Buxoro tarixi


Bitiruv malakaviy ishini bajarishda zaruriy manbalar



Yüklə 477,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix20.11.2023
ölçüsü477,44 Kb.
#164225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
12651 1 09ACA94F7C9213DA51956267141CA8D9C3E957F2

 
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda zaruriy manbalar 
quyidagilar bo‘lishi lozim

-
bitiruv malakaviy ishining barcha boblarini yoritishda 
foydalanilgan iqtisodiy va ijtimoiy adabiyotlar; 
-
respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari, vazirliklar hujjatlari va maxsus adabiyotlar; 
-
nizomlar, preyskurantlar va yo‘riqnomalar; 
-
amaliyot o‘talgan korxonaning operativ va yillik reja 
ko‘rsatkichlari, hisobot ma’lumotlari; 
-
e’lon qilingan statistik ma’lumotlar; 
-
mavzu bo‘yicha ilmiy-tadqiqot institutlarining materiallari; 
-
oynama, ro‘znoma va boshqa matbuot nashrlari. 
 
7. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va mazmunini yoritish 
qoidalari. 
Ixtisoslashgan kafedra malakaviy ishga qo‘yiladigan majburiy 
talablarni belgilaydi va bu talablarni talabalar e’tiboriga yetkazadi. 
Bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida boblar va savollar 
bo‘yicha ayrim o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishi 
13 ming so‘z hajmida belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob 
(3 ta bob), xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va 
ilovalardan iborat bo‘ladi. Har bir bobda 2-3 ta paragraflar bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Har bir malakaviy bitiruv ishini mazmuniga ko‘ra 


12 
boblar, bo‘limlar bir-biridan farq qiladi. Malakaviy bitiruv ishini 
umumiy hajmi qo‘lyozmada 50-75 betdan oshmasligi tavsiya etiladi. 
Har bir bob mavzuning mohiyatini to‘liq ochib beradigan va 
mantiqan ketma-ketlikka ega bo‘lgan paragraflarga bo‘linadi. Har bir 
bobni o‘rganilayotgan muammoning yechimini ochib beruvchi asosiy 
natijalardan iborat xulosalar bilan yakunlash tavsiya etiladi.
Tushuntirish qismi (annotasiya) malakaviy ishning mazmunini 
qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda 
tushuntirish qismiga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, chizma 
va boshqa, shuningdek, zaruriy qo‘shimcha axborotlar yozilgan disketlar 
ilova etilishi mumkin. Tushuntirish qismi 2-3 betdan oshmaydigan 
holda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. 
1-jadval 

Yüklə 477,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin