Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə32/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
maruza

Rejasiz ta'mirlash — jihozlar, qurilmalar va asbob-uskunalarda avariyalar (kutilmaganda ishdan chiqish) sodir bo'lganda bajariladi.


Rezervuarlarning ikki ta'mirlash o'rtasidagi ishlash vaqti me'yorlari



Jihoz

Ta'mirlash
siklining
strukturasi

Ta'mirlashlar o'rtasidagi ishlash vaqti (soat)

Joriy (t)

O'rta (s)

Kapital (k)

Neytral muhit rezervuarlari




26280




70080

Ifloslanmagan neft mahsu-lotlarini saqlovchi rezervuarlar

K-7T-K

8760



70080

O'rtacha korrozion muhit rezervuarlari

K-17T-K

4380



70080

Ifloslanmagan neft mahsu-lotlarini saqlovchi rezervuarlar

K-3T-K










Sinov savollar:

  1. SHtangali nasoslar xarakteristiksi.

  2. CHuqurlikka tushiriladigan qanday nasos tiplari mavjud.

  3. Tebranma – dastgohni tanlashda Adonin diagrammasidan foydalanishni tushuntiring.

  4. Tebranma – dastgohning nimalardan tashkil topgan.

  5. SHtangali nasoslarni ishlatishda qanday omillar salbiy ta’sir qilishi mumkin.



Tayanch iboralar:
SHtangali nasoslarning xarakteristikalari, nasos shtangalari, nasos kompressor quvurlari, quduq tubi yordamchi uskunalar, teleskopik nasoslar, kapital ta’mirlash, Faerman formulasi, Adonin diagrammasi, balansirsiz tebranma-dastgohlar.

Mavzu nomi №21: Texnologik sxemada nasos stansiyalarni aniqlab olish.


Reja.
1 Maxsus belgilar va
2Nasoslarni joylashish tartibi.

STM-4000-2 sinxron elektr yuritmalarni qo`llanishi joylari , afzaliklar va kamchiliklar Sinxron elektr va asinxron yuritmalarni konstruktsiyasi va ishlash printsipi. Sinxron elektr yuritmalarni sovutish tizimi va avtomatlashtirish. Elektroyuritmali kompressor stantsiyasini ishga tushirish. Gaz kranlarini pnevmayuritmalar bilan boshqarish


Magistral gaz quvurlarining kompressor stansiyalarida markazdan qochma harakatlantirish quwati 4; 4,5 va 12,5 ming kVt bo'lgan elektryuritmali gaz haydash agregatlari qo'llanilib, ular normal holatda ishlaydigan STD-4000-2, STM-4000-2, SDS3-4500-1500, STD-12500-2 va portlashdan himoyalanish sharoitida ishlaydigan elektryuritmali sinxron elektrodvigatellarga ega.
STD-4000-2 va STM-4000-2 agregatlarini avtomatlashtirish «Era-1» tizimi orqali, «Elektra-2» tizimi orqali, STDP-4000-2 va STDP-12500-2 agregatlarini A-705-15 (majmuaning ishlash prin-sipi 3.2- § da bayon qilingan) majmuaning bazasidagi tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektra-1 tizimi yuritmali elektrodvigatellarni odatdagi reaktor yordamida ishga tushirish uchun va sinxron elektrodvigatellarni har xil ko'rinishda g'alayonlantirishni qo'llashga mo'ljallangan, shuningdek, stansiyaning boshqarish pulti (SPB) dan yoki joylaridagi boshqarish shchiti (JBSH) dan GHA larini ishga tushirish va to'xtatish jarayonlarini avtomatik boshqarishni ta'minlaydi; sinxron elektrodvigatelni g'alayonlantirish bo'yicha tartibga keltirib turishni avtomatlashtirish, bunda u elektromagnit orqali g'alayonlashtiruvchi doimiy tokli generatorga ega bo'ladi; zaxiradagi nasoslari avtomatik kiritish; GHA alohida mexanizmlarini masofadan boshqarish; halokat yuz berishi rejimlari paydo bo'lganda GHA himoya qilish; GHA holatini va uning ish rejimini aniqlaydigan asosiy parametrlarini o'lchash; GHA alohida mexanizmlarining holatini, nosozliklari va himoyalashni signallashtirish; JBSH va SBP yordamida avtomatik boshqarish operatsiyalarini sinab ko'rish; zaxiradagi GHA uchun guruh tanlash shular jumlasidandir.
Tizim — 50 dan +50 °C gacha haroratda va +35 °C da nisbiy namlik 95±3% qiymatga ega bo'lganda foydalanish (ekspluatatsiya qilish) uchun mo'ljallangan.
EGXA funksional sxemasi. EGXA ni avtomatik ishga tushirish. EGXAni normal va avariyali to'xtatish
GHA ishga tushirish. Boshqarish qurilmasi GHA ni ishga tushirish bo'yicha ikkita variantini amalga oshirish imkohiyatini ko'zda tutadi — yuklanmagan va yuklangan.
Yuklanmagan holatdagi ishga tushirishda bosim beruvchi moslama uning bo'shlig'idagi bosim atmosferanikiga teng bo'lganda (K5 jo'mrak ochiq) aylana boshlaydi, yuklanish esa g'alayonlashtiruvchi qurilmaning yuritmali elektrodvigateli (ED) (bunda elektrodvigatel sinxron aylanish chastotasiga erishadi) ulangandan va ishga tushirilgan yog'lash nasosi (ITN) to'xtatilgandan keyin boshlanadi.
Yuklangan holatda ishga tushirishda — bosim beruvchi moslama asosiga gaz bosimi ostida ishga tushirisb - elektrodvigatel ulanishga qadar bosim beruvchi moslamaga yuklanadi: uning ulama joyiga jo'mraklarni ulanishi va bosim beruvchi moslama bo'shlig'i gaz bilan to'ldirilishi orqali. Boshqarish nuqtai nazaridan elektrodvigatellar ulanishga qadar jo'mraklarni ulanishi yuklangan holatda ishga tushirishning ijobiy onlaridan biri bo'lib hisoblanadi, chunki bu narsa barcha unchalik ishonchli bo'lmagan operatsiyalarni (jo'mraklarni boshqarish bo'yicha) qo'zg'almas bosim beruvchi moslama bo'lgan paytda bajarishga imkon beradi. Shuning uchun GHA ni ishga tushirish bekor qilinganda, masalan, jo'mraklardan birining ulanishiga imkon bo'lmasa, u holda yuritmali elektrodvigatelni tarmoqqa ulash yoki undan uzish amalga oshirilmaydi.
GHA ishga tushirish jarayoni K3his (yuklanmagan holatda ishga tushirishda) jo'mragi berkitilgandan keyin yoki ITN to'xtatilgandan keyin (yuklangan holatda ishga tushirish) КЗ jo'mragini berkitish bilan tugalianadi. Agar KZ jo'mragi 120 soniya vaqt davomida berkitilmasa, u holda «tugallanmagan ishga tushirish» signali beriladi. Bu holda ishga tushirishni bekor qiluvchi buyruq berilmaydi, chunki GHA da ishga tushirish bo'yicha deyarli barcha operatsiyalar bajarilgan bo'ladi. КЗ jo'mragi avtomatik tarzda qo'shilmagani uchun uni masofadan yoki qo'l bilan berkitish mumkin. GHA ishga tushirish КЗ jo'mragi bilan tugalianadi.
GHA to'xtatish. Avtomatik operatsiyalarning ikkita algoritmi GHA to'xtatish paytida ko'zda tutiladi: normal va halokat yuz berganda to'xtatish. Normal holatda to'xtatishda operatsiyalarning ketma-ket bajarilishi taxmin qilinadi, bunda bosim beruvchi moslamaning noto'g'ri ish rejimi bilan ishlashi ishisno qilinadi, chunki buning oqibatida qismlarning echilishi va tuzilishiga olib keladi. Shuning uchun КЗ jo'mragini ochish faqat К6 jo'mragining bosim beruvchi moslamalarini shuntlovchi guruhi ochilgandan keyin ko'zda tutiladi, natijada qolganlari GHA guruhida ishlashga noqulay holatga tushib qolmaydi. Kl va K2 jo'mraklarining berkitilishi esa faqat elektrodvigatelni o'chirgandan keyin va КЗ jo'mragini ochgandan keyin amalga oshiriladi, oqibatda GHA ni to'xtatish yengillashadi.
Halokat yuz berganida to'xtatish GHA ishlash jarayonidan maksimal tezlikda chiqarishni maqsad qilib qo'yiladi: bosim beruvchi moslama aylanishini zudlik bilan to'xtatish va uning bo'shlig'ini gazlardan tozalash shular jumlasiga kiradi. Shuning uchun GHA halokat yuz berganda to'xtatishga buyruq berilganda elektrodviga-tel darrov tarmoqdan uziladi va hamma jo'mraklar bosim beruvchi moslamaning ulama joyida qo'shiladi. Normal to'xtatish bilan taqqoslanganda gazning bosim beruvchi moslamaga kelish vaqtini 3—4 marta kamaytirishga imkon beradi, bu esa bosim beruvchi moslama buzilganda yong'in va portlashlar yuz berish ehtimolligini pasaytiradi. Elektrodvigatelni zudlik bilan o'chirish elektr nosozliklarni lokalizatsiya (chegaralash) qilish va boshqa GHA ishlashini saqlash uchun uning releli himoyasi ishlab ketgan paytda hamda halokat yuz berganda to'xtatiladigan GHA mumkin bo'lgan mexanik buzilishlari ko'lamini kamaytirish uchun texnologik himoya vositasi ishlab ketganda zarur bo'ladi.
Normal va harakat yuz bergan holatdagi to'xtatishlar bo'yicha qolgan operatsiyaler bir xiJ bajariladi. Elektrodvigatelni tarmoqdan uzgandan keyin ITN ishga tushiriladi, K5 jo'mragi ochilgandan keyin va bosim beruvchi moslama bo'shlig'idagi gaz bosimi pasayganidan keyin ZN (zichlashtiruvchi nasos) to'xtatiladi. GHA to'xtatish 480 soniya o'tgandan keyin ITN (ishga tushirish nasosi) to'xtatishi bilan tugallanadi, bunday vaqt davomida ishlab turish zarurati shu bilan izohlanadiki, GHA hali ishlash maromini yo'qotmagan va uning podshipniklari ham sovishga ulgurmagan bo'ladi.
Agar bosim beruvchi moslamaning ulama joyida КЗ jo'mragi o'rniga teskari klapan o'rnatilsa, sxemalarda КЗ jo'mragi bilan mos keladigan operatsiyalar bajarilishi o'tkazib yuboriladi. Masalan, GHA normal to'xtatish holatida elektrodvigatellar K6 jo'mragi ochilgandan keyin o'chiriladi.
Elektr yuritmali GHA avtomatlashtirish sxemasi. GHA ishga tutashirish va to'xtatish jarayonlarini avtomatlashtirish 1 bo'limda bayon qilingan prinsiplar bo'yicha relekontaktli elementlar asosida qurilgan. Elektr yuritmali GHA avtomatlashtirish tizimining xususiyati - yuritmali elektrodvigatellarni boshqarish va uni himoyalashdir.
Bosim beruvchi moslamaning yuritmali elektrodvigatelini boshqarish — bu eng awal uning yuqori voltli ulash-uzish kalitini boshqarish hisoblanadi (reaktorli ishga tushirishda ikkita ulab-ajratkichni boshqarish), sinxron elektrodvigatel uchun uning g'alayonlashtiruvchi qurilmasini boshqarish ko'zda tutiladi. Bu elementlarni birgalikda, o'zaro bog'lanishda boshqarish elektrodvigatelni yondirishni va har xil tashqi ta'sirlardan keyin uning ish rejimini avtomatik tarzda qayta tiklanishini, shuningdek, texnologik himoya va elektrodvigatelning releli himoya vositasi ishlab ket-ganda GHA to'xtatilishini ta'minlaydi.
Elektrodvigatelni ishga tushirish uning ulab-ajratkichini ulash orqali va asinxron rejimdan sixron tezlikkacha erishishdan boshlanadi, undan keyin g'alayonlantirish avtomatik tarzda uzatilib, elektrodvigatelning sinxron holda ishlashiga imkoniyat yaratiladi


Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin