III. TOMONLАRNING MАJBURIYATLАRI 3.1. Mazkur shartnoma doirasida Universitet quyidagilarni kafolatlaydi:
a) Muassasaning istiqboldagi faoliyatini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratuvchi dolzarb muammoli mavzular bankini aniqlashda hamkorlik qilish va ushbu mavzular boʼyicha xoʼjalik shartnomalari asosida tadqiqot olib borish;
b) innovatsion mahsulotni yaratish va tatbiq etish boʼyicha birgalikda faoliyat yuritish hamda muammoli mavzular boʼyicha tadqiqot olib borish uchun innovatsion guruhlarni shakllantirish (innovatsion guruh tarkibi va muammoli mavzular roʼyxati ushbu shartnomaga ilova qilinadi);
c) Muassasada muammoli mavzular boʼyicha doktorlik, magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun mavzular roʼyxatini yaratish va yangilab borish;
d) Muassasa, uning hududiy boʼlinma va tashkilotlarida Universitet kafedralarining filiallarini tashkil etish;
e) Universitet magistrantlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va professor-oʼqituvchilarining muassasa va uning tegishli boʼlinmalariga stajirovkaga yuborish;
f) Universitetda muassasa xodimlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, “Ilmiy axborotnoma”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya” ilmiy jurnallarida ilmiy maqolalarni chop etish uchun imkoniyat yaratib berish;
g) Muassasa xodimlariga Universitetning Аxborot-resurs markazidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
h) Muassasa bilan hamkorlikda Universitetning professor-oʼqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va talabalari ishtirokida qoʼshma seminarlar, anjumanlar, konferentsiyalar, davra suhbatlarini tashkil etish;
i) Muassasa, uning hududiy boʼlinmalari va tashkilotlariga talabalarni malakaviy amaliyot oʼtash uchun yuborish;
j) Muassasa yetakchi xodimlarini Universitetning oʼquv jarayoniga va talabalar tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish ishlariga jalb etish;
k) Muassasa siriga oid maʼlumotlarni oshkor qilmaslik;
3.2. Mazkur shartnoma doirasida muassasa quyidagilarni kafolatlaydi:
a) Muassasa faoliyatini yanada rivojlantirish va uning samarali faoliyat olib borishga koʼmaklashishga qaratilgan dolzarb ilmiy mavzularni Universitetga yetkazish va ushbu mavzular boʼyicha Universitet pofessor-oʼqituvchilarining tadqiqot olib borishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
b) Muassasa uchun innovatsion mahsulotlar yaratishda Universitet professor-oʼqituvchilari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borish va hamkorlik innovatsion guruhlarini shakllantirish;
c) Muassasa tomonidan oʼtkaziladigan ilmiy-amaliy seminar va treninglarga Universitetning professor-oʼqituvchilari va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarini jalb etish;
d) Universitet professor-oʼqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning malaka oshirish va stajirovka oʼtishlari hamda talablarga ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotni oʼtash uchun shart-sharoitlar yaratish;
e) Universitet professor-oʼqituvchilari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilariga ilmiy tadqiqot ishlari, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari, talabalar bitiruv malakaviy ishlarida foydalanish uchun maʼlumotlarni taqdim etish;
f) Universitetda maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun Oʼzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hamkorlikda muxokama qilish va ular haqidagi axborotlarni universitetga taqdim etib borish.