Buxoro tarixi


 Bitiruv malakaviy ishni dastlabki himoyaga kiritish



Yüklə 477,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix20.11.2023
ölçüsü477,44 Kb.
#164225
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
12651 1 09ACA94F7C9213DA51956267141CA8D9C3E957F2

 
11. Bitiruv malakaviy ishni dastlabki himoyaga kiritish 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ishi 
himoya kunidan 5 kun avval jildlanmagan holda ilmiy rahbarga taqdim 
etiladi. Rahbar 5 kun ichida malakaviy ishni o‘rganib chiqishi va unga 
o‘z xulosasini berishi shart. Ilmiy rahbar malakaviy ishning talab 
darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi, 
tashqi taqriz, BMIga berilgan topshiriq, annotasiya, o‘quv jarayoni va 
amaliyotga joriy etish dalolatnomalari bilan birga kafedra mudiriga 
taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi 
yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy (yoki salbiy) tomonlari 
tavsiflanadi. 
Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ish belgilangan talablarga javob 
bermasligiga ishonch hosil qilsa va talaba kamchiliklarni bartaraf 
etishdan bo‘yin tovlasa ishni dastlabki himoyaga tavsiya etmasligi 
ko‘rsatilgan salbiy taqriz berishi ham mumkin.
Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni 
talaba tomonidan dastlabki himoyaga kiritish haqida qaror qabul qiladi. 
Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini dastlabki himoyaga 


19 
kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar 
ishtirokida muhokama etiladi. 
Kafedra mudiri bitiruv malakaviy ishlar dastlabki himoyasini qabul 
qiluvchi maxsus komissiya tarkibini kafedra majlisiga taqdim etadi va 
majlis tasdiqlagan komissiya dastlabki himoyani o‘tkazadi.
Dastlabki himoyani qabul qilgan komissiya xulosasi bayonnoma 
(protokol) bilan rasmiylashtiriladi (bayonnoma shakli ilova qilinmoqda). 
Bayonnomada dastlabki himoyaga kiritilgan talabaning ismi-sharifi, 
BMIning mavzusi, uning asosiy natijalari va kamchiliklari, himoyada 
talabaga berilgan savollar, savollarga talaba bergan javoblarning 
natijalari qayd etiladi. Komissiya bitiruv malakaviy ishining dastlabki 
himoyasi natijalari asosida uni DAKda himoya qilishga kiritish yoki 
kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi. 

Yüklə 477,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin