Buxoro viloyati hududiy


A–705–15 moslamasining steuktura-funksional sxemasi



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə26/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
maruza

A–705–15 moslamasining steuktura-funksional sxemasi.


ABT ga, ARQ orqali ijro etuvchi mexanizm (IEM) ga A-705-15 majmuasida parameirlarni grafik tarzda yozuvchi analog asboblar (PGYOA) va parametrlarni analog o'lchashning individual asboblari (PAO'IA) ham mavjud. D va AD datchiklardan kelayotgan signallar parametrlarni analog hisoblash (PAH) qurilmasiga uzatiladi. Moslama nazorat qilinayotgan parametrlar qatorini berilgan algoritmga muvofiq bilvosita o'lchashni ta'minlaydi.
Tanlab o'tkaziladigan analog o'lchashlar murojaat va signalizatsiyaning individual hamda guruhiy tablolari yordamida bajariladi.
Guruhiy tablolar birida tanlab o'tkaziladigan analog o'lchash klavishalari bilan biriktirilgan 8 tadan guruhiy indikatorlari bo'lgan. avariyaviy og'ishlar va ogohlantiruvchi signalizatsiya uchun mo'ljallangan ikki guruhdan tarkib topgan bo'ladi. Tanlab o'tkaziladigan o'lchashlar klavishalari bilan biriktirilgan 48 ta indikator individual tabloni tashkil etadi.
Guruhiy va individual signalizatsiya hamda murojaatlarni tashkillashtirish uchun barcha nazorat qilinayotgan parametrlar guruhlarga bo'linadi. Texnologik jihozlar bo'yicha guruhlar sakkizdan ortmasligi kerak. Agregatning taqsimlangan guruhiy va in­dividual signalizatsiya hamda murojaat tablosidagi parametrlar na­zorat va boshqaruv jarayonidagi texnologik bog'liqlikka muvofiq, fizik umumiylikka ko'ra (harorat, bosim, titrash, sarf, aylanishlar va hokazo) 48 dan ko'p bo'lmasligi lozim. Bir toifali ko'p sonli parametrlar (masalan, yonish kamerasiningtudi nuqtalaridagi ishchi gazlarning harorati) signalizatsiya tablosida shartli raqamlar berilgan indikatorlar bilan texnologik guruhlarga ajratiladi.
Guruhiy va individual signalizatsiya hamda murojaatning tablosi quyidagicha boshqariladi: belgilangan nisbiy qiymatdan og'gan nazorat qilinayotgan parametrlarning signallari USB signalizatsiya yacheykasiga MT kontaktlarning tutashuvi ko'rinishida uzatiladi va boshqarish sxemasi yordamida signalizatsiya tablosi (ST) berilgan texnologik guruhdagi parametrlarning og'ganligi haqidagi signalni ko'rsatuvchi indikatorlarning ranglarini o'zgarishini amalga oshiradi. Belgilangan tipdan kelib chiqib indikator guruhiy tabloda ogohlantiruvchi yoki halokat signalizatsiyasini yoqadi. Bu bilan bir vaqtda og'ishning ovozli signalizatsiyasiga mos keluvchi signal qo'shilish uchun shakllantiriladi. Tugmalami bosganda guruhiy indikatorlar tablosida indikator bir maromdagi rangda miltillab turadi, individual indikatorlar tablosida esa parametrlar og'ishining indikatori bir maromdagi rangda yoritilib turiladi. Parametrning yangi og'ishi namoyon bo'lganda berilgan texnologik guruhdagi (guruhiy indikatorlar tugmalari holatidan mustaqil) indikator yangi miltillovchi rang bilan yoritiladi. Nazorat qilinayotgan para-metr me'yoriy holatga qaytgach guruhiy va individual indikatorlar bir vaqtda o'chadi.
Mantiqiy qayta ishlash qurilmasi (MQIQ) da agregatning ijro etuvchi mexanizm (1EM) larini boshqarish signallari va umum-markaziy boshqarish pulti (MBP) chiqishdagi signallar shakllantiriladi.
Voqelikni qayd qilish bloki (VQQB) da ishlash rejimining o'zgarishi haqidagi buyruqlar va diskret signallar yoki to'rt razryadli ikkilik-o'nlik shaklidagi vaqt ko'rsatkichlariga ega 50 ta mustaqil kanallar bo'yicha diagramma qog'oziga agregat holatini uzluksiz chiziq ko'rinishida qayd qilinadi.
Diskret signallar va buyruqlar VQQB ning kirishiga holatlar datchiklari (HD) dan qayta ulagichlar, blok-kontaktlar, rele va shu kabilarning MT kontaktlarini tutashuvi yoki ajralishi ko'rinishida uzatiladi. Bunda VQQB ga diagramma bosmasini uzatuvchi mexanizm kiritiladi. Uzatish vaqti qayta ulagich bilan oldindan o'rnatilgan bo'lishi mumkin (15 yoki 60 sek). Qog'ozning uzatish tezligi o'zgarmas bo'lib, 2 mm/s ga teng. 50 ta kanalning barchasi parallel qayd qilib boradi, bunda voqelik yozuvi chiziq — signal miqdori, uzilishlar — signal uzilishini bildiradi. Qayd qilishda signalning o'chishi ham buyruq bo'lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, voqeilikni qayd qilish funksiyasi ixtiyoriy onda muhim parametrlar majmui bo'yicha obyektning holatini aniqlash, agregatning ish rejimini, operatorning harakatini, gaz quvurli agregatlarni boshqarish va markazlashtirilgan nazorat moslamalarini funksiyalashtirishni aniqlash imkonini beradi.
Moslamadagi raqamli qayd qilish raqam-harf qayd qilish bloki (RHQQB) yordamida amalga oshiriladi. Bu — murojaat va avariyani qayd qilish buyrug'i bo'yicha yoki muddatli dastur (10, 20 min, 1,2 soat) bo'y'cha olingan 64 ta parametrga ko'ra tuzilgan to'rt guruhda am; ga oshiriladi. Davriy raqamli qayd qilish bloki (DR-QQB) da paametrlarni davriy raqamli qayd qilish amalga oshiri­ladi.
Avtomatik ishga tushirish rejimidagi gaz quvurli agregatlarda avtomatik boshqarish funksiyalari, me'yoriy avariyali to'xtatish va avariyali himoyani ma'lumotlarni mantiqiy qayta ishlash quril-masi (MQIQ) bajaradi. MQIQ ning kirishiga uzatiluvchi signallar quyidagilar hisoblanadi: alohida agregatlar va tayanch armaturalarning holatlarini signallari; boshqaruv obyektidan keluvchi signallar (DP datchiklari); USB dan keluvchi, nazorat qilinayotgan parametrlar holatining signallari; boshqarish pultidan keluvchi, agre­gatning ishlash rejimini o'zgarishi haqidagi buyruqlar.
Agregat elementlarining holatini induksiyasi (AEH1) mustaqil tablosiga chiqariladi.
Texnologik parametrlarning holati bo'yicha avariyali himoya signallari foydalanishdagi ishonchni oshirish uchun relening chiqish kontaktlari oltin bilan qoplangan USB ning signal izatsiyasi va me'yorlashtirish qurilmalarida shakllantiriladi. USB da avariyali himoya va boshqaruv signallarini shakllantirish USB ning berilgan dastur bilan mos bo'lgan kommutatsion maydonida bajariladi.
Blokirovka boshqaruvi MQIQ ning shakllantiruvchi diskret signallari boshqaruv bosqichlarini aniqlaydi: dasturiy ishga tushirish va to'xtatish; parametrik ishga tushirish va to'xtatish; avariyali to'xtatish rejimidagi blokirovka; tezlik rostlagichining topshiriq beruvchi dvigateli bilan masofada qo'lda boshqarish.
Analog signallar rostlash blokining qonuniga ko'ra o'zgartirilib, boshqaruv signallari shakllantiriladi, o'z navbati bilan agregat ish rejimini aniqlaydigan yoqilg'ini rostlovchi kiapanning, moy harakatini rostlovchi dvigatelning, tezlik rostlagichining topshiriq beruvchi dvigatellarining holatini belgilovchi hisoblanadi.
Nazorat qilinayotgan (rostlanayotgan) parametrlarning o'zgarishi (g'alayonlanishi) rostlash bloklari kirishiga kelayotgan signallarning ortishiga olib keladi. Berilgan tavsif sifati orqali o'zgarilayotgan boshqarish signallari agregatning berilgan rejimga mos keluvchi rejimini o'rnatadi (stabillashtiradi). Agregatning ish rejimi rostlovchilarning topshiriq bermchilari yordamida qo'lda yoki boshqarish pulti bilan masofadan o'rnatiladi.
Moslamaning strukturaviy sxemasi maksimal darajada sodda va har bir kanalning avtonom bo'lishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham bloklardan binning nosozligi boshqa parallel kanallarning ishdan chiqishiga olib kelmaydi, balki ma'lum vaqt davomi-da obyektni chegaralangan sondagi axborot bo'yicha boshqarish imkonini beradi va nosozlikni lokallashtirishning katta imkoniyati hamda ehtiyot jihozlar hisobiga obyektni to'la hajmda boshqarish va nazorat qilish funksiyalarini tiklashni ta'minlaydi.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin