Buxoro viloyati hududiy


Haydaladigan suyuqlikni turiga ko'ra nasos stansiya xonasidagi minimal havo almashinishi



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə4/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
maruza

Haydaladigan suyuqlikni turiga ko'ra nasos stansiya xonasidagi minimal havo almashinishi



Haydaladigan suyuqlik

Bir soat davomida havo almashinishlar soni (marta)

Oltingugurt birikmalari bo'lmaganda

Oltingugurt birikmalari bo'lganda

Neft

6,5

10

Benzin

6,0

8,0

Etillangan benzin

13,5

13,5

Kerosin, dizel va motor yoqilg'isi, bitum va mazut

8

10

Surkovchi yogiar, parafin (erituvchisi bo'lmaganda)

3,5

5,5



Eslatma: Havo almashinishilar soni shartli ravishda balandligi 6 metr bo'lgan xona uchun ko'rsatilgan. Balandligi past bo'lgan xonalar uchun balandligining har bir metriga kamayishida havo almashinishlar soni 15 foizga ortadi.
Nazorat savollari.
1. Nasos va kompressor stansiyalari jihozlari va inshootlariga nimalar kiradi.
2. Klimatik sharoitlarning kompressor va nasos stansilarini loyihalashga ta’siri.
3. Nasos va kompressor stansiyalariga umumiy ta’rif.


Mavzu №3 Nasoslarning texnologik jihozlarining tarkibi.
Reja.
1 Jarayon va uni tartibga solish
2 Asosiy va yordamchi asbob uskunalar.

Nasos va kompressor stansiyalar joylashish o‘rni gidravlik hisoblar orqali aniqlanadi. Quyida nasos va kompressor stansiyalarning joylashish o‘rnini aniqlashdagi asosiy qonuniyatlarni qarab o‘tamiz.


Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali haydayotgan vaqtda nasos stansiyalar orqali hosil kilingan bosim suyuqliklarning harakatida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchini engishga sarf bo‘ladi. SHunga mos ravishda solishtirma energiya balansi formulasini quyidagicha yozish mumkin
n Hst = hr + Z2 – Z1
 
bunda: n - nasos stansiyalar soni;
Nst = (P1 - R2)/ρ - bitta stansiyada hosil qilingan bosim;
r - haydalayotgan suyuqlik zichligi;
P1 - nasos stansiyalardan chiqishdagi bosim;
R2 - nasos stansiyalarga kirishdagi bosim;
Z1, Z2 - neft quvuri boshlanishi va oxiriga mos keladigan geodezik sath belgisi;
hr - quvurdagi bosim yuqolishi
Nasos stansiyalarining umumiy soni (1) formula orqali aniqlanadi.

ADSORBSIYA - suyuqlikning adsorbent sirtida yig‘ilishi. Adsorbent sifatida xlorli kalsiy, o‘yuvchi natriy qattiq va granular ko‘ri­nishda bo‘lishi mumkin. Sanoatda odatda alyumogel yoki boksit ishla­tiladi.



  • ABSORBSIYA - namlikni absorbent bilan so‘rib olinishi. Gazlar­ning kimyoviy tarkibiga qarab, ularni kuro‘tishda turli xil absorbentlar ishlatiladi. Uglevodli gazlar uchun xlorli kal­siy, xlorli litiy, glitserin, dietilenglikol, trietilenglikol va boshqalar ishlatiladi. Gaz qisman quritilib, masalan quritish kalonnasining pastki qismida quri­tilgan gaz yuqoriga harakatlanadi, bu erda adsorbent sepiladi va gazdagi suyuqlikni o‘ziga yutadi. Quritilgan gaz o‘z yo‘nalishida da­vom etadi, absorbent esa regeneratsiya, ya’ni absorbentni qayta to­zalashga yuboriladi.

PAST HARORATLI SEPARATSIYA - Gazni sovutganda undagi namlik mayda tomchilar ko‘rinishida ajralib chiqadi. Gaz tozalangandan ke­yin uning hajmi keskin ortiriladi va harorat pasaytirilib, uning tarkibidagi mayda suv tomchilari ajratib olinadi.
Agar bosim etarli bulmasa va gaz drossellanganda kerakli haroratgacha tushirilmasa separatsiya uchun dietilenglikol yoki boshqa obser­bentlar qo‘shilidi.
Sovutish tizimi - bosqichlar orasida gaz sovutish uchun va moyni sovutish uchun qo‘llaniladi.
GRADIRNI - uning vazifasi gaz yoki moyni sovutish uchun ishla­tilgan suvni sovutish. Odatda gazomotokompressorlarni sovuishda suv oldin moyni, kompressor silindrini so‘ngra ishchi silindrni so­vutishga uzatiladi. CHunki sovuq suvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizigan ishchi silindrga uzatib bo‘lmaydi.
Texnologik sxema bilan ishlash

Nazorat savollari.
1. Nasoslar deb nimaga aytiladi.
2. Hajmiy nasoslarga qanday nasoslar kiradi.
3. Nasoslar klasifikatsisini tushuntiring.
4. Porshenli va markazdan qochma nasoslarning matimatik nazariya­si va uni yaratish ustida ishlagan olimlar.



Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin