Buxoro tarixi


Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish



Yüklə 477,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix20.11.2023
ölçüsü477,44 Kb.
#164225
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
12651 1 09ACA94F7C9213DA51956267141CA8D9C3E957F2

Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish. 
Adabiyotlar ro‘yxati 
bitiruv malakaviy ishining oxirgi qismida keltiriladi va adabiyotlar qay 
tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim: 
1.
O‘zbekision Respublikasining Qonunlari. 
2.
Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari. 
3.
Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv ko‘rsatmalar va boshqa 
adabiyotlar (alfavit tartibiga ko‘ra). 
4.
Yo‘riqnomalar, turli me’yoriy hujjatlar, akt materiallari va 
boshqalar. 
5.
Statistik to‘plam materiallari, korxona hujjatlari va materiallari.
6.
Ilmiy maqolalar. 
7.
Internet saytlari. 


15 
Bitiruv malakaviy ishlarida so‘nggi paytlarda universitet 
kutubxonasiga xorijdan, Rossiyadan yoki chet-eldan keltirilgan va 
ayniqsa internet orqali olingan eng yangi adabiyotlardan foydalanganligi 
ko‘rsatib o‘tilishi shart. 
Adabiyotlar ro‘yxatida bitiruv malakaviy ishi jarayonida 
foydalanilgan barcha ma’lumotlarning manbalari ko‘rsatilishi lozim. 
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan sitatalarning manbasi albatta 
o‘sha betda ko‘rsatilishi, shu jumladan jadval yoki sxema manbasi ham 
o‘sha betda ko‘rsatib borilishi lozim. Agar jadval yoki chizma muallif 
tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, qaysi manbadan foydalanib muallif 
tayyorlanganligi ham ta’kidlab o‘tiladi. 
Bitiruv malakaviy ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko‘rib 
chiqqan lekin bitiruv malakaviy ishi uchun ishlatilmagan, maxsus 
materiallar yoki faqat xizmat bo‘yicha foydalanish uchun chop etilgan 
materiallar ro‘yxati ko‘rsatilmaydi. 
Adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatilishi shart: 

muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan 
manzili, nashriyotdan chiqqan yili va foydalanilgan saxifalari. 

ro‘znoma va oynomalardagi maqolalar ham adabiyotlar singari 
rasmiylashtirilib, unda muallifning ismi-sharifi, ro‘znoma yoki 
oynamaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari ko‘rsatiladi. 
Bitiruv malakaviy ishlarda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
kamida 20 manbani tashkil etishi kerak. Bitiruv malakaviy ish bo‘yicha 
foydalanilgan manbalar ro‘yxati talab asosida beriladi. Foydalanilgan 
adabiyotlarga murojaat etilgan joylari varag‘ning pastki qismida 
ko‘rsatib o‘tilishi shart. Bitiruv malakaviy ish bo‘yicha foydalanilgan 
adabiyotlarning barchasiga ishda ishora bo‘lishi shart. Bitiruv malakaviy 
ishda foydalanilmagan manbalarni ro‘yxatga kiritish qatiyan taqiqlanadi. 
Ilmiy ishlarda (shu jumladan, BMI va MDda) ko‘chirmachilik va 
ilmiylikni soxtalashtirishni oldini olish uchun har bir adabiyot manbalari 
(risolalar, darsliklar, maqolalar, BMI, magistrlik, nomzodlik va doktorlik 
dissertasiyalari) ish oxirida ro‘yxati keltiriladi, matnda ulardan olingan 
har bir jumla oxirida katta qavs ichida ro‘yxatdagi qator sanog‘i va beti 
[--bet] yoki faqat qator sanog‘i [---] yoziladi. 

Yüklə 477,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin