Buxoro viloyati hududiy



Yüklə 8,88 Mb.
səhifə19/60
tarix07.10.2023
ölçüsü8,88 Mb.
#152828
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
maruza

Sinov savollari
1. Kompressor va nasos stansiyalarini joylashtirishda nimalar inobatga olinishi lozim.
2. Kompressor sexlari nimalardan tashqil topgan.
3. Asosiy nasos sexlarining ishlashi.
Tayanch iboralar:
Nasos va kompressor sexlarining joylashgan binolari, haydash qurilmasi, gaz turbina qurilmasi, asosiy nasos sexi.


Mavzu 12
YOrdamchi uskunaning maqsadi, uning uskunalar bilan o‘zaro ta’siri.
Reja.
1 Har xil turdagi issiqlik almashtirgichlar,

  1. Tamponli idishlar sig‘imlar, gidrozatvorlar,

3Suv va yog‘ ajratgichlarning qurilmasi va maqsadi.

Havo almashinishilar soni shartli ravishda balandligi 6 metr bo'lgan xona uchun ko'rsatilgan. Balandligi past bo'lgan xonalar uchun balandligining har bir metriga kamayishida havo almashinishlar soni 15 foizga ortadi Jo'natishga tayyorlangan gaz hisobli bosim ostida bosh kompressor stansiyasi orqali magistral gaz quvuriga hay-daladi. Gazning quvur orqali oqishi davomida, gidravlik qarshiliklar ta'sirida, birlamchi bosim ko'rsatkichi kamayib boradi. Bu quvurning ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Gaz bosimini ko'tarish oraliq kompressor stansiyalari orqali amalga oshiriladi. Oraliq kompressor stansiyalarida gazni tozalash, bosimini oshirish va sovitish ishlari bajariladi.
Gazni tozalash (qattiq mexanik zarrachalar va korroziya mah-sulotlaridan) chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Tozalangan gaz kompressor sexiga keladi. U yerda turbina yoki elektrodviga-tellar yordamida harakatlanuvchi porshenli matokompressorlar yoki markazdan qochma kompressorlar yordamida gazning bosi-mi kerakli ko'rsatkichgacha oshiriladi. Bosimni oshirish jarayonida isigan gazning harorati suvli yoki havoli sovitgichlarda (50—60°C gacha) sovitiladi. Keyin sovitilgan gaz magistral quvurga hay-daladi (25- rasm).
Kompressor stansiyasining ishlab chiqarish qobiliyati 12 mln m3/sutka gacha bo'lsa, porshenli gazomotokompressor-lardan, ishlab chiqarish qobiliyati undan yuqori bo'lsa, markaz­dan qochma nasosli kompressorlardan foydalaniladi. Quvur trassasi uzunligi bo'yicha quriladigan oraliq kompressor stansiya



Kompressor stansiyasining tarkibi:
1— magistral gaz quvuri; 2— chang ushlagich; 3— kompressor sexi; 4— sovitish qurilmasi (suvli yoki shamolli); 5— berkituvchi, ochuvchi kranlar.
(OKS) lar orasidagi masofa gidravlik hisob orqali aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotlarga ko'ra, ularning orasidagi masofa 150— 250 km ni tashkil qiladi. Agar oraliq KS tarkibida yer osti gaz ombori bo'lsa, gazni yer osti gaz omboriga havdash va kerak bo'lgan paytda gazni undan olish kabi texnologik jarayonlar bajariladi.
Magistral quvur orqali oqib kelgan gazni iste'molchilarga tarqatish uning oxirgi bo'limidagi gazni taqsimlash stansiyasi (GTS) orqali amalga oshiriladi. GTS ning asosiy vazifasi yuqori bosimda oqib kelayotgan gaz bosimini kerakli bosimgacha kamaytirish, mexanik iflosliklardan tozalash, qo'shimcha odorantlash hamda gazning bosimini me'yorlab gaz tarmoqlari orqali iste'molchilarga jo'natishdan iborat.
GTS da gazning bosimi 3,6 va 12 atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Magistral quvurdan kelayotgan gaz berkituvchi blok moslamasi orqali to­zalash qurilmasiga keladi (yog'li chang ushlagichga) va u yerda gaz qattiq mexanik qo'shimchalardan tozalanadi. Tozalangan gaz bosimni kamaytiruvchi jihozlarga haydaladi. Bu jihozlarda gaz­ning bosimi kerakli ko'rsatkichlargacha kamaytiriladi.
Magistral gaz quvurlarining kompressor stansiyalarida markazdan qochma harakatlantirish quwati 4; 4,5 va 12,5 ming kVt bo'lgan elektryuritmali gaz haydash agregatlari qo'llanilib, ular normal holatda ishlaydigan STD-4000-2, STM-4000-2, SDS3-4500-1500, STD-12500-2 va portlashdan himoyalanish sharoitida ishlaydigan elektryuritmali sinxron elektrodvigatellarga ega.
STD-4000-2 va STM-4000-2 agregatlarini avtomatlashtirish «Era-1» tizimi orqali, «Elektra-2» tizimi orqali, STDP-4000-2 va STDP-12500-2 agregatlarini A-705-15 (majmuaning ishlash prin-sipi 3.2- § da bayon qilingan) majmuaning bazasidagi tizimi orqali amalga oshiriladi.
Elektra-1 tizimi yuritmali elektrodvigatellarni odatdagi reaktor yordamida ishga tushirish uchun va sinxron elektrodvigatellarni har xil ko'rinishda g'alayonlantirishni qo'llashga mo'ljallangan, shuningdek, stansiyaning boshqarish pulti (SPB) dan yoki joylaridagi boshqarish shchiti (JBSH) dan GHA larini ishga tushirish va to'xtatish jarayonlarini avtomatik boshqarishni ta'minlaydi; sinxron elektrodvigatelni g'alayonlantirish bo'yicha tartibga keltirib turishni avtomatlashtirish, bunda u elektromagnit orqali g'alayonlashtiruvchi doimiy tokli generatorga ega bo'ladi; zaxiradagi nasoslari avtomatik kiritish; GHA alohida mexanizmlarini masofadan boshqarish; halokat yuz berishi rejimlari paydo bo'lganda GHA himoya qilish; GHA holatini va uning ish rejimini aniqlaydigan asosiy parametrlarini o'lchash; GHA alohida mexanizmlarining holatini, nosozliklari va himoyalashni signallashtirish; JBSH va SBP yordamida avtomatik boshqarish operatsiyalarini sinab ko'rish; zaxiradagi GHA uchun guruh tanlash shular jumlasidandir.
Tizim — 50 dan +50 °C gacha haroratda va +35 °C da nisbiy namlik 95±3% qiymatga ega bo'lganda foydalanish (ekspluatatsiya qilish) uchun mo'ljallangan.

Yüklə 8,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin