#164225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
12651 1 09ACA94F7C9213DA51956267141CA8D9C3E957F2

5121000 Tarix.Buxoro tarixi. 
5120400- (60220400)
Arxeologiya. 5120300-(60220300) - Tarix
(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi 4-
kurs kurs talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlarini to‘g‘ri tashkil etish 
bo‘lajak yosh mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga 
tayyorlashning eng muxim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Buxoro davlat universiteti Kengashining 
2021 yil 27 avgustdagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bakalavrning 
bitiruv malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar”, “Bitiruvchi 
talabalar va ularning ilmiy rahbarlari uchun bitiruv malakaviy ishlarini 
1
Каримов И.А. Бош мақсадимиз – мавжуд қийинчиликларга қарамасдан, олиб бораётган 
ислоҳотларни, иқтисодиётимизда таркибий ўзгаришларни изчил давом эттириш, хусусий 
мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йўл очиб бериш ҳисобидан 
олдинга юришдир. Мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш 
якунлари ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор 
йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси -Т.: 
Ўзбекистон, 2016. - 26 б. 



amaliyotga hamda o‘quv jarayonlariga qo‘llanishi bo‘yicha eslatma” va 
”Bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyalarini tayyorlashga 
tavsiyalar” asosida ishlab chiqilgan.
Uslubiy ko‘rsatma bitiruv malakaviy ishini bajaruvchi talabalar 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bitiruv malakaviy ishini bajarish 
uchun qo‘yiladigan talablar va kerakli ma’lumotlar bayon etilgan. 
Bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
Zamonaviy tarixchi keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy 
bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi va o‘z tanlagan sohasi 
bo‘yicha haqiqiy bilimdon bo‘lishi lozim. Bu maqsadga erishish 
talabadan o‘z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini 
doimiy ravishda boyitib borishni, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni 
oqilona tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalarini chuqur 
o‘zlashtirishni talab qiladi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 
talablaridan kelib chiqib, har tomonlama barkamol va bilimdon kadrlarni 
tayyorlashda ta’limning ko‘p qirrali va turli xil usullaridan (ma’ruzalar 
o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar o‘tkazish, ishbilarmonlik 
o‘yinlari va keyslar yechish, ilg‘or pedagogik va axborot 
texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng qo‘llash, talabalarning mustaqil 
ta’lim olishlariga sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish va bitiruv oldi 
amaliyoti o‘tash, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari yozish) unumli 
foydalanish talab etiladi.
Bitiruv malakaviy ishi – oliy o‘quv yurti bakalavriatida talabalarni 
o‘qitishnining yakuniy bosqichidir. Bitiruv malakaviy ishida talabaning 
oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida to‘plagan barcha nazariy va amaliy 
bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish 
darajasi, uning olgan bilimlari va ko‘nikmalarini ilmiy-ishlab chiqarish 
vazifalarini yechishga qay darajada qo‘llay olishi namoyon bo‘ladi. 
Bitiruv malakaviy ishini bajarish talabadan universitetda olgan nazariy 
va amaliy bilimlardan foydalanishni talab etadi, talabaning o‘qish 
davomida olgan bilimlarini umumlashtirishga, chuqurlashtirishga va 
mustahkamlashga, ularni amaliyotga qo‘llashga imkon beradi. 
Bitiruv malakaviy ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi 
qo‘yilishi muhimdir. Bitiruv malakaviy ishida bir yoki bir-biri bilan 
bog‘langan bir nechta masalalarni chuqur tadqiq etish va tegishli 
tavsiyalarni ishlab chiqish talabaning muammoni mustaqil ko‘ra bilishi 
va hal eta olishga qodirligini ko‘rsatadi. Bitiruv malakaviy ishi xalq 



ta’limini rivojlantirish , uni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarishga 
oid texnik, texnologik, nazariy-amaliy va sosiologik tadqiqotlarni 
qamrab olishi, muammolarni hal etish yo‘llari ko‘rsatilgan ilmiy 
asoslangan xulosalar va takliflarga ega bo‘lishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishining sifati uning ilmiyligi, tanlangan 
mavzuning dolzarbligi, talabaning mustaqil ishga ijodiy yondoshish 
ko‘nikmalarini namoyon qila olishi bilan baholanadi. 
Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi, sifat va undan ko‘rib 
chiqilgan masalalarning qanday darajada o‘zlashtirilganligiga ko‘ra 
Davlat Attestasiya komissiyasi bitiruv malakaviy ishi muallifiga tegishli 
ixtisoslikni berish to‘g‘risidagi qaror qabul qiladi. 
Bitiruv 
malakaviy 
ishini 
bajarish 
jarayonida 
talabalar 
quyidagilarga e’tibor berishi lozim: 
- voqyelikni o‘rganish va anglashning ilmiy usullaridan boxabar 
bo‘lish; 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning
mohiyati va mazmunini chuqur anglash, davlatning oliy va o‘rta ta’lim 
sohasidagi siyosati tamoyillari bilan yaqindan tanishish
- kadrlar sifatini yaxshilash va bu yo‘nalishdagi isloh qilish zarur 
bo‘lgan omillar borasida qabul qilingan Prezident farmonlari, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganib 
chiqish; 
- ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalar orqali o‘rganilayotgan 
masalaning mohiyatini chuqur anglab yetish; 
- mustaqil ilmiy-tadqiqotlar olib borish uslubiyoti bilan tanishish; 
- aniq bir mavzu misolida masalaning yechimini ochib berishga 
xizmat qiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq yig‘ish va qayta ishlash
- ishda tadqiqotlar olib borishning turli ilmiy uslublardan 
foydalangan holda ilmiy-tadqiqot muassasalari tavsiyalari, ilg‘orlar 
tajribasi, mahalliy va xorijiy adabiyotlardan unumli foydalanish
- ishning ilmiy saviyasi yuqori bo‘lishiga, mavzuning yetarlicha 
dolzarbligiga e’tibor berish; 

o‘rganilayotgan masalani aniq ochib berish, ishda 
ko‘chirmachilikka, keraksiz va ortiqcha ma’lumotlardan foydalanishga 
yo‘l qo‘ymaslik; 
- boblar va bo‘limlarning mantiqan bog‘lanishiga e’tibor berish, 
fikrlarni qisqacha bayon etish orqali ishning hajmi ortib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik; 



- masalani aniq dalillar va raqamlar yordamida tahlil etish, o‘z 
o‘rnida ishning mazmunidan kelib chiqadigan tavsiyalar va xulosalar 
bera olish; 

tavsiya 
etilayotgan 
yechimlarning 
asoslanganligiga 
va 
samaradorligini baholash mezonlari bo‘lishiga e’tibor berish, ishning
faqatgina faktlarni quruq bayon etishdan iborat bo‘lib qolishiga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
- ishda ko‘rgazmali vositalardan, ya’ni jadvallar, chizmalar, 
diagrammalar va grafiklardan unumli foydalanish; 
- mavzu ustida maqsadga yo‘naltirilgan va tizimga solingan ish 
olib borish, bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlariga qat’iy rioya 
etish. 
Bitiruv malakaviy ishida taklif va muloxazalar, xulosalar va 
amalga oshirilgan barcha natijalarning to‘g‘riligi va sifati uchun 
talabalar ma’sul hisoblanadilar. 

Yüklə 477,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin