Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə22/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
maruza

Sinov savollari
1. Kompressor stansiyalarni ishga tushirishda nimalarga e’tibor berish lozim?
2. Porshenli kompressorlarni tartibga solish usullari.
3. Dozalovchi nasoslar nima?

Tayanch iboralar:


Kompressorlarning sovitish sistemasi, lyubrikator moylash sis­tesasi, havo, moy va suv haroratini kuzatish, drossel, bo‘shliqni o‘z­gartirish va kompressorni salt rejimga o‘tkazish yo‘llari bilan kompressor sorfini tartibga solish, dozalovchi nasoslar, joriy va o‘rta ta’mirlash tur­lari.


Mavzu 13
Moylash tizimi.
Reja.
1 Podshipniklar, issiq nasosning korpusi va salnikli qurilmalarning sovutish tizimi sxemasi.

2 Moy nasosi va filtrlarning turlari.


Agregatni ishga tushirish va to'xtatish ishlab chiqarilgan zavodda belgilab qo'yilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Ishga tushirish. Ishga tushirish impulsi berilib, ishga tushirish oldi shartlari (ishga tushiruvchi ballonlardagi havo bosimi 13 MPa dan kam bo'lmasligi kerak) bajarilganda, jo'mraklar, ya'ni yopiq jo'mrak TG va rostlovchi klapan (RK), kompressoming ulangan joylarida chiqish holatida bo'ladi. Yoqilg'i gazni GT liniyasidagi ishga tushirish oldidan moyni chiqarib tashlovchi nasos MN yoqiladi. 20 sekunddan so'ng liniya V da membranali yoriluvchi klapan MYOK orqali ishga tushiruvchi havoni yuborishga buyruq beriladi va dvigatel aylana boshlaydi. Moylash tizimidagi moy bosimi filtrdan so'ng 20—30 ayl/min dvigatel tezligiga to'g'ri keluvchi 0,08-0,1 MPa ga yetgach, o't olish tizimi yoqiladi, bosim yana oshib borgach, ochiq yoqilg'i jo'mragiga impuls beriladi.
Keyinchalik dvigatel mustaqil ishlashni boshlaydi (silindrlarda ishchi aralashma yonadi), 140—150 ayl/min da moy bosimi 0,16 MPa ga yetadi. Bunda ishga tushirish oldi moy chiqarish nasosi o'chiriladi va ishga tushiruvchi havo berish to'xtatiladi. Shundan so'ng dvigatelning aylanish chast tasi nor inal tezlikka (300 ayl/min), moy harorati esa 313-31 б К ;40- 45°C) ga yetadi, kondensatning (kuch silindrlarini sovitish) 328—1 5 К (55— 60°C) haroratida yana 2 minutdan so'ng agregat yuklanb mi bosh-laydi (G liniyasi bo'yicha); svecha С ning burama qopqog'i yopiladi; В kompressor kirishidagi qopqoq yopiladi.
Agregatning me'yoriy to'xtashi teskari ketma-ketlikda bajariladi: suv quyish liniyasi В dagi qopqoq ochiladi; kirish V dagi qopqoq yopiladi; svecha С dagi qopqoq ochiladi.
Keyin agregat yana 4 minut ishlaydi, bu vaqtda agregatning issiqlik tushishi sodir bo'ladi. Moy harorati 313-323 К (40-50 °C) gacha tushadi, yoqilg'i gazi va o't olish tizimini o'chirish uchun impuls beriladi. Tushuntirilgan sxemada kompresser chiqishiga teskari klapan A o'rnatilgan.
Avariyaviy to'xtatish me'yoridan shunisi bilan farq qiladiki, bunda jo'mrakni almashtirish, yoqilg'i gaz va o't olish tizimini o'chirish uchun bir vaqtda impuls beriladi. Bu vaqtda ishga tushirish oldi moy tortuvchi nasosi 3 minutga ishga tushirib turiladi.
Gazomotorli kompressorlarni avtomatlashtiruvchi elektr sxema rele-bog'lanishli apparaturalar asosida bajariladi. Ishga tushiruvchi impuls zanjiri, ishga tushirish va to'xtatish operatsiyalarining davomiyligini nazorat qilishning sxemalari I va II bo'limlarda berilgan uzelli sxemalar bo'yicha bajariladi.
Moy bosimi bo'yicha himoya va o't olish uzellarini boshqarish. Avtomatlashtirilgan kompressor mahalliy himoya bilan ishlaydi, ya'ni avtomatik korobkaning qayta ulagichi «Rabota» o'rta holatida bo'ladi. Qayta ulagichning ikki chetki holati «Pusk» (moy bosimi bo'yicha himoya o'chiriladi) va «Stop» (qayta ula­gichning kontaktlari o't yoqishni o'chiradi) faqatgina qo'lda boshqarilganda foydalaniladi.
GMK dvigatelini ishga tushirishdan oldin o'chirilgan o't olish tizimi bo'ylab havo purkaladi, bu chiqaruvchi kollektor OG ning portlash ehtimolini yo'qotadi. Moy bosimi himoyasi ishga tushirish jarayonida avtomatik ulanadi. Himoya harakatlarining tayyorligi ishga tushirish havosining o'chirilishi paytiga to'g'ri keluvchi mustaqil ishlash rejimida ta'minlanishi lozim. Purkash 5—10 soniya vaqt davom etadi, bu vaqt kuch silindrlari va chiqaruvchi kollektor uzasidan portlash xavfi mavjud gaz konsentratsiyalarini yo'qotish uchun yetarlidir. Ushbu gaz konsentratsiyalarining yig'ilib qolishiga ochib-yopish moslamasining yoqilg'i liniyasi ustida sirpanishi sabab bo'ladi. Purkash tugagach o't olish tizimi ulanadi, xavfsizlik uchun bu yoqilg'i gazi berilishidan oldin bo'lishi lozim.
Avtomatlashtirilmagan GMK da sanab o'tilgan amallar ketma-ketligi avtomatik korobka qayta ulagichi va yoqilg'i liniyasidagi qo'l jo'mragi yordami bilan qoida bajariladi.
Avtomatik boshqarishda moy bosimi va o't olish zanjirlari himoya zanjiri dvigatelning tirsakli vali aylanish chastotasi bilan tavsiflanuvchi parametrlar bo'yicha blokirovkaga ega.
O't olish, yoqilg'i gazini boshqarish buyruqlarini shakllantiruvchi va moy bosimi bo'yicha himoya sxemasini soddalashtiruvchi qurilmaning prinsipial sxemasi berilgan. Liniya (1) da filtp F dan so'ng liniya (1) bilan ulangan va quvur (2) orqali dvigatel karteri bilan xabarlashuvchi sig'im YO-qurilmaning asosiy uzelidir. Sig'imdagi daraja ushbu ko'rinishda o'matiladi, o'zi quyulib keluvchi moy В va V yuzalarini to'ldiradi. Yuqori kamera A havo liniyasi (3) bilan havo ishga tushirish vaqtida havo kamera A ga tushadi. Drl va Dr2 drosellari yordamida ishga tushiruvchi havo sarfi Pitx kamera kirishi va chiqishida chegaralanadi, natijada uning bosimi pasayadi.
Bosimning harakati ostida teskari klapan OK.2 yopiladi. Moy yuza В dan kamera V ga siqib chiqariladi va liniya (1) bo'ylab dvigatelning moy tizimiga quyiladi. Ishga tushiruvchi havoning katta bo'lmagan sarfi va shu tarzda yetarlicha kichik o'zgaruvchi havo bosimining kameradagi havo hajmini va yuza В dagi moyni teng deb hisoblash mumkin. Ushbu sharoitda kamera A, B, V lar va liniya (1) dagi bosim amalda sig'im YO orqali moyning sarfiga bog'liq emas.
Kamera V dagi bosim o'rnatilganda ishga tushishning boshlang'ich paytida drossel Dr3 da bosimlar farqi hisobiga yuza В da yetarlicha kichik bosim bo'ladi. Ishga tushiruvchi havoning ishi davomida dvigatelning asosiy moy nasosidagi moy bosimining harakati ostida kamera V va liniya (1) orqali moy sarfi kamayadi. Natijada kamera V dagi bosim ortadi. Kamerada impuls liniyasi (4) moy bosimi relesi DM1 bilan bog'langandir. 0,1 MPa bosimda bu rele o't olish tizimini ulaydi.

O't oldirish uzelini avtomatik boshqarishning prinsipial sxemasi.
Agar bosim yuza В dagiga nisbatan katta bo'lsa, teskari klapan OK hajmini moy bilan qayta to'lib qolishining oldini olib, liniyani berkitadi. Datchik DM1 buyrug'i qiymatidan katta yoki teng bo'lgan datchik DM2 buyrug'i asosida yoqilg'i jo'mragi ochiladi. Ishga tushiruvchi havoning uzilishi bilan yuza A dagi bosim atmosfera bosimiga teng bo'lib qoladi. Moyning sarflangan miqdorining o'rni avtomatik tarzda liniya (2) orqali to'ldiriladi. Yuza В dan moyning hammasi sarflanib ketib, ishga tushirib muvaffaqiyatli o'tmasa, ya'ni moy quyi darajaga tushib ketsa, moy tizimini havo kirishidan saqlash uchun po'kakli klapan teshikni berkitadi.
Yoqilg’i gaz, uzfltishni boshqarish. Yoqilg'i gazni boshqarish va dvigatel lylanish chastotasini rostlagichning texnologik sxemasi berilgan.
Sxemada gaz yo'lida to'xtagan agregatdagi yoqilg'i gazni berkituvchi pnevmo o'tkazgichli yoqilg'i jo'mragi TG o'rnatilgan. Ishga tushishdan oldin V tipli rostlovchi klapan RK ham yopiq bo'ladi. Jo'mrak TG boshqarish va himoyalash funksiyalarini bajaradi. Ishga tushirish dasturi bo'yicha jo'mrak ochilgach ignasimon ventili chiziq bo'yicha gaz dvegatelga beriladi, bu ventil 140—160 ayl/min ish rejimi uchun gaz sarfini o'rnatadi. Dvigatel qizigach, ya'ni moy sovitkich chiqishidagi moyning harorati 308 К (35 °C) ga tenglashgach aylanish chas­totasini 300 ayl/min ga orttirish uchun signal beriladi. Klapan RKelektromagnit ventil RKyordamida boshqariladi. ERK ning toksizlantirilgan holatida klapanning membranali uzatkichiga buyruq tarzida havo beriladi.
Havo liniyasida drossel Dr va qo'shimcha sig'im E plunjer RK ning sekin harakatini ta'minlaydi va yoqilg'i gazi yetkazib berishni oshiradi. Klapanning berilgan tavsitida sig'im E va drossel Dr ning hajmiy zanjirining vaqt doimiysi 140 ayl/min dan nominal qiymatgacha ortishi davomida vaqt va aylanish chastotasining o'sish tezligini aniqlaydi. Bu vaqt dvegatel tezligining inersion rostlagichi tufayli 1—2 min dan kam bo'lmasligi kerak.
SHCHAV-10GK tizimidan gazometrli kompressorning bog'lanishida ochib yopuvchi moslama sifatida elektr o'tkazgichli qurilma qopqoq va chiqishida teskari klapan qo'llaniluvchi yer osti gaz saqlash stansiyalarida foydalanish afzalroqdir.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin