Buxoro viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi G’ijduvon tumani Maktabgacha ta’lim bo’limi 22-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Esanova Shaxodat Murodullayevnaning O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan 6ta qo’llanmadan birinchisi “O’yin orqali ta’lim olish” Metodik qo’llanmaning o’qib-o’rganganligi to’g’risida hisoboti
1-BOB. O’YIN ORQALI TAʼLIM OLISH O’yin bolalar xayoti va faoliyatini
tashkillashtirish shakli sifatida So’ngi yillarda tashkilotchilar, pedagoglar, psixologlar va shifokorlar O’yin barcha sohalarda yosh bolalarning sog’lom rivojlanishi uchun hayotiy muhim element ekanligini ishonarli darajada isbotlab berishdi (Brown, 2009; Copple and Bredekamp, 2009; Elkind, 2003; Hirsh-Pasek, Golinkoff, Berk and Singer, 2009). O’yin rivojlanishning yetakchi manbai sifatida optimal rivojlanish uchun juda muhimdir. Bu BMTning Bola kukuklari to’g’risidagi Konvensiyasining 31-moddasida xam belgilangan. Unda aytilishicha, bolalar yoshiga mos O’yinlarda ishtirok etish kukukiga ega. Bolalar O’yin kompetensiyalarini egallashlari uchun ularga vaqt, makon, materiallar hamda ota- ona yoki vasiylarning, maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan malakali tarbiyachilarning qo’llab-quvvatlashi kerak. O’yin aloxida bolalar uchun taʼlimda muvozanatni saqlashga yordam beradi, chunki bola o’z taʼlimini qo’llab-quvvatlash uchun zarur bo’lgan darajada va jadallik bilan olib boradi. U har bir bolaning rivojlanish ektiyojlari va manfaatlarini gayrioddiy tarzda inobatga oladi (Hewes, 2006: 5).
O’yin odatda erkin tanlangan, bolalarga karatilgan va zavqli faoliyat sifatida belgilanadi. U ijtimoiy, kognitiv va rivojlanish xususiyatlari va bosqichlari bo’yicha qo’shimcha tamil qilindi va tasniflandi. Masalan, konteyner ichiga kapa bo’lmagan bloklarni soladigan va chiqaradigan 18 oylik bola tadkщotchilikka xos bo’lgan yakka sensomotor O’yin bilan shugullanadi. 5 yoshli bolalardan iborat bo’lgan guruh esa bozorda ozik-ovqat mahsulotlarini sotayotgandek va sotib olayotgandek o’zini ko’rsatadi. Bu ramziy (simvolik) O’yinda ishtirok etishdir (shuningdek, ijtimoiy-dramatik, syujetli-rolli, uxshatish yoki ijtimoiy-xayoliy O’yin deyiladi)
Qurish O’yini bloklar, plastik gisht yoki shunga O’xshash materiallardan “qurilishni“ o’z ichiga oladi. O’yinda ikki yoki undan ko’p bolalar birga ko’rishsa, u ijtimoiy bo’lishi mumkin. Agar bolalar kolipga amal kilmasa yoki to’zilmani qaytadan yaratsa xamda shaxsiy dizaynga ko’ra qandaydir yangilik O’ylab topsa, u ijodiy bo’lishi xam mumkin.
Bundan tashqari, o’yinning xar xil turlari va darajalarini qator ijobiy ijtimoIy va kognitiv natijalar bilan botovchi juda ko’p tadqiqotlar O’tkazilgan (Fromberg and Bergen, 2006; Frost, Wortham and Reife1, 2012; Johnson, James Ye.: Christie, James F.; Wardle, Francis, 2004). Agar O’yin rivojlantiruvchi, ijtimoiy va kognitiv afzalliklarga ega bo’lsa, maktabgacha yoshdagi guruhlarda o’yinni tashkil etish va pedagogning roli uchun qanday xulosalar mavjud? Agar bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida O’ynasa, “akademik” ko’nikma va bilimlarni landay O’rganadi?