18
olingan ma’lumotlar va h.k.lar o‘rganib chiqilgan va ularga muallifning
munosabati aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Bibliografik tahlilda keltirilgan adabiyotlar
tanlangan mavzuga
bevosita daxldor va oxirgi 5-10 yillar davomida nashr etilgan bo‘lishi
kerak. Bitiruv malakaviy ishi yozishda bibliografik tahlilda kamida 20 ta
adabiyotlar manbaasidan foydalanish shart.
BMIda ko‘chirmachilik va ilmiylikni soxtalashtirishni oldini olish
maqsadida har bir adabiyot manbalarining (risolalar,
darsliklar,
maqolalar, BMI, magistrlik, nomzodlik hamda doktorlik dissertasiyalari
va h.k.) ish oxirida ro‘yxati keltiriladi, matnda
ulardan olingan har bir
jumla oxirida katta qavs ichiga ro‘yxatdagi qator sanog‘i va beti [---]
yoki matnda faqat qator sanog‘i [----] yozib ko‘rsatiladi.
BMIlar
tayyorlashda
faqat rasmiy tan olingan
statistik
ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga so‘rov
natijalari,
turli tashkilot hisob-kitoblari va ekspert ma’lumotlaridan ham
foydalanish tavsiya etiladi. Barcha qo‘llanilgan statistik va boshqa
ma’lumotlarning aniq manbaalari ko‘rsatilishi shart va ularning barchasi
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida o‘z o‘rnini
topishi maqsadga
muvofiqdir. Muallif tomonidan shaxsan tayyorlangan hamda ishda
keltirilgan hisob-kitoblar va ma’lumotlar alohida ko‘rsatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: