Tekshirish uchun savollar 1. Qaysi turdagi nasoslar shtangasiz nasoslar deb ataladi?
2. CHo‘kma markazdan qochma elektr nasosini (CHMQE) tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering?
3. CHMQE diametri bo‘yicha necha guruhga bo‘linadi?
4. CHMQE nasoslari O‘zbyokistondagi qaysi konlarda ishlatilgan?
5. Vintli nasos bilan CHMQE ning farqini tushuntirib bering?
Mavzu 20 Yuqori bosimli nasoslar tuzilishi..
Reja.
Katta buzilishlar,
Avariya va portlashlarning
Kelib chiqish sabablarini aniqlash va tahlil qilish.
Jihozlarni ta'mirlash rejali va rejasiz (avariya sodir bo'lganda) turlarga bo'linadi.
Rejali ta'mirlash— qabul qilingan nizomga ko'ra, ya'ni texnologik jihozlarni rejali-ogohlantirish (oldini olish) ta'mirlash (PPR) bo'yicha amalga oshiriladi. PPR tizimi — jihozlarni uzoq muddat davomida ishlatishni ta'minlash bo'yicha oldindan tuzilgan rejali ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish. Uning mazmuni shundan iboratki, har bir jihoz belgilangan soat davomida ishlagandan so'ng texnik holatidan qat'iy nazar, unga rejalashtirilgan ma'lum ko'rinishdagi xizmat ko'rsatilishi kerak. Masalan, ko'zdan kechirish yoki joriy, o'rta va kapital ta'mirlashlar.
Ta'mirlash siklining strukturasi, ta'mirlash turlari va ikki kapital ta'mirlashlar o'rtasidagi vaqt davomida yoki ishga tushurishdan boshlab toki birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan davrda, jihozlarni ta'mirlanish ketma-ketligi orqali aniqlanadi (20-jadval). Ta'mirlash siklining vaqti (davom etishi) navbatdagi ikki kapital ta'mirlashlar o'rtasidagi yoki ishga tushurishdan boshlab toki birinchi kapital ta'mirlashgacha bo'lgan vaqt.
Neft mahsulotlarini haydovchi nasoslarning ikki ta'mirlash o'rtasidagi ishlash vaqti me'yorlari
Jihoz
Ta'mirlash
siklining
strukturasi
Ta'mirlashlar o'rtasidagi ishlash vaqti (soat)
Joriy (t)
O'rta (s)
Kapital (k)
Harorati — 30° С dan 200° С gacha bo'lgan neft mahsulotlarni haydovchi markazdan qochirma nasoslar
6T, 2C, К
2160+3960
4320-H11880
29520+35640
Harorati 400° С gacha bo'lgan neft mahsulotlarini haydovchi markazdan qochirma nasoslar
16T, 7C, К
11404-2880
4320+8640
25920+ 34560
O'lchamlari 0,1 mm gacha bo'lgan yemirili-shini hosil qilmaydigan 0,5 % qo'shimchasi bo'lgan neft mahsulot-larini (uglevodorodlami) haydovchi markazdan qochirma nasoslar
ЗТ, 2С, К
720H-2160
4320-8640
8640-25920
Harorati 80° С bo'lgan ishqor bilan haydala-digan neft mahsulotlarini haydovchi markazdan qochirma nasoslar
720-1440
2160-4320
8640-25920
Qovushqoqligi 36 est. gacha bo'lgan uglevodorodlami haydovchi porshenli nasoslar
720-2160
4320-5760
8640-25920
Surkovchi moy, o'choq yoqilg'isi va boshqa neytral suyuqlikni haydovchi tishli va vintli nasoslar
1440-4320
8640- 17280
25920-51840
Harorati 200° С gacha bo'lgan agressiv neft mahsulotlarini hayday-digan markazdan qochirma nasoslar
4T, ЗС, К
1980-2340
3960-4680
15840-18720
Kondensat haydovchi markazdan qochirma nasoslar
ЗТ, 2С, К
5400-5940
10800-11880
32400-35640
Vakuum nasoslari
6T, С, К
1980-2340
7920-9360
15840-18720
Harorati 200° С gacha bo'lgan neytral (zararsiz) neft mahsulotlarini haydovchi bug' nasoslar
12Т, ЗС, К
1980-2340
7920-9360
31680-37440
Harorati 200° С gacha bo'lgan agressiv neft mahsulotlarini haydovchi bug' nasoslar
ЮТ, 4С, К
1080-1260
3240 3780
16200 18900
— Bu 200° С dan yuqori haroratda
12T, 5C, К
1980-1260
7920-2700
12960-16200
Harorati 200° С gacha bo'lgan zararsiz (neytral) neft mahsulotlarini haydovchi porshenli elektrodvigatelli nasoslar
9T, 2C, К
1440-1800
5760-7200
17280-21600
Harorati 200° С bo'lgan agressiv neft mahsulotlarini haydovchi elektro-dvigatel porshenli nasoslar
8T, ЗС, К
1440-П620
5760-6480
17280-19440
Jihozlarni jarohatlanish darajasiga va ularning yemirilishiga hamda bajariladigan ishlarning qiyinligiga ko'ra, ta'mirlashlar: joriy, o'rta va kapital ta'mirlash turlariga bo'linadi.